Assalomu alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga
Kirish

Yoshlarga muvaffaqiyatli kishilardan noodatiy maslaxatlar 

Layfhaker o'z ishining xaqiqiy ustalari tomonidan berilgan noodatiy maslaxatlar bilan bo'lishdi.

1. Donald Tramp

«Autsayder bo'ling»

Donald Tramp AQSh prezidenti sifatidagi ilk nutqida Liberni Universiteti bitiruvchilarini «ishlarning xozirgi xolati va xokimiyatning foydasiz tuzilmalari bilan kurashishga» chaqirdi.

Trampning bitiruvchilarga aytishicha, «autsayder sifatida baxolanish» — bu yahshi, sababi «faqatgina autsayderlar dunyoni o'zgartirishga qodirdir».

«Yodingizda tursin: xech narsa va xech qachon osonlik bilan amalga oshmaydi. O'z fikrida sobit turuvchilar, buni qila olmaganlar tomonidan tanqidga uchraydi. Chirigan tizim siz adashayotganingiz xaqida qancha ko'p gapirsa, siz o'z maqsadingiz sari shuncha qatiylik bilan xarakat qilishingiz kerak».

2. Mark Cukerberg

«Xayotda o'z maqsadini topishning o'zi etarli emas»

Facebook  asoschisi Mark Cukerbergning fikricha, bugungi kunda ko'plab yoshlar xayotda maqsadini topishga xarakat qilmoqda, biroq bu noto'g'ri yondashuv. Buning o'rniga xar bir kishi aniq maqsadga ega bo'lgan va maqsad nima ekanini aniq tushunadigan dunyoni yaratishga xarakat qilish kerak ekan.

«Maqsad – bu siz katta nimaningdir bir qismi ekaningiz, siz bu dunyoga kerak ekaningiz va oldinda sizni faqatgina yahshi narsalar kutayotganini tushunishdir. Maqsaddan xaqiqiy baht xam boshlanadi».

Cukerberg yoshlarga uchta maslaxat beradi:

•  Katta nimanidir amalga oshirishdan qo'rqmang. Bizning xozirgi davrimiz kelajagimiz asosini yaratadi.

•  Boshqalarga yordam berish uchun vaqt va pulni ayamang. Xar kim o'z maqsadi sari intilishda erkinlikka ega bo'lishi lozim. Agarda xamma o'zining buyuk g'oyalarini amalga oshira olsa, dunyo biroz yahshi bo'lgan bo'lardi.

•  Jamiyatni mustaxkamlash. Biz qashshoqlik va kasalliklarni tugatishi mumkin bo'lgan avlodga aylanishimiz mumkin. Biroq buning uchun birlashishimiz va birgalikda xarakat qilishimiz kerak. Xech bir davlat iqlim o'zgarishi bilan bitta o'zi kurasha olmaydi. Buning uchun bizga global jamiyatni qurish kerak.

3. Richard Brenson

«Oldingi vaqt xaqida xech qachon qayg'urmang. Faqatgina oldinga qarab xarakatlaning»

«Meni shu xayratga soladiki, kishilar muvaffaqiyatsizliklar xaqida gapirishga juda ko'p vaqt sarflaydi. Vaxolanki, o'z kuchlari va energiyalarini kerakli yo'nalishga xam berishlari mumkin, - deydi Virgin Group korporaciyasi asoschisi. – Menga o'z biznesimni boshqarish yoqadi, xamda men muvaffaqiyatsizlik – bu hato emas, balki yangi tajriba ekanini tushunaman».

4. Sheril Sendberg

«Maqsadingizga to'g'ri yo'lning o'zi yo'q»

Facebook ijrochi direktori Sheril Sendbergning fikricha, abstrakt orzuga bir yarim yil avvaldan aniq reja tuzib olsa, etishish osonroq bo'ladi. Uzoq muddatli reja kishini biroz hotirjam qilib qo'yadi, qisqa muddatlisi esa motivaciya beradi xamda o'z maqsadiga erishish uchun batafsil jixatlar xaqida o'ylashga majburlaydi.

«O'zingizdan so'rang, sizni nima yahshi qiladi va siz nimadan qo'rqasiz. Siz aynan shu yo'ldan ketishingiz lozim».

5. Uorren Baffet

«Kamtar va vazmin bo'ling»

Ishbilarmon, taniqli sarmoyador va dunyodagi eng boy kishilardan birining aytishicha, eng yahshi maslaxatni Berkshire Hathaway direktorlar kengashi azosi Tomas Myorfidan olgan: «Uorren, xech qachon unutmangki, kishini xaydab yuborishga xar doim ulgurasiz. Shuning uchun buni qilishdan avval, ertagacha kuting. O'shanda jaxl qolgani yoki bu vaqtinchalik xolat bo'lganini tushunasiz».

Baffetning fikricha, kishilar bilan yahshi munosabatlar siri – bu o'z felini qo'lga olish va sizga yoqadigan insonlardan yahshi jixatlarni qabul qilib borish.

6. Bill Geyts

«Murakkablashtirmang»

Microsoft xammuassisi va raisi Bill Geyts Uorren Baffetning o'ziga hos jixatlariga qoyil qoladi: «Uning jadvaliga nazar tashlang. U erda xammasi juda oddiy. Siz undan biznesning qandaydir soxasi xaqida so'raysiz, u esa faqatgina bir necha asosiy fakt va raqamlarni eslaydi. U o'ziga yahshi tanish bo'lgan narsani tanlaydi, xamda buning ustida uzoq muddat muvaffaqiyatli ish olib boradi. Uning xammasini engillashtirish bo'yicha o'ziga hos jixati – bu daxolikning aloxida shakli».

7. Ivanka Tramp

«Kamroq o'ylang, ko'proq qiling»

Ivankaning bildirishicha, xayotda sevimli ish bilan shug'ullanish uchun katta mexnat qilish lozim.

«O'zingizni oddiy taxlil qilish xayotingiz ishini topishinga kafolat bermaydi. Siz nazariyadan amaliyotga o'tishingiz, o'qishingiz va real xayotni o'rganib borishingiz, tajriba orttirishingiz lozim. Agarda qandaydir ish sizni ilxomlantirsa, buni qilishda davom eting. Men taniydigan o'z ishining xaqiqiy professionallari o'z ishlarini juda sevishadi. Ularga o'z maqsadini bilish motivaciya beradi».

8. Entoni Robbins

«Yangi ko'nikmalarni shakllantiring»

Taniqli notiq bir paytlar biznes-murabbiy Ron Jimdan maslaxat olgan: «Toni, sen xamma narsani birdaniga olishni kutmoqdasan. Ishga boshqalardan ko'proq narsani olib kirishing lozim. Kompaniya, hodimlar va mijozlar uchun ko'proq narsa qilishing kerak. Sening qanday qiymatga ega ekaning shunga bog'liq bo'ladi. Biroq, buning uchun xar doim yangi nimanidir o'rganish lozim».

9. Mayya Enjelou

«O'z yo'lingizdan yuring»

«Agarda xayot seni o'zingga yoqmaydigan yo'lga boshlasa, agarda senga ochilayotgan istiqbollar va ortda qolgan narsalar yoqmasa, bu yo'ldan chetga chiqib, yangisini top. Men bu maslaxatga 65 yildan beri amal qilib kelaman», - deydi yozuvchi.

10. Lloyd Blankfeyn

«Dam oling»

Goldman Sachs bosh ijrochi direktorining tan olishicha, o'zi yoshligida bu maslaxatga umuman amal qilmagan.

«Faqatgina tinimsiz xarakat bilan muvaffaqiyatga erishish mumkin bo'lgan sport turi yoki boshqa ishning o'zi yo'q. Dam olishni bilish kerak, sababi hotirjamlik xam yahshi natijalarni beradi. Bazida nimagadir tayoq bilan etishish o'rniga, arqonni tashlab qo'yishning o'zi kifoya qiladi. Qatiy harakter xar doim xam muvaffaqiyat siri bo'la olmaydi».

11. Joan Rouling

«Mag'lubiyatni qabul qiling»

«O'ylashimcha, biz muvaffaqiyatsizliklar xaqida kam gapiramiz, - deya xisoblaydi Xarri Potter xaqidagi kitoblar muallifi. – Menga kimdir: “Sen mag'lub bo'lasan. Buning oldini olib bo'lmaydi. Eng muximi – undan keyin nima qilishingda”, deganida katta yordam bergan bo'lardi».

Rouling sayyoradagi eng badavlat ayollardan biriga aylanishdan avval, farzandlarini bir o'zi tarbiyalayotgan va mablag'lardan qiynalgan ayol edi. Ko'plab nashrlar yosh sexrgar xaqidagi voqealarni chop etishdan bosh tortishgandi.

«Mening qisqa muddatli oilamga darz ketdi, yosh bolam bilan ishsiz va pulsiz qoldim. O'zimni eng omadsiz inson, deb bilardim». Biroq u o'z muvaffaqiyatsizliklarini taqdir sovg'a sifatida qabul qiladi, sababi ular omadga erishish, o'zini yahshiroq anglashga imkon yaratib berdi. 

12. Melani Velan

«Ish toping. Istalgan ishni»

SoulCycle fitnes-klublari tarmog'i ijrochi direktorining ishonch bildirishicha, universitetlar bitiruvchilari istalgan ishni izlashlari darkor. Xozirgi vaqt xaqida o'ylash, kelajak xaqida qayg'urishdan muximroqdir.

«Mutahassisligingiz bo'yicha ishlamayotgan bo'lsangiz, asabiylashmang. Barcha yangi narsaga ochiq turing va tinimsiz ishlang. Bu muvaffaqiyatning kaliti», - deydi Melani.

13. Erik Shmidt

«Ko'proq „da“ deng»

«Yangi imkoniyatlarga ko'proq „da“ deng: boshqa davlatga borish takliflariga, yangi insonlar bilan tanishishga, talim olishga. Bu so'z sizga birinchi ishni topishda, uni o'zgartirishda, karera pog'onasi bo'ylab tepaga chiqishga, juftingizni topishda va xattoki farzandli bo'lishda yordam beradi», - deya maslaxat beradi Google’ning sobiq ijrochi direktori.

14. Chelsi Hendler

«O'zingizga majburiyat olsangiz, ularni bajaring»

«Yuqori sinflarda mashxur emasdim. Men kishilar menga ishonish mumkinligini xis etishlarini istardim. Meni xam etiborga olishlarini hoxlardim. Shuning uchun nimanidir vada bersam, o'z so'zimning ustidan albatta chiqaman. Men boshqalar orasida ajralib turishni istayman», - deydi aktrisa.

15. Stiv Jobs

«Orzungiz ketidan shunchaki yurish kerak emas»

«Biz tarihni yozmoqdamiz. Shuning uchun unga xissa qo'shish lozim. Shunda o'n yillardan so'ng sizni nafaqat o'z orzusi ketidan yurgan inson, balki boshqa kishilarga yordam bergan shahs sifatida xam eslashadi».

16. Syuzi Orman

«Foydasiz tanqidga etibor bermang»

Avval yozuvchi Syuzi Ormanni asossiz tanqid juda g'azablantirgan. Biroq keyinchalik bunga etibor bermaslikka o'rgandi. Uning ishonch bilan aytishicha, muvaffaqiyatli kishilar xar doim tanqidga uchraydi, shuning uchun o'z imkoniyatlarini to'g'ri baxolash va o'zini ximoya qila bilish lozim.

17. Arianna Haffington

«Xaddan tashqari ko'p ishlamang»

The Huffington Post bosh muxarririning ishonch bildirishicha: «Muvaffaqiyatga erishish uchun xaddan tashqari ko'p ishlash shart emas. Dam olish va kuchlarni tiklash lozim». U yoshligida o'ziga bu narsani kimdir aytmaganidan afsusda.

18. Styuart Batterfild

«Tajriba qiling»

«Bazilar bolaligidan nima bilan shug'ullanmoqchi ekanliklarini bilishadi. Biroq, bundaylar juda kam. Mening fikrimcha, 20-25 yoshdagi kishilar xayotga juda jiddiy yondashadi. Ular yosh paytlaridayoq ko'p narsaga erishib ulgurganlarini xis etishni hoxlaydilar, ammo yangi nimagadir o'rganish va o'zini turli faoliyatlarda sinab ko'rish kerak. Shuning uchun ularni tajribalarga undayman», - deydi Flickr xammuassisi va Slack ijrochi direktori.

19. Fil Makgrou

«Sizga ishingiz orqali baxo berishlariga tayyor turing»

«Ishga kirishishdan oldin, sizga aynan o'sha ish orqali baxo berishlarini yahshi tushunishingiz lozim», - deydi ruxshunos va teleboshlovchi.

20. Jorj Stefanopulos

«Hotirjam bo'ling»

«Bugun sizni tashvishga solayotgan narsalarning birontasi ertaga dolzarb bo'lmaydi, - deydi suhandon va siyosiy maslaxatchi. – Pullarni o'z orzungizga sarflashdan qo'rqmang. Faqat bundan avval keksalik paytlariga ozgina olib qo'ying».

21. Marla Malkolm-Bek

«Xar doim oldinga qarab xarakat qilayotganingizni yodda tuting»

Bluemercury xammuassisi va ijrochi direktorining so'zlariga ko'ra: «Xech kim butun xayoti davomida eng birinchi ishida qolmaydi. Shuning uchun o'zingizga qiziq bo'lgan narsani tanlang, sababi kishilar aynan sevimli ish bilan shug'ullanib omadga erishadi. O'rningizdan turing va shuni qiling. Yo'qotadigan narsangiz yo'q».

Bundan tashqari, u tehnologiyalar soxasini o'rganish xaqida maslaxat bergan, sababi xozirda u juda katta talabga ega.

22. Ti Jey Miller

«Atrofdagilarni tinchlantirish juda murakkab ish»

Stendap-komikning fikricha, aynan shu muvaffaqiyat formulasidir: «Men bunga o'zim ishonch xosil qildim, garchi istedodim juda yuqori emas va huddi otniki kabi jag'larga egaman».

23. Aleksa fon Tobel

«O'rningizdan turib, kiyining va o'zingizni ko'rsating»

LearnVest bosh ijrochi direktorining aytishicha, ertalab bugungi kun sizga juda yahshi nimanidir tayyorlab qo'yganiga ishonch bilan turish juda muxim. 

24. Jon Chen

«Superyulduz bo'lish xar doim xam karerangizga foyda bermaydi»

«Ko'plarning fikricha, raxbariyatning etiborini o'ziga tortishning eng yahshi yo'li – o'zini ko'rsatishga bor kuchi bilan xarakat qilish. Bu siz kompaniya muvaffaqiyati xaqida emas, balki o'z maqomingiz xaqida qayg'urayotganingizdan darak beradi. Aslida o'z ishini vijdonan bajarishning o'zi etarli».

25. Salli Setta

«Xech qachon tushlikni yolg'iz qilmang»

Uning fikricha, tushlik – ish aloqalarini yahshilab olish uchun ajoyib imkoniyatdir. Birinchidan, siz ishingiz xaqida yangi nimanidir bilib olishingiz mumkin, ikkinchidan esa, xamkasblar bilan til topishishda bu qo'l keladi.

26. Dipak Chopra

«Siz noaniqlikning oqilona ekanini tushunishingiz kerak»

«Faoliyatning eng boshida, - deydi shifokor va yozuvchi. – men nima istashimni aniq bilardim. Faqatgina noaniqlik va xayotning kutilmagan ekani, xamda u insonga qanday tasir ko'rsatishi mumkinligini yoddan chiqarib qo'ydim. Agarda noaniqlik oqilonaligi menga yoshlik paytlarimda tushunarli bo'lganida, o'shanda nomalum tomonga kirishga tayyorlik – juda muxim imkoniyat ekanini bilgan bo'lardim».

27. Brayan Cheski

«Ota-onangizga quloq solmang»

Airbnb asoschisining bildirishicha: «Ota-onalar – xayotingizdagi eng asosiy kishilar. Biroq ularning kareraga oid maslaxatlariga etibor bermang. Nimani yoqtirsangiz, shuni qiling».

28. Diana fon Fyurstenberg

«Obektiv bo'ling»

Taniqli modelerning fikricha, muvaffaqiyatga kalit – o'ziga ishonchdir.

«O'zingizga ishonish uchun, ichki olamingiz juda yahshi bo'lishi kerak. Bu qatiy bo'lish xamda shahsiyatingiz bo'yicha ortiqcha hayollarga bormaslikni anglatadi».

29. Rik Goings

«Barcha bilan birdek yahshi muomalada bo'ling»

 Tupperware Brands kompaniyasi direktori Rik Goingsning fikricha, suxbatga borayotgan paytingizda, xamma bilan hushmuomala bo'lish lozim.

«Men xaydovchim, mamurim va yordamchilarimdan lavozimga davogar ular bilan qanday muloqot qilganini so'rayman. Boshqa insonlarga qanday munosabatda bo'lishingiz, siz xaqingizda ko'p narsani aytib beradi», - deydi u.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 12.09.2017 / 21:42
O'qilgan: 179
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Bosh sahifaga
0 / 13

Rol.uz Universal Portal

Statok.net UzMasterS.Ru