Assalomu alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga
Kirish

Siz o'ylagandan-da foydali 7 maxsulot

Sog'lom ovqatlanish xaqida malumotlar shu qadar ko'pki, ularning qaysi biri xaqiqatan xam foydali ekanini bila olmay qolasan bazan. Ko'p maxsulotlar umuman "aybsiz aybdor"dek bo'lib qolgan: sog'lom turmush tarzi tarafdorlari o'z racionlarida ularni bekorga chetlab o'tishmoqda. "Layfhaker" nima uchun ketchup, makaron va shokoladlar ko'pchilik o'ylaganidan yahshiroq ekaniga doir malumotlar bilan bo'lishdi.

Kartoshka

Kartoshka to'g'ri ovqatlanish va ozish foydasiga raciondan olib tashlanishi kerak bo'lgan maxsulotlar ro'yhatida ko'p bor qayd etiladi. Albatta, agar xar kuni katta likopchani to'ldirib qovurilgan kartoshka istemol qilib, vaznni kamaytirishga umid qilish noto'g'ri. Shunday bo'lsa-da, kartoshka talay foydali hususiyatlarga ega.

Kartoshka - organizmda namlik muvozanatini saqlash va miyaga kislorod etkazib berishni yahshilash uchun muxim bo'lgan kaliy manbai. O'rtacha xajmdagi kartoshkada 20 foizgacha kundalik kaliy normasi bo'ladi. Bu elementning maksimal miqdoriga erishish uchun pechda pishirilgan kartoshkani po'sti bilan istemol qiling. Tabiiyki, bunda uning po'stini oldindan yahshilab yuvish shart.

Maxsulot tarkibidagi cellyuloza C va B6 vitaminlari bilan birga holesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Shunday ekan, o'choq yoki gaz pechida po'sti bilan pishirilgan kartoshkani hush ko'ruvchilar o'z yurak va qon tomirlari uchun hotirjam bo'lishlari mumkin.

Shokolad

Bu erda to'g'ri ovqatlanish tarafdorlari qisman xaq. Agar normal tushlikni xar kuni shokolad batonchasiga almashtirilsa yoki kuniga bittadan sutli shokolad istemol qilinsa, organizmingiz sizdan minnatdor bo'lishi qiyin. Sutli shokoladni achchig'iga almashtiring. U qadar shirin bo'lmasligi mumkin, lekin foydali ekani aniq.

Birinchidan, shokolad istemoli yurak-qon tomir kasalliklari havfini qisqartiradi: teobromin va  katehin qon tomirlari faoliyatiga ijobiy tasir ko'rsatadi. Shokoladda kakao qirindisi qancha ko'p bo'lsa, shuncha yahshi. Bu borada sutlidan ko'ra achchiq shokolad maqsadga muvofiq, oq shokoladni esa umuman jiddiy qabul qilmagan maqul.

Ikkinchidan, flavonoidlar miqdori yuqori bo'lgan shokolad terini ultrafiolet nurlar tasiridan ximoyalaydi. Albatta, bu quyoshdan muxofazalovchi kremni xam unutib, kuni bo'yi shokolad eb soxilda yaltoqlanib yotish kerakligini bildirmaydi, biroq shokoladni racionga qaytarish uchun arzirli sababdir.

Qaxva

To'g'ri ovqatlanish tarafdorlari "Kofeindan voz keching", "Qaxva emas, choy iching" deyishadi. Bu ichimlikning "dushmanlari"ga ishonishga shoshilmang.

Tadqiqotlar teri saratonining turlaridan biri bo'lgan bazal xujayrali kacinomaning paydo bo'lish havfining kamayishini aynan qaxva istemoli bilan bog'laydi. Shuningdek qaxva jigar uchun xam foydali: kuniga ikki shinjon qaxva cirrozdan ximoyalanishga yordam beradi.

Qaxva dofamin miqorining oshishi xisobiga depressiyaga qarshi kurashishga yordam beradi, ikkinchi toifadagi diabetning paydo bo'lish havfini kamaytiradi... Dalillar etarlimi? Faqat yodingizda bo'lsin, xamma narsada meyorga rioya qilgan maqul, qaxvada xam shunday.

Sariyog'

Sariyog' maksimal darajadagi nosog'lom egulikdek tuyuladi. Butkul yog' bo'lsa, nimasi foydali deyishingiz mumkin. Biroq bu maxsulotdan voz kechishga shoshilmang, u siz o'ylaganingizdan ancha foydali.

Sariyog' ko'rish qobiliyati, moddalar almashinuvi va jinsiy gormonlar sintezida muxim bo'lgan A vitaminiga ega. Bu vitamin yog'da eruvchan bo'ladi, shunday ekan, sariyog' ushbu vitaminning mukammal manbai bo'la oladi.

Shuningdek, maxsulot E (immunitetni mustaxkamlaydi), K (kalciyni o'zlashtirishda ishtirok etadi va buyraklarning normal ishlashiga yordam beradi) xamda D (saraton va yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasida juda muxim) vitaminlariga boydir. Darvoqe, bu vitaminlarning barchasi yog'da eruvchan. Bu nimani anglatishini tushungandirsiz? To'g'ri, sariyog' istemol qilish kerak.

Makaronlar

O'z taomnomasi xaqida qayg'uradiganlar uchun yana bir daxshat. Likopcha to'la makaron - bu ahir daxshat, qanchadan-qancha kaloriya... Yoki unday emasmi?

Qanday makaron tanlanishiga bog'liq! Bug'doyning qattiq navlaridan tayyorlangan pasta ovqatni yahshi xazm qilish uchun kerak bo'lgan cellyulozaga boy. Cellyuloza xatto ozishga yordam beradi: u anchagacha to'qlik xissini beradi. Boz ustiga sifatli makaron qondagi qand miqdorini oshirmaydi.

Kepakli makaronlar xomilador ayollarda xomilaning yahshi rivojlanishi uchun kerak bo'lgan foliy kislotasi (B9)ga ega bo'ladi. Bu vitamin erkaklar uchun xam foydali: u jismoniy quvvatni oshiradi.

Bundan tashqari, selen. U moddalar almashinuvini nazoratida ishtirok etadi, qalqonsimon bez va immun tizimi faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi. Kepakli makaron doimiy racionga qo'shish kerak bo'lgan selen manbaidir.

Semirishdan qo'rqsangiz, yog'li va to'yimli souslardan voz keching. Ularning o'rniga makaronlarga biroz sifatli ketchup qo'shing.

Yong'oqlar

To'g'ri ovqatlanish tarafdorlarida yong'oqlar istemoliga qarshi ikki asosiy dalil bor: ular xaddan tashqari kaloriyali va yog'li. Shunda bo'lsin xam deylik, ammo yong'oqlarni raciondan butkul o'chirib bo'lmaydi.

Yong'oqlar - bu cellyuloza va oqsillar. Cellyuloza ovqatni yahshi xazm qilish uchun kerak bo'lsa, oqsil - "qurilish" materiali, usiz organizm normal faoliyat yurita olmaydi. Bodom va funduqda immunitetni mustaxkamlovchi va miyani kislorod etishmovchiligidan asrovchi E vitamini ko'p. Bundan tashqari, bodom ichaklar mikroflorasi uchun xam foydali.

Oddiy yong'oqlar esa miya faoliyati uchun yahshi, eryong'oq yurak-qon tomir tizimidagi muammolarni bartaraf etish hususiyatiga ega.

Ketchup

Tomat sousi sog'lom ovqatlanish tarafdorlari tomonidan bekordan-bekor rad etib kelinadi. Barchasiga vijdonsiz ishlab chiqaruvchilarning nayranglari aybdor, ular krahmal, bo'yoqlar va aromatizatorlar aralashmasi xaqiqiy pomidorlarning o'rnini bosa oladi deb o'ylashadi. Bunisi endi ishlab chiqaruvchilarning vijdoniga xavola.

Xaqiqiy va foydali ketchup uchun u qadar ko'p masalliq kerak bo'lmaydi: tomat pastasi, suv, shakar, tuz va ziravorlar. Bunday ketchuplar kamchilikni tashkil qiladi, lekin aynan shularni tabiiy deb atash mumkin.

Pektin va likopin yana nimasi bilan foydali? Pektin - qondagi qand va holesterin miqdorini kamaytiruvchi tabiiy enterosorbent. Likopin aterskleroz rivojlanishining oldini oladi va saratondan ximoyalaydi. Tomatlardan tayyorlangan yahshi ketchupda uning koncentraciyasi sarhil pomidordagidan-da ko'p bo'ladi. 

Sevimli taomlaringizga sous qo'shib, bekorga havotirlanmang: tabiiy ketchupning foydasini inkor etib bo'lmaydi. Asosiysi, uning tarkibida arzon ketchuplarga qo'shiluvchi krahmal bo'lmasin.

Meyordan ko'p istemol qilingan xar qanday maxsulot foydadan ko'ra ko'proq zarar etkazadi. Sifatli maxsulotlarni tanlang va uni qancha miqdorda istemol qilishga aql bilan yondashing.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 12.09.2017 / 21:42
O'qilgan: 119
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Bosh sahifaga
0 / 17

Rol.uz Universal Portal

Statok.net UzMasterS.Ru