Assalomu alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga
Kirish

Yaponiyani dunyoning eng zo'r mamlakatlaridan biriga aylantirgan talimning 10 hususiyati

Nima uchun yaponlar bunday aqlli ekanini bilasizmi? Chunki ularning talim tizimi juda ajoyib. AdMe shu mavzudagi maqolasi bilan bo'lishdi.

 

Avval odob - keyin bilim

Yaponiyadagi maktab o'quvchilari 4-sinfgacha imtixon topshirishmaydi, faqat kichik mustaqil ishlar yozishadi. Ilk uch yilda asosiysi - akademik bilim emas. Boshlang'ich sinflarda asosiy etibor tarbiyaga qaratiladi: bolalar insonlar va jonivorlarga xurmat bilan munosabatda bo'lish, bag'rikenglik, birovning dardiga sherik bo'lish, xaqiqatparvarlik, o'z-o'zini nazorat qilish va tabiatga extiyotkorona munosabatda bo'lishga o'rgatiladi.

 

O'quv yilining boshlanishi 1 aprelga to'g'ri keladi

Dunyoning aksariyat mamlakatlarida bolalar o'quv yilini yakunlayotgan bir paytda yaponlarda o'qish boshlanadi. Yil boshi mamlakatdagi tabiatning eng ko'rkam pallasi - sakura gullashiga to'g'ri keladi. Shu tariqa ular jiddiy va yangi pallaga qadam qo'yishadi. Akademik yil uch trimestrdan iborat: 1 aprel-20 iyul, 1 sentyabr-26 dekabr, 7 yanvar-25 mart. Shunday qilib yaponlar yozgi tatilda 6 xafta, qish va baxorda esa 2 xaftadan dam olishadi.

 

Yapon maktablarida farroshlar yo'q, honalarni bolalarning o'zlari tozalashadi

Xar bir sinf navbatma-navbat honalar, koridorlar va xatto xojathonalarni tozalaydi. Shu tariqa bolalar jamoada ishlash va bir-biriga yordam berishni o'rganishadi. O'quvchilar tozalash ishlarini o'zlari bajargandan keyin honalarni ifloslantirishmasa kerak. Bu ularni boshqalar mexnatini xurmat qilish va atrof-muxitga extiyotkorona munosabatda bo'lishga o'rgatadi.

 

Maktablarda faqat standart tushlik tayyorlanadi

Boshlang'ich va o'rta maktabda bolalar uchun mahsus lanchlar tayyorlanadi. Taomlar maksimal darajada sog'lom va foydali bo'lishi uchun ularning menyusi nafaqat oshpazlar, balki tibbiyot hodimlari tomonidan xam ishlab chiqilgan. Barcha sinfdoshlar o'qituvchi bilan birga honada tushlik qilishadi. Ular bunday norasmiy sharoitda ko'proq muloqot qilishadi va ishonchli munosabatlar o'rnatishadi.

 

Qo'shimcha talim keng tarqalgan

Bolalar yahshi o'rta maktabga chiqish uchun  boshlang'ich sinflardayoq hususiy va tayyorlov mashg'ulotlariga qatnashadi. Bunday mashg'ulotlar kechqurun o'tkaziladi, shu bois soat 21:00da avtobuslarning qo'shimcha mashg'ulotlardan qaytayotgan bolalarga to'la bo'lishi Yaponiyada tabiiy xolatdir. Ular xatto yakshanba va tatil kunlari xam shug'ullanishadi. Shunday ekan, statistikaga ko'ra, Yaponiyada ikkinchi yilga o'qishga qoldirish xolatlarining deyarli yo'qligi ajablanarli xolat emas.

 

O'quvchilar maktab dasrlaridan tashqari yapon kalligrafiya sanati va sheriyatga o'rgatiladi

Yapon kalligrafiyasi yoki shodo tamoyili - juda oddiy: bambuk cho'tka siyoxga botiriladi va guruch-qog'ozga ierogliflar chiziladi. Yaponiyada shodo odatiy tasviriy sanat darajasida qadrlanadi. Hayku esa - sheriyatning tabiat va insonni bir butun qilib ko'rsatuvchi milliy shakli. Ikki predmet xam sharq estetikasi tamoyillaridan birini aks ettiradi - oddiylik va nafislik uyg'unlashuvi. Mashg'ulotlar bolalarni ko'p asrlik madaniyatni qadrlash va xurmat qilishga o'rgatadi.

 

Barcha maktab o'quvchilari formada bo'lishi kerak

O'quvchi o'rta maktabdan boshlab uniforma kiyishga majbur. Ko'p maktablar o'z formasiga ega, lekin odatda bu o'g'il bolalar uchun - xarbiy uslubdagi kiyim, qiz bolalar uchun esa - dengizchi uslubi. Qoidalar o'quvchilarni tartibga keltiradi, zero mahsus kiyimning o'ziyoq ishchi muxitni yaratadi. Shuningdek bir hil forma sinfdoshlarni birlashtirishda yordam beradi.

 

O'quvchilarning darslarga qatnashi 99,99 foizni tashkil qiladi

Xayoti davomida biror marta maktabdagi darslarni qo'yib yubormagan odamni izlab topish qiyin bo'lsa kerak, bu erda esa butun boshli millat! Shu bilan birga yapon o'quvchilari xech qachon darslarga kechikishmaydi. 91 foiz o'quvchi o'qituvchining gaplarini diqqat bilan tinglaydi. Yana qaysi mamlakat shunday statistika bilan maqtana oladi?!

 

Bir bitirish imtixonining natijalari barchasini xal qiladi

O'quvchilar yuqori sinflarni tugallagach, birgina test topshirishadi va bu ularning oliy talim muassasasi (OTM)ga kirish yo kirmasligini xal qiladi. Bitiruvchi faqat bir OTMni tanlashi mumkin - uning qanday bo'lishi kelajakdagi ish xaqi va turmush darajasini belgilab beradi. Raqobat katta: 76 foiz bitiruvchi maktabdan keyingi o'quv jarayonini davom ettiradi. Aynan shuning uchun xam Yaponiyada "imtixon jaxannami" degan ibora mashxur.

 

Universitet yillari — xayotdagi eng yahshi tatil

"Imtixon jaxannami"ga ko'p yillik tinimsiz tayyorgarlikdan keyin yaponlarning kichik tanaffus qilishni istashi xayratlanarli emas. Bu xar bir yapon xayotida eng oson va betashvish xisoblangan universitet yillariga to'g'ri keldi. Ishlashdan oldingi ajoyib xordiq, zero yaponlar bolaligidan ishga nafaqat masuliyat, balki butun xayotiy faoliyatiga bo'lgan katta mexr-muxabbat bilan yondashishga o'rgatilgan.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 12.06.2017 / 10:49
O'qilgan: 221
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Bosh sahifaga
0 / 29

Rol.uz Universal Portal

Statok.netUzMasterS.Ru