Assalomu alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga
Kirish

Ertalab uyqudan turish nega biroz mushkul?

Ertalab uyqudan uyg'onish qanchalik murakkab ekanini xar bir inson biladi. Budilnik (uyg'otadigan soat)ni “yana besh daqiqaga” o'tkazishni ko'pchilik amalga oshiradi.

Nima uchun budilnikdagi vaqtni uzaytiramiz

Tana biz uyg'ongunimizga bir soat qolganda tabiiy ravishda uyg'onishga tayyorgarlik ko'radi. Asta-sekin xarorat ko'tariladi, kortizol ishlab chiqariladi. Agarda xar kuni turli soatlarda budilnik bo'yicha uyg'onsak, organizm turishga tayyor bo'la olmasligi mumkin.

Budilnik bizni chuqur uyqu xolatidan, tana xarorati past bo'lgan paytda “chiqarib oladi”.

Aynan shuning uchun tashqarida sovuq va yomon ekani xaqida tasavvur paydo bo'ladi, to'shak esa – dunyodagi eng iliq va qulay joy bo'lib ko'rinadi.

Karavotni tark etmaslik uchun budilnikdagi vaqtni 15–20 daqiqaga, keyin esa yana 10 daqiqaga uzaytiramiz. Natijada tongning o'zida bir necha marotaba uyg'onamiz.

Bu nimaga olib keladi

Yana ozgina uhlab olsak, o'zimizni yahshi xis etamiz, deb umid qilamiz. Biroq uyqu bosqichlarida bunday arifmetika ish bermaydi. Soatni yarim soatga uzaytirib, yana uhlab qolib, chuqur uyquda bo'lamiz. Budilnik esa tayyogarliksiz uyg'onish lozim bo'lgan paytda ishlab ketadi, organizm nima ro'y berayotganini tushunmaydi. Endi karavotdan turish yanada qiyin bo'ladi.

Uyqu inerciyasi mehanizmi ishlab ketadi: biroz sekinlashish, kuchsizlik va boshda og'riq paydo bo'ladi. Ko'pchilik buni tonggi oddiy xolat sifatida qabul qiladi. Biroq bunday emas va tongni yanada yahshiroq kayfiyatda qarshi olish mumkin.

Tongda yahshi kayfiyat bilan uyg'onishni qanday taminlash mumkin

Engil uyg'onib, soatni uzaytirmaslik uchun o'zingizning ichki soatlaringizni sozlang.

Organizm uyg'onish vaqti qachon ekanini bilsa, unga avvaldan tayyorgarlik ko'ra boshlaydi.

Xar kuni bir vaqtda turing (xar bir daqiqa axamiyatga ega). Soatni uzaytirmang, yana 10 daqiqa uhlab olishga xarakat qilmang. Esingizda tursin, bu sizga yahshi kayfiyat bera olmaydi, aksincha, axvolingizni qiyinlashtirib, uyqu inerciyasini chaqiradi.

Hulosa 

Xatto belgilanganidan kamroq uhlasangiz xam, uyg'onishingiz bilan karavotdan turishingiz muxim. Yana bir necha daqiqa uhlab olishning uddasidan chiqib bo'lmaydi, organizmni aldash mumkin emas. Yahshisi, iliq dush qabul qiling yoki issiq choy iching – bu tonggi vaqtlarda tana xaroratining pasayishi bilan bog'liq yomon kayfiyatni yo'qotishda yordam beradi.

Xar kuni bir vaqtda uyg'onishga tayyorlaning, xattoki dam olish kunlari xam jadvaldan chetga chiqmang. Ikki-uch xaftalik amaliyot – xamda siz ichki soatlaringizni sozlaysiz.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 12.09.2017 / 21:42
O'qilgan: 122
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Bosh sahifaga
0 / 17

Rol.uz Universal Portal

Statok.net UzMasterS.Ru