Hi, Guest!
Home
Login

Qo'rqmasdan kir yuvish mashinasiga solish mumkin bo'lgan 14 buyum

Vanna pardasi, sport poyabzali, bolalar o'yinchoqlari va shu kabi boshqa predmetlarni qo'rqmasdan kir yuvish mashinasiga solish mumkin. "Layfhaker" shu xaqidagi maqolasi bilan bo'lishdi

1. Yumshoq o'yinchoqlar

Xar bir yumshoq o'yinchoqni aloxida yuvish qopchasiga solib, odatiy meyorning yarmiga teng poroshok qo'shib, sovuq suvda yuving (issiq suv o'yinchoqdagi elimni eritib yuborishi mumkin). Shundan so'ng o'yinchoqlarni yana bir bor chayib, quriting. 

2. Poltayoq nasadkasi

Mikrofibradan yasalgan nasadkalarni yuvishga qo'rqmang: kir yuvish mashinasida ularga xech nima qilmaydi. Ajraluvchi nasadkalar aynan ularni olib yuvish oson bo'lishi uchun xam ajraluvchi qilib ishlangan. 

3. Ushlagichlar

Qo'lqoplar va ushlagichlarni oddiy rejimda oshhona sochiqlari bilan birga yuving. Darvoqe, qo'lqop-ushlagichlar faqatgina oshhonada asqotmaydi: ular yordamida issiq lampani burash yoki tikonli butalarni kesish xam mumkin.

4. Beysbolka

Zarurat tug'ilganda beysbolkaga dog' ketkazuvchi vositadan sepib, 5 daqiqaga qoldiring. Shundan keyin kir yuvish mashinasining sovuq suvda yuvuvchi qisqa cikliga sozlang. Yuvib bo'lgach, beysbolka shaklini to'g'irlab, quritishga qo'ying. 

5. Krossovkalar

Krossovkalarning bog'ichlarini olib, ularni yuvish qopchasiga soling, shunda ular aralashib ketmaydi. Endi krossovkaning tagligini olib, uni mashinaga solish mumkin. Mashinada kir aylanishi jarayonida yoqimsiz tovushlar chiqmasligi uchun ular bilan birga bir necha sochiq solish tavsiya etiladi. Odatiy meyordagi kir yuvish kukunidan qo'shing, yoqimsiz xiddan halos bo'lish uchun esa - biroz uksus qo'shish mumkin. Sovuq suvda yuvuvchi extiyotkor rejimni tanlang.

6. Mayda o'yinchoqlar

Yuvish qopchasiga Lego kubiklari kabi mayda o'yinchoqlar, vannada suvda o'ynaluvchi rezina o'yinchoqlarni soling-da, sovuq suvda yuvuvchi extiyotkor rejimni yoqing. 

7. Yostiqlar

Ikki yostiqni bittada iliq suvda, extiyotkor rejimda yuving. Qo'shimcha chayish va siqish rejimini yoqishni unutmang. Yostiqlar momiq bo'lishi uchun quritish vaqtida mashinaga bir necha mahsus rezina sharlarini soling.

8. Vanna uchun plastik parda

Bunday pardani sovuq suvda, odatiy meyordagi kir yuvish kukunida, mashinaga bir necha sochiq qo'shib yuving.

9. Ryukzak

Ryukzakning cho'ntaklaridagi xamma narsani olib tashlang, agar ularda ushoqlar bo'lsa, changyutgichda tortib oling. Shundan so'ng ryukzakni yuvish qopchasi yoki kattaroq matoga o'rab, biroz kir yuvish kukuni qo'shilgan sovuq suvda extiyotkor rejimda yuving. Quritish uchun ochiq xavoga qo'ying.

10. Sport gilamchasi

Gilamcha yorlig'ida uni mashinada yuvish mumkin emasligi ko'rsatilgan bo'lsa-da, buning xech qanday qo'rqinchli joyi yo'q. Uni oyda bir marta sovunsiz yuving, xatto o'rtacha xaroratda, quritish rejimida quritsangiz xam bo'ladi.

11. Vanna va xojathona gilamchasi

Dastlab gilamchani ko'chada yahshilab qoqib oling, so'ngra vanna sochiqlari bilan birga mashinaga soling. Extiyotkor rejimda, sovuq suvda, odatiy meyorning yarmiga teng kir yuvish kukunida yuving. Shuni unutmangki, rezina gilamchalarni quritgichda quritish mumkin emas. 

12. Maxsulotlar haltasi

Matoli sumkalarni oddiy rejimda, qaynoq suvda yuvish va xatto quritgichda quritish xam mumkin. Buni imkon qadar tez-tez amalga oshirish zarar qilmaydi, chunki ular odatda do'kon savatchalari, avtomobil yukhonasi, pol va oshhona stoliga qo'yiladi. 

13. Sport jixozlari

Barcha sport jixozlarini xech bo'lmaganda oyda bir marta yuving. Barcha buyumlar aralashib ketmasligi uchun ularning  lipuchkalarini taqib qo'ying, aloxida qopchalarga solsangiz, undan-da yahshi. Odatiy meyorda qo'shiladigan kir yuvish kukunining yarmini qo'shing va oddiy rejimda yuving. 

14. Sport sumkasi

Sport sumkasida ko'plab kir va bakteriyalar yig'iladi. Bunday sumkani sovuq suvda, extiyotkor rejimda yuving. Yuvishdan oldin cho'ntaklarini yahshilab tekshiring.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 12.09.2017 / 21:42
O'qilgan: 364
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Comments

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Home
0 / 22

WWW.ROL.UZ

Statok.netUzMasterS.RuUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов