Assalomu alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga
Kirish

Jaziramadan saqlanish uchun nima qilish kerak?

Malumki, O'zbekiston xududiga Turkmaniston orqali Erondan issiq va quruq xavo oqimi kirib kelishi tufayli 3-9 iyul kunlari O'zbekiston bo'ylab issiq xavo kuzatildi, ayrim xududlarda xavo xarorati 45 daraja issiqni tashkil etdi.

Jazirama issiq ob-xavo inson xayotiga havf tug'dirish xech gap emas. Bunday vaqtda yurak va qon bosim kasalliklari bilan og'riganlar, xomilador ayollar va bolalar, keksalar xar qachongidan extiyotroq bo'lishlari kerak. Ho'sh, jazirama issiqdan saqlanish uchun nimalar qilish lozim?

Havfi shundan iboratki,  inson tana xarorati 37.1 darajadan ko'tarilishi,  yoki tana xaroratining 38.8 darajaga ko'tarilib, inson salomatligiga salbiy tasir etishi mumkin. Inson tana xaroratining ko'tarilishi tananing qizarishiga va kuchli chanqoqqa sabab bo'ladi. Keyinchalik, xushdan ketish, nafas qisishi va yurak to'htashiga olib kelishi mumkin.

Jazirama issiqqa tayyorgarlik choralari

Suv zahirasini yaratish uchun qo'shimcha idishlarga suv to'ldirib qo'ying. Issiq kunga mo'ljallangan kiyimlarni, elektr maishiy uskunalarni (ventilyator, kondicioner) tayyorlab qo'ying. Agar siz qishloq joylarda istiqomat qilsangiz, soyabon, shiyponlar, quduqlarlardan, shuningdek derazalar uchun qalin pardalardan foydalaning. Ichimlik suvidan unumli foydalaning.

Jazirama issiq xarorat tasiridan saqlaning. Och rangdagi, xavo o'tkazuvchi (iloji bo'lsa pahta homashyosidan) kiyim va bosh kiyimlardan foydalaning.

Shuni unutmangki, kuygan tana qismi sovimaydi va terlamaydi. Shoshmasdan xarakatlaning, iloji boricha soya joylarda bo'lishga xarakat qiling. Issiq kunda shifokorlar bilan maslaxatlashgan xolda qo'shimcha tuzli maxsulotlar va meva, sabzavotlardan istemol qiling.

Jazirama issiq natijasida oftob urganda, zudlik bilan soya joylarda saqlaning, dush qabul qiling yoki shamol bor joyga o'ting va asta-sekinlik bilan ko'proq suv istemol qiling. Oftob urushidan saqlanish maqsadida  iloji boricha badaningizni sovutishga xarakat qiling.

Jazirama issiq kunda yong'in havfi kelib chiqishi mumkinligini yodda tuting.

Issiq kunda nima qilish kerak?

Ko'proq suv ichish. To'g'ri suv ichish tartibi organizm faoliyatini yahshi ishlashi va suv-tuz balansini meyorlashtirishiga qulay sharoitlar tug'diradi. Issiq kunda suv istemoli xajmini ko'paytirish kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini to'ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha, oddiy ichimlik suvini istemol qilish kerak. Surunkali kasalligi mavjud bo'lsa, shifokor tavsiyasiga rioya qilish lozim.

Eng issiq paytda – 12:00 dan 16:00 gacha ko'chaga chiqmaslik va ayniqsa, quyosh tagida yurmaslikga xarakat qiling. Kuningizni shunday rejalashtiringki, bu vaqtda yoki ishda yoki uyda bo'ling.

Ko'proq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanga samarali nafas olishga yordam beradi. Suv hona xaroratiday bo'lishi kerak. Muzdek suv bilan yuvinish esa, tana xarorati keskin o'zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.

Albatta, ochiq suv xavzalarda cho'milish mumkin, ammo cho'milish taqiqlangan xavzalarda cho'milish qatiyan man etiladi.

Ertalab va kechqurun ko'proq xarakat qiling. Bunday issiq kunda kam xarakatlik gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.

Oziqlanish racionini o'zgartiring. Issiq kunda ko'proq sovuq taomlar istemol qiling. Yog'liq sut va go'sht maxsulotlarini istemol qilmang, ammo baliq va sabzavotlar maxsulotlaridan voz kechmang. Sutli maxsulotlar xaqida aloxida to'htalib o'tish lozimki, rastalarda quyosh nuri tushib turgan xamda istemolga yaroqlik muddati o'tib ketgan maxsulotlarni sotib olmaslik kerak.

Albatta, taomlarni tuz bilan tanovvul qiling, chunki yuqori xaroratda, tananing terlashi natijasida ko'p miqdorda natriy moddasi yo'qotiladi.

Sintetik matodan tayyorlangan kiyimlar kiymaslikka xarakat qiling. Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob urishi asosan bosh qiziganda sodir bo'ladi.

Bunday issiq kunda, kondicionersiz iloji yo'q. Ammo kuni bo'yi kondicioneri bor bo'lgan honada bo'lsangiz xam, shunday joylashingki, undan chiqayotgan sovuq havo to'g'ridan-to'g'ri sizga tasir qilmasin.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 12.09.2017 / 21:42
O'qilgan: 111
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Bosh sahifaga
0 / 19

Rol.uz Universal Portal

Statok.net UzMasterS.Ru