Hi, Guest!
Home
Login

Maoshingiz oshirilmasligiga 6 sabab

Sizni qadringizga etmaganlari uchun maoshingizni oshirishmayapti, deb xisoblashdan osoni yo'q. Aslida esa bunga sizning hatti-xarakatlaringiz sabab bo'lishi xam mumkin. InsiderPro ko'proq pul topish uchun qaysi odatlardan halos bo'lish kerakligiga doir malumotlar bilan bo'lishdi.

 

1. Kech qolasiz

Agar ishga vaqtida kelmasangiz, nima uchun raxbariyat maoshingizni oshirishga shoshilishi kerak?

 

2. Tartibli emassiz

O'zingizga qarab yurmasangiz va ish joyingiz betartib bo'lsa,  raxbar, xoynaxoy, sizni layoqatsiz yoki masuliyatsiz deb xisoblasa kerak.

 

3. G'iybat qilasiz

Professionalizm va g'iybat  bir-biriga ziddir. Shuningdek qo'pollik xam maoshingiz oshishiga imkon bermaydi.

 

4. Jamoani chetlab o'tasiz

Sizning vazifalaringiz xamkasblaringiz qilayotgan ishlarga bog'liq bo'lmasa xam, ular bilan muloqot uchun umumiy mavzu topishga, bilimlaringizni bo'lishishga, korporativlarda suxbatlashishga xarakat qiling. Raxbariyat uchun yahshi o'yinchi - bu jamoaviy o'yinchi.

 

5. Siz rivojlanmaysiz

Ko'proq pul topishni istasangiz, ish beruvchining ko'z oldida o'z qadr-qimmatingizni oshiring. Yangi ko'nikmani o'zlashtiring yoki qo'shimcha malakaga ega bo'ling, keyin esa raxbariyatga yangilangan rezyumeni taqdim eting.

 

6. Siz so'ramaysiz

Sizning pullaringiz xaqida birinchi navbatda siz o'zingiz o'ylashingiz kerak. Raxbarning kim qancha maoshga loyiqligi ustida bosh qotirishdan-da zarurroq ishlari bor. Nima uchun maoshingizni ko'tarishmayotgani xaqida o'ylab o'tirishdan ko'ra bu borada raxbariyatga murojaat qilib, asosli raddiya olgan yahshiroq.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 07.07.2017 / 14:08
O'qilgan: 219
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Comments

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Home
0 / 28

Rol.uz Universal Portal

Statok.netUzMasterS.RuUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов