Assalomu alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga
Kirish

Qanday qilib qon bosimini to'g'ri o'lchash mumkin?

Arterial qon bosimini o'lchash qiyin emas, ayniqsa zamonaviy tonometrlar yordamida. Biroq bu ish etiborsizlik bilan amalga oshirilsa, natija xam shunga yarasha bo'ladi. "Layfhaker" qanday qilib bu jarayonda hato qilmaslik borasidagi tavsiyalari bilan o'rtoqlashdi

Qanday qurilmadan foydalangan maqul?

Qon bosimini mustaqil o'lchash uchun avtomat tonometr (qon bosimini o'lchashga mo'ljallangan jixoz) harid qilgan maqul, chunki stetoskopdan yolg'iz foydalanish biroz noqulay, natijalar noto'g'ri chiqish extimoli yuqori. 

Shuningdek, bazi avtomat tonometrlar xam noto'g'ri natijalarni ko'rsatishi mumkin.

Yodingizda bo'lsin, noto'g'ri tanlangan manjeta o'lchami qon bosimini o'lchashdagi natijalarga tasir ko'rsatishi mumkin. Shuning uchun harid oldidan tonometr o'raladigan qo'l qismini o'lchab oling.

Qurilma ko'rsatmada yanglishmasligi uchun tonometrlarni dorihonalardan yoki mahsus do'konlardan harid qiling va bu borada xaddan tashqari tejamkorlikka yo'l qo'ymang. Foydalanishdan avval albatta qo'llanmasini o'qib chiqing va batareyalarni o'z vaqtida almashtirishni unutmang.

Qon bosimini qanday o'lchash kerak?

Shoshmang. 5 daqiqacha tinch sharoitda o'tiring, biror ish qilganingizdan keyin darxol tonometrga yopishmang. Qon bosimini o'lchashdan yarim soat oldin chekmang va qaxva ichmang. 

Stulga qaddingizni tik qilib o'tiring. Oyoqlaringizni chalishtirmang. Oyoqlar polda shunday turishi kerakki, tizzalar baland ko'tarilmasligi lozim.  

Engingizni shimaring, yahshisi - engi uzun kiyimda bo'lsangiz, uni echib qo'ying, shunda manjetni o'rashda muammo yuzaga kelmaydi. 

Qo'lingizni shunday joylashtiringki, tonometr manjetasi tahminan yurakning to'g'risida bo'lsin. Bazan buning uchun qo'l ostiga yostiqcha qo'ygan maqul. 

Manjetani to'g'ri o'rang. Uning pastki tomoni tirsakdan 2-2,5 sm yuqorida bo'lishi kerak. 

Manjetani shunday o'rangki, u bilan qo'lingiz orasiga 1-2 barmoq sig'adigan bo'lsin. Tonometr pulsni qayd etishi uchun rezina naychalar tirsakning ichki tomoniga qarashi kerak.

Tonometrning barcha naychalari tekis bo'lsin, chigallashib yoki tugun bo'lib qolmasin. Bu qiyin emas, mana bunday xolatda o'tirish kerak:

Foto: Layfhaker

Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 12.09.2017 / 21:42
O'qilgan: 229
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Bosh sahifaga
0 / 16

Rol.uz Universal Portal

Statok.net UzMasterS.Ru