Hi, Guest!
Home
Login

O'zbekistondagi albatta borish kerak bo'lgan 20 ta ajoyib joy

O'zbekiston axolisi ajoyib manzaralar va arheologik yodgorliklarni faqatgina horijda topish mumkin, degan fikrga o'rganib qolishgan. Xa, horijiy turizm maxalliyga qaraganda bir necha bora yahshi rivojlangan. Biroq ajoyib yo'nalishlar va sirli joylarga sayoxat qilish uchun mamlakatdan chiqish shart emas. O'zbekistonda xam asrlar osha saqlanib kelayotgan va halq afsonalariga uzviy bog'langan joylar ko'p. 

1. Borsa Kelmas ko'li (Orol dengizidagi huddi shu nomdagi boshqa orol bilan adashtirmaslik kerak)

Borsa Kelmas chuqur ko'li Ustyurt platosida joylashgan bo'lib, tahminan 30 million yil muqaddam Tetis qadimiy dengizining bir qismi bo'lgan. Xozirda dengiz o'rnida Qoraqum, Qizilqum, Ustryurt platosi va ushbu ko'l qolgan. Ko'lning nomi xaqiqatga mos tushadi, unga yaqinlashish juda havfli – ko'plab jarliklar va ingicha tuz qatlami bilan qoplangan daryoning muzlamay qolgan joylariga duch kelish mumkin. Biroq, maxalliy fuqarolarning so'zlariga ko'ra, agarda rezina etiklar kiyib olib, botqoqlikdan eson-omon o'tib olsa, ko'lning ustki qismigacha chiqish mumkin, u er esa huddi tosh kabi qattiq, xamda ko'l bo'ylab sayr qilsa bo'ladi. Xattoki suvda yurish! Biroq, juda-juda sho'r suvda.

2. Paltov daryosi vodiysi

Paltov so'zi “temir tog'” manosini anglatadi. Qadimgi davrlardan vodiyda temir rudasi qazib olingan. Paltov daryosi vodiysi Toshkentdan tahminan 100 km masofada joylashgan bo'lib, o'zida tashrif uchun birdaniga bir necha joyni qamrab oladi. Odatda turistik yo'nalish 38 metrlik Paltov sharsharasidan boshlanadi. Undan biroz yuqoriroqda qayinzor bor, u erda esa Qizil kitobga kiritilgan xayvonlarni uchratish mumkin. Paltov kanoni aloxida etiborga loyiq, unda ajoyib manzara beruvchi releflar bor, ular tabiat va vaqtning naqadar buyukligini eslatib yuboradi. Eng katta taassurotlardan biri esa – Paltov daryosi bo'ylab sayoxat. Bu erda paleolit davrida qadimiy kishilar yashagan bo'lib, Obi-Raxmat suniy g'orlari sifatida mashxurdir. U erdan biroz yuqoriroqda yana bir ajoyib joy bor – g'or. Bu erda aprelda, vodiy bo'ylab lolalar ochilgan payt kelgan yahshiroq. Lolalar orasida esa – Kaufman lolasi, Greyg lolasi va boshqa turlarni uchratish mumkin.

3. Varahsha

Buhoroga borsangiz, Varahsha – Buhoroda arablar istilosiga qadar xukmronlik qilgan Buhorhudotlar qarorgoxi joylashgan qadimiy shaxarni albatta borib ko'ring. Varahsha Buhoro g'arbida, yarim soatlik yo'lda joylashgan bo'lib, 100 ga. maydonni egallaydi. Varahsha saroyi freskalarini tadqiq qilish, shaxar eramizning V asridan 11-asriga qadar bor bo'lganini ko'rsatdi. Olimlarning tahminicha, Varahshadagi xayot mintaqada suvning etishmasligi tufayli to'htab qolgan. Qachonlardir esa bu er Buhoroga barobar joy bo'lgan. Bugungi kunda Varahsha – bu harobalar, ularni ko'rib uzoq o'tmish xaqida fikrlar uyg'onishi tabiiy.

4. Sitorai Moxi-xosa — “Yulduzlar va oy bilan barobar saroy”

Buhoroning so'nggi amiri Said Olimhonning shaxar tashqarisidagi qarorgoxi. Amir Olimhon Buhoroni Qizil armiya 1920 yilda bosib olgunga qadar boshqargan. Bino ikki rus muxandisi tomonidan loyixalashtirilgan, uning bezak ishlari bilan esa o'sha vaqtning eng yahshi usta-xunarmandlari shug'ullangan. Arhitektura uslublarining bunday noodatiy uyg'unligi boshqa xech qaerda uchramaydi. Ayni damda qarorgox binosida amaliy sanat muzeyi joylashgan. Biroq asosiy eksponat, albatta, saroy binosining o'zidir. Aynan shu erdan Buhoroning so'nggi amiri Afg'onistonga qochib o'tishga majbur bo'lgan.

5. Fozilmon ko'li (Sarbast)

Dengiz satxidan 1650 metr balandlikda (bu esa Eyfel minorasidan besh barobarga ko'p degani) Nurota tog'larining markazida ajoyib Fozilmon ko'li joylashgan. U bitta chashmadan suv oladi xamda baxor ohirlarida ayniqsa juda go'zal bo'ladi. Afsuski, unda cho'milish tavsiya etilmaydi, biroq osmonning undagi aksi (ayniqsa yulduzlisining) juda xam noyob xolatni ko'rish imkonini beradi.

6. Chilpiq-qala

Nukusdan 43 kilometr janubda, baland tepalikda Chilpiq-qala joylashgan. Zardo'shtiylarning diniy joyi bo'lgan bu er eramizning II—IV va IX—XI asrlariga tegishli. Bu erda zardo'shtiylar olamdan o'tgan shahslarning jasadini olib chiqib qo'yishgan. Jasad turli xayvonlar, qushlar tomonidan yo'q qilingach, suyaklar mahsus idishga solinib, erga ko'milgan. Chilpiq-qalaning 15 metrlik devorlarida xamon o'sha suyaklar saqlanmoqda.

7. Zomin qo'riqhonasi

Zomin – O'zbekiston xududidagi eng qadimiy davlat qo'riqhonasi bo'lib, 1978 yilda O'zbekiston Halq bog'i ochilgan. Bugungi kunda Zomin milliy bog'ining maydoni 24 ming ga.dan ko'proqni tashkil etadi. Bog' Jizzah viloyatida joylashgan. Bu erda juda xam go'zal tabiat manzalariga duch kelish mumkin. Qo'riqhona xududida turizm uchun mahsus zona xam ajratilgan – tabiat bilan birga bo'lish yoki ajoyib selfilar qilish imkoni bor.

8. Tuzkon ko'li

Bu ko'l Jizzah viloyatida, Jizzahdan 56 km shimoli-sharqda, Qizilqum cho'lining sharqiy qismida joylashgan. Tahminlarga ko'ra, Tuzkon ko'li – Orol-Kaspiy davridagi suv xavzasining bir qismidir. Ko'ldagi suv xech qaerga oqmaydi, shuningdek, u biroz sho'rroq bo'lib, shimoli-g'arbda Aydarko'l bilan bog'lanadi. Bu ko'llarning umumiy maydoni – tahminan 3750 km2. Bir yilda ko'llar tizimida 2000 tonnagacha baliq ovlanadi.

9. Rishtondagi kulolchilik ustahonalari

Farg'ona vodiysidagi Rishton azaldan ajoyib kulolchilik maxsuloti vatani sanaladi. Rishtonda kulolchilik maxsulotlari yaratishning mahsus tehnologiyasi, ularni pishirish va sirlash ishlab chiqilgan. Ayni damda Rishtonda 1000 dan ortiq kulolchilar ishlamoqda, ulardan 100 ga yaqini kulolchilik sanatining barcha tehnologiyalarini biladi. Rishton ustalarining yaratgan maxsulotlari dunyodagi ko'plab muzeylar kollekciyasidan joy olgan.

10. Qanqa qo'xna shaxri

Toshkentdan 60 km janubi-g'arbda, sobiq “Leninizm” sovhozidan uncha uzoq bo'lmagan erda tepalik bor. Bu tepalik qo'xna shaxardan qolgan yagona narsa joy juda kam inson bilsa kerak. Qanqa mil. av. III asr boshlarida shakllanib, XI asrning ohiriga qadar xayot uzluksiz davom etgan. Bu yodgorlik o'rta asrlar davri mualliflari asarlarida keltirib o'tilgan Harashket bilan qiyoslanadi. Shaxar Er yuzidan deyarli butunlay yo'q bo'lib ketganiga qaramay, bu erga kelish albatta tavsiya etiladi.

11. Zangi ota maqbarasi

Toshkent yaqinidagi shaxarchada joylashgan bu maqbara Amir Temurning buyrug'iga ko'ra qurilgan. Zangi ota turk-islom olamidagi ulug' mutafakkir xamda mutasavvif donishmandlardan biri bo'lgan. Zangi ota Ximmatiy laqabi bilan xam mashxur edi. U qora tanli, ushturlab (tuya lab), baquvvat, barvasta gavdali odam bo'lgan. Bu erda uning rafiqasi Anbar ona xam dafn etilgan. Maqbara majmuasi bir necha zonalardan iborat: katta bog' va XIV—XIX asrlarda qurilgan xamda masjid, madrasa, minora va Anbar ona maqbarasi. 1914—1915 yillarda masjid oldida minora qurilgan. 2013 yilda esa bog' va Namozgox masjidini kengaytirish bo'yicha ishlar amalga oshirildi.

12. Omonqo'ton g'ori

Omonqo'ton karst g'ori Samarqand viloyatidagi Zarafshon tog'lari shimoliy yonbag'rida joylashgan. G'orni arheolog David Lev 1947 yilda topgan. Bu erdan sinantrop insonning son suyagi aniqlangan. Omonqo'ton g'ori O'zbekistondagi eng qadimgi manzilgoxlardan biridir. G'or chuqurligi 80 metr atrofida, u erda bir-biri bilan kichik o'tish joylari orqali bog'langan o'ziga hos zallar bor. Omonqo'tonga yozning ikkinchi yarmida borgan yahshiroq, u iyun o'rtalariga qadar suv bilan to'lgan xolatda bo'ladi.

13. Qonbeshbuloq meteorit ko'li

O'lchami 800 metr keladigan ushbu kichik ko'l Surhondaryo viloyatidagi Homkon darasida joylashgan. Olimlarning fikricha, tabiiy yo'l bilan emas, balki meteorit qulashi tufayli yuzaga kelgan. Tuproqdan esa tektitlar topilgan. Bunday ajoyib meteorit ko'lga tashrif buyurishni unutmang. Katta extimol bilan, Qonbeshbuloq aslida bir meteorit krateridir.
 
14. “Yodgorlik” fabrikasi

1972 yilda Marg'ilonda Farg'ona vodiysidagi eng yirik fabrikaga asos solingan. 2000 yilda esa bu fabrika “Yodgorlik” hususiy korhonasiga aylandi. Qadimda ipak ortilgan karvonlar Buyuk ipak yo'li bo'ylab Marg'ilondan Qoshg'ar, Bag'dod va xattoki Yunonistonga borgan. Bu ipak go'zallik va sifat borasida Hitoynikidan qolishmagan, sababi farg'onalik ustalar bu borada o'zlarining mahsus noyob tehnologiyalarini o'ylab topishgan. “Yodgorlik” fabrikasi butun dunyodan turistlarni faol jalb qiladi – ularga ipak matoni qo'lda ishlab chiqarish jarayoni namoyish etiladi.

15. Oq Ostona bobo maqbarasi 

Telpakchinordagi (Surhondaryo viloyati) Oq Ostona bobo maqbarasi H asr ohiri, XI asrning boshlarida bunyod etilgan. Bazi olimlarning tahminiga ko'ra, maqbara Muxammad payg'ambar s.a.v.ning izdoshlaridan biri, avliyo Abu Xurayra qabri ustida barpo etilgan.

16. Teshiktosh 

G'or dengiz satxidan 1500 kilometr balandlikda, Surhondaryo sharqidagi Boysun tog' tizmasida joylashgan. 1938–1939 yillarda taniqli arheolog Aleksey Okladnikov shu g'ordan muste davriga oid neandertal qiz bolaning qoldiqlarini topgan. 

17. Krasnogorsk. O'tmishga sayoxat

Krasnogorsk konchilar shaxri Toshkent viloyatida 1953 yilda tashkil etilgan. Bu erda butun sobiq Ittifoqdan mutahassislar ishga kelgan. 90-yillarda esa shaxarni odamlar ommaviy tashlab ketishni boshlashdi, ular kvartiralari, mashinalari xam bu erda tashlab ketishgan. Krasnogorsk ko'chalari bo'ylab sayr qilinsa, sobiq Ittifoq 80-yillarda qanday ko'rinishda bo'lganini aniq tasavvur qilish mumkin – o'sha davrga hos eski buyumlar va narsalar saqlanib qolgan. 

18. Zarautsoy

Surhondaryo viloyatida, Termizdan 100-110 km g'arbda, Xisor tizmasining janubi g'arbida. joylashgan bo'lib, bu erda O'zbekiston xududidagi eng qadimiy qoyatosh rasmlari topilgan. 200 dan ortiq rasmlar mezolit, neolit va keyingi davrlarga mansub. Rasmlar chizma tarzida kontur va soya uslubida qizil angob (ohra) bilan chizilgan. U erda odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. 

19. Qo'yqirilgan qala 

Qo'yqirilgan qala – qadimiy otashparastlar ibodathonasi va qishloq harobasi bo'lib, To'rtko'l shaxridan 22 km shimoli-sharqda joylashgan. Qala atrofida handaq (eni 15 m, chuqurligi 3 m) bo'lib, qadimda suv bilan to'ldirilgan. Qo'yqirilgan qala devorida O'rta Osiyo, Yaqin va O'rta Sharq quldorlik davri shaxarlar qurilishi uslubiga hos bo'rtib chiqib turgan mahsus burjlar bo'lib, ularda o'q otish uchun nishon tuynuklari bor. Qo'yqirilgan qala markazidagi 2 qavatli binoga mahsus zinapoyalarda chiqilgan. 1-qavatda aloxida-aloxida 8 ta gumbazli honalar bo'lib, ular ichidan sopoldan yasalgan tobutlar, idish-tovoqlar, xar hil rasmlar solingan yog' idish (hum va ko'zacha)lar, naqshinkor suvdonlar topilgan. Topilmalar ichida mabudlarning terrakota xaykalchalari, devorga ishlangan rangli naqshlar, osmon jismlarini kuzatishga mo'ljallangan buyumlar bor. 

20. Qirq qiz qala

Qirq qiz qala Horazm xududida 1938 yilda o'tkazilgan arheologik qazilma ishlari vaqtida, Beruniy shaxridan 30 km shimolroqda aniqlangan. Olimlarning fikricha, qala eramizning I—VI asrlariga tegishli. Qazilma ishlari davomida zardo'shtiylar qabrlari topilgan. Afsonalardan biriga ko'ra, bu qalada Guloyim ismli malika yashagan bo'lib, u o'zining qirq nafar safdoshi bilan chegarani mustaxkam saqlab, raqiblari xujumlaridan ximoyalangan. Bugungi kungacha istexkom tuynuklari bo'lgan tashqi devorlar saqlanib qolgan.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 04.06.2017 / 14:25
O'qilgan: 334
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Comments

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Home
0 / 34

Rol.uz Universal Portal

Statok.netUzMasterS.RuUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов