Assalomu alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga
Kirish

Chingizhondan kuch-qudrat va etakchilikka oid saboqlar

Etakchilar xar hil bo'ladi. Makiavelli kabi - makkor, shiddatli va shafqatsiz. Bazilari esa Buyuk Kir kabi - kamtar, sahiy va sadoqatli. Buyuk sarkardalar qatorida Chingizhon xam yodga olinadi, biroq uni  extiyotkorlik bilan chetlab o'tishadi: uning so'zlaridan parchalar keltirilmaydi va biznesga oid kitoblarda tilga olinmaydi, na seminarlarda va na xatto latifalarda. Ahir qonho'r yovuzdan nimani xam o'rganish mumkin bo'lardi?

Shunday ekan, ko'p madaniyatlar Chingizhon hotirasini o'chirib tashlashni maqul ko'rishadi. SSSRda, masalan, uni xatto tilga olish xam taqiqlangan. Biroq xaqiqat shundaki, xar qanday tarihiy shahsdan nimadir o'rganish mumkin bo'lgani kabi, Chingizhonning xam o'rnak olsa arzigulik jixatlari bo'lgan. Chunki u xaqida deyarli barcha bilganlaringiz - to'qib chiqarilgan, deyiladi Forbes'da.

U qiynoqlarni bekor qilgan, diniy etiqod erkinligini kiritgan, ajratilgan qabilalarni birlashtirgan, zodagonlar imtiyozlarini inkor qilgan, o'z xududlarini meritokratiya tamoyiliga ko'ra boshqargan, o'rganishni yahshi ko'rgan va mo'g'ul jamiyatidagi ayollar xuquqlarini ximoya qilgan. U ulug' fatx qiluvchi va deyarli etti asr mavjud bo'lgan 31 million kvadrat kilometrli imperiyani boshqaruvchi general bo'lgan. (Qo'shma Shtatlar qo'shinlari Bog'dodni qo'lga olishganida, bu Chingizhon davridan buyon birinchi marta shaxarning muvaffaqiyatli zabt etilishi bo'lgan).

Xa, u shafqatsiz jangchi bo'lgan, biroq uning barcha ishlari ko'ngilhushlik yo'lida bo'lmagan. Xozir "Asosiysi - g'alaba emas, ishtirok", deyishadi. Mo'g'ullar bu gapga qo'shilmagan bo'lishardi. To'qnashuvlarda g'alaba qilish ularning xayoti mazmuniga aylangandi va ular buning uchun qo'llaridan kelgancha xarakat qilishardi. Ular urushdan keyingi dunyoni xam huddi shunday ishtiyoq bilan qayta tiklashardi. Boshqa sarkardalar dushman qo'lidan erta o'lim topgan bir vaqtda Chingizhon keksayib, sevimli oilasi qurshovida xayotdan ko'z yumgan.

Uning buyuk missiyasi oddiy va dangal bo'lgan: butun dunyoni bir imperiya ostiga birlashtirish. Biroq uning o'zi aytganidek, "Maqsadlar katta ekan, mening zimmamdagi majburiyatlar xam oson bo'lmaydi". Tarihiy malumot uchun Jek Uezerfordning "Chingizhon va zamonaviy dunyoning tug'ilishi" kitobiga murojaat qilamiz. U qanday qilib Chingizhon bunday ulkan missiyasini ado etishning uddasidan chiqqanini tushunishga yordam beradi va uning kuch-qudrati sirlarini ochib beradi. Quyida honning avlodlari tomonidan saqlab kelingan to'qqiz sabog'i taqdim etiladi.

Ishni ohiriga etkaz

"Mo'g'ul jangchisi boy berilgan kurashdagi ishtiroki bilan maqtana olmasdi. Chingizhon aytganidek, xar qanday ish faqat ohiriga etkazilgandagina mazmun kasb etadi".

Sabr-toqatda o'rnak bo'l

"Yomg'irda birga ho'l bo'lardik, sovuqda esa - birga muzlardik".

Kattaroq maqsadlar uchun hizmat qil

"Etakchining odamlari bahtsiz ekan, uning o'zi xech qachon bahtli bo'la olmaydi".

Maqsadga ega bo'l

"Inson maqsadni ko'rmay, o'z xayotini, qolaversa boshqalar xayotini boshqara olmaydi... Qadimgilarning bir gapi bo'lgan: "Maqsad bir bo'lsa, xech qanday kulfat qo'rquv uyg'otmaydi".

O'zingga ishon

"Eng yahshi do'stingiz - dono qalbingiz. Ko'pchilikka ishonish mumkin, biroq xech bir do'st o'zingizchalik ishonchli bo'la olmaydi. Ko'plar maslaxat berishi mumkin, biroq xech kimning ovozi vijdoningizdan ustun kelishi kerak emas. Ko'p narsani qadrlash mumkin, biroq o'z xayotingizdan qadrlirog'i yo'q".

Kamtar bo'l

"G'ururni jilovlash yirtqich arslonni jilovlashga o'hshaydi - bu juda qiyin. Biroq o'z g'ururini boshqara olmagan kishi halqni boshqara olmaydi".

Xamma narsada meyorga rioya qil

"Men xashamatni tan olmayman, xamma narsada meyorga rioya qilish kerak... Qimmatbaxo kiyim, tezkor tulporlar va go'zal ayollar turganda o'z qarashlarimiz va maqsadlarimizni unutib qo'yish oson. Bunday xolatlarda siz quldan farq qilmaysiz va barchasidan maxrum bo'lish extimolingiz yuqori bo'ladi".

Odamlarni tushunishni o'rgan

"Ko'lning turli tomonida fatx qilingan qabilalarni ko'lning turli tomonida boshqarish kerak".

Dunyoni o'zgartir, biroq sekin-astalik bilan

"Xurmronlik qila turib, katta yoshlilarning dono maslaxatlariga quloq tut. Eski yopinchiq yangisidan qulayroq - ko'chmanchi xayot qiyinchiliklari u uchun  qo'rqinchli emas".

Ue­zer­fordning yozishicha, etakchilikning bu saboqlari honga dono ustozlaridan meros qolgan. Tinimsiz kurash va haos olamida u kambag'al va savodsiz muxitda dunyoga kelgan. U o'ziga o'zi hon bo'lishni o'rgatgan:

"Uning birdaniga buyuk sarkarda, ilxom bahsh etuvchi etakchi va istedodli tashkilotchiga aylanishida xech qanday sexrli xal qiluvchi laxzalar bo'lmagan. U bu sifatlarga iloxiy anglash yoki shaxzodalarcha talim olish natijasida erishmagan - bular tinimsiz o'rganish, nazariyaning amaliyot bilan sinalishi va o'z bilimlarini takomillashtirish natijasi bo'lgan. Chingizhon noyob aql va temir irodaga ega bo'lgan".

Biz xam buyuk maqsadlarimizga erisha olamiz. Boshlanishiga qo'rqinchlidek tuyulgan misoldan boshlash mumkin. Chingizhonning tarifi ("na erkak, na ayol va na bolalarga shafqat qilmagan qonho'r xayvon") doim undan oldin yurgan, biroq uning o'zi bunga turtki bergan. Dushmanlar qo'rqib, qarshiliksiz qochishlari uchun hon o'zining shafqatsizligi xaqidagi gap-so'zlarga etiroz  bildirmagan. Boshqa tomondan qaraganda esa, Buyuk Hondan sodiqlik, insonlarni tushunish, o'zgarishlarni to'g'ri targ'ib qilish va o'z fikrlaringizni shakllantirishni o'rganishingiz mumkin.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 16.12.2017 / 22:50
O'qilgan: 151
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Bosh sahifaga
0 / 13

Rol.uz Universal Portal

Statok.netUzMasterS.Ru