Assalomu alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga
Kirish

Nima uchun muxim ishlarni keyinga suramiz?

Kareramiz xaqida bosh qotirish, moliyaviy reja tuzish, salomatlik borasida qayg'urish, yangi ko'nikma xosil qilish - bularning bari odatda uzoq muddatli rejalarimizga bog'liq muxim ishlar xisoblanadi. Biroq nima uchundir biz ularni doim orqaga suraveramiz. "Layfhaker" shu mavzudagi maqolasi bilan bo'lishdi.

 

1. Biz eng samarali vaqtimizdan noto'g'ri foydalanamiz

Aksariyatimiz uchun samaradorlik cho'qqisi ertalabki vaqtga to'g'ir keladi, ammo, afsuski, biz undan kamdan-kam xollardagina to'g'ri foydalanamiz. Buning o'rniga biz pochtani tekshiramiz, kundalik ishlar ro'yhatini tuzamiz yoki majlisga shoshamiz. Vaxolanki, ertalabki vaqtni ko'proq energetik kuch-quvvat talab qiluvchi ishlarga (masalan, rejalashtirish yoki xisob-kitob) sarflagan maqul.

 

2. Bizga rivojlanish xissini beruvchi ishlarni afzal ko'ramiz

15 ta u qadar muxim bo'lmagan hatga javob yozganimizda, natija ayon - 15 ta yo'llangan javob. Bizga o'tgan vaqt samaralidek tuyuladi. Biroq agar biz bir soat davomida nima xaqidadir bosh qotirsak-da, bundan natija bo'lmasa, o'zimizni xech narsa qilmagandek xis qilamiz.

Bajarilishi oson bo'lgan mayda ishlar bizga zavq bag'ishlaydi. Shunday ekan, nima uchun katta maqsadlar ustida ishlashni soddalashtirmaymiz?

Uzoq muddatli maqsadlaringizni mayda qadamlarga taqsimlang, so'ngra qilingan xar bir ishni belgilab boring, shunda rivojlanayotganingizni sezasiz va zavq olasiz.

 

3. Ilxom kelishini kutamiz

Biror muxim ishni bajarmoqchi bo'lsangiz, shunchaki reja tuzing va ishga kirishing. Xatto ijodiy soxada ishlasangiz xam, ilxom kelishini kutib o'tirmang. Vaqt ajrating va ishga kirishing.

 

4. Ortiqcha vaqt oladigan ishlar bilan band bo'lamiz

Bunday ishlarga pochtani ko'zdan kechirish, bajariladigan ishlar ro'yhatini tuzish, ish stolini tartibga keltirish kabilar kiradi. Bu kabi ishlar bizga huddi biror nimani uddalaganlik xissini beradi, aslida esa bunday emas. Ular vaqtimizni besamar ketkazishimizga sabab bo'ladi.

Agar yuqorida sanab o'tilgan ishlardan birortasini bajarish kerak bo'lsa, katta maqsad ustida ishlangandan keyingina unga vaqt ajrating.

 

5. Noto'g'ri tanlovni amalga oshirganimizni anglab etmaymiz

 

Uzoq muddatli maqsadlar ko'pincha kundalik grafikimizda o'z ifodasini topmaydi. Majlislar va boshqa shoshilinch ishlar qayd etiladi, ularning orasida esa bloklar bo'ladi. Ularga ko'zimiz tushganda esa bo'sh vaqtdek tuyuladi va yana 1-2 majlisni sig'dirsa bo'ladi deb o'ylaymiz. Aslida esa bu bloklar bo'sh emas, bu - katta maqsadlarga ajratiladigan vaqt.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 12.09.2017 / 21:42
O'qilgan: 285
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Bosh sahifaga
0 / 13

Rol.uz Universal Portal

Statok.netUzMasterS.Ru