Assalomu alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga
Kirish

Stomatitni qanday davolash mumkin?

Og'izda "yong'in" tursa, uni muzqaymoq bilan o'chiring. Bu stomatitga qarshi eng yahshi vosita.

Stomatit nima o'zi?

Stomatit — bu og'iz bo'shlig'i: til, yonoqlarning ichki tomoni, tomoq yallig'lanishining umumiy nomi. Yoqimsiz xissiyotlar sizning ovqatlanishingiz, suv ichishingiz, suxbatlashishingiz va og'riq kuchli bo'lsa, xatto uhlashingizga xam halaqit berishi mumkin.

Stomatit bir necha ko'rinishda bo'ladi:

  1. Aftlar — shilliq qavatdagi kichik yarachalar, bazan tilda xam paydo bo'ladi. Ular og'riqli doira shaklidagi och rangli dog'lar ko'rinishida bo'ladi, bunday yarachalar 5-10 kun ichida o'z-o'zidan tuzaladi. Bazan bunday dog'lardan bir nechta bo'lishi mumkin.
  2. Lablarning yallig'lanishi. Uchuq chiqishi xam stomatiga kiradi.
  3. Yoriqlar. Bazan yallig'lanish jarayoni shunday kechadiki, yarachalar xosil bo'lmaydi, lekin shilliq qavat ancha zarar ko'radi.

Stomatit nima uchun paydo bo'ladi?

Sababi ko'p: bu turli infekciyalar, jaroxatlar yoki yuqumsiz kasalliklar bo'lishi mumkin.

Quyida stomatitning bazi sabablari keltiriladi:

  1. Infekciyalar. Viruslar, bakteriyalar, zamburug'lar - bularning barchasi shilliq qavatlarda yashaydi va turli organlar kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin, ularda biryo'la og'iz bo'shlig'i xam aziyat chekadi. Doimo og'ziga narsa soluvchi bolalarda xam ko'pincha stomatit kuzatiladi. 2017 yilning yozida barchani qo'rqitgan Koksaki virusi xam stomatitni keltirib chiqaradi.
  2. Jaroxatlar. Masalan, agar tilingiz yoki yonoqlaringiz ichki tomonini tishlab olsangiz, qandaydir ichimlik bilan og'zingizni kuydirib olsangiz.
  3. Allergiya va ovqatlarga sezuvchanlik. Bu individual reakciya. Kimdir nordon mevalarni eya olmaydi, kimdir esa ko'p pista chaqib, kasalga yo'liqishi mumkin.
  4. Milklar kasalliklari. Milklarning sezuvchanligini xaddan ziyod oshiruvchi xar qanday yallig'lanishlar.
  5. Autoimmun kasalliklar. Shilliq qavat immun tizimini o'z xujayralarini vayron qilishga majbur qiluvchi kasalliklar: sil, Kron kasalligida jabrlanadi.
  6. Dori vositalari. Bazi dori vositalari xam stomatitni keltirib chiqaradi. Bu antibiotiklar, kimyoviy davolash vositalari, gormonal preparatlar bo'lishi mumkin.
  7. To'yib ovqatlanmaslik va stresslar. Rivojlangan mamlakatlarda bunday xolatni tasavvur qilish qiyin, biroq agar siz tezpishar lapshalar bilan oziqlansangiz yoki qatiy parxezga rioya qilsangiz, kam uhlasangiz va ko'p asabiylashsangiz, stomatit paydo bo'lishi mumkin.

Stomatit qanday davolanadi?

Stomatitning kelib chiqish sabablari turlicha bo'lgani bois, ularni davolash xam shundan kelib chiqadi.

Stomatitni davolashda asosiysi - og'riqsizlantirish. Buning uchun ibuprofen yoki paracetamol kerak bo'ladi - bu eng xamyonbop va keng tarqalgan preparatlar.

Stomatitda muzqaymoq yahshigina og'riqsizlantiruvchi tasirga ega. Bu g'alati eshitilishi mumkin, chunki bizni doim og'riqli joyni isitishga o'rgatishgan: sovuq, yumshoq konsistenciya va yoqimli tam og'iz bo'shlig'i kasalliklarini engilroq o'tkazishga yordam beradi.

Maxalliy og'riqsizlantiruvchi vositalar mavjud - lidokainli gellar. Biroq ularni extiyot bo'lib ishlatish kerak: bunday vositalarni faqat katta yoshlilarga qo'llash mumkin, bolalar va chaqaloqlar uchun esa, ular havfli. Ularning tasiri vaqtinchalik, biroq agar bola katta miqdordagi gelni yutib yuborsa, bu yurak ritmining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Parxez xaqida unutmang: shusiz xam og'riqli og'iz bo'shlig'ini qaynoq, achchiq yoki nordon eguliklar bilan "qiynamang".

Qachon shifokorga borish kerak?

Og'iz bo'shlig'ida yaracha ko'rinishida paydo bo'lib, noqulaylik tug'diradigan oddiy stomatit ko'pi bilan ikki xaftada ketadi. Bunday xolatlarda qo'shimcha yordamga xojat yo'q, agar stomatit ketavermasa, qandaydir belgilar (yuqori xarorat, toshmalar, xolsizlik) namoyon bo'lsa, shifokor bilan birga uning sababini aniqlash kerak. Uni davolash uchun terapevt va stomatologga murojaat qiling.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 16.12.2017 / 22:50
O'qilgan: 56
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Bosh sahifaga
0 / 18

Rol.uz Universal Portal

Statok.net UzMasterS.Ru