Assalomu alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga
Kirish

Kayfiyatni ko'tarishning 10 tekshirilgan usuli

Xammada omadsiz kunlar bo'lib turadi. Asosiysi — tushkun kayfiyatga berilmaslik va chalg'iy olish. "Layfhaker" shunday damlarda sizga yordam berishi mumkin bo'lgan usullar bilan bo'lishdi.

1. Tetiklashtiruvchi pley-list

Sizga zavq bag'ishlovchi treklardan iborat pley-list tuzing. Xech qanday melanholiya bo'lmasin: mayus musiqa busiz xam  kayfiyati yo'q insonning dilini hira qiladi.

 

2. Jismoniy faollik

Ruxiy va jismoniy sog'liq o'rtasidagi bog'liqlikni yodda tuting. Amerika psihologiya associaciyasi psihoterapiya shemasiga jismoniy mashqlarni qo'shishni tavsiya qiladi. Shunday ekan, raqsga tushing, sakrang, engil mashq qiling: endorfinlarni ishlab chiqarish uchun xar qanday jismoniy faollik turi to'g'ri keladi.

3. Do'stga qo'ng'iroq

Xoynaxoy do'stlaringiz bilan messenjerlar orqali habarlashib tursangiz kerak - o'sha erga yozing: qo'llab-quvvatlovchi so'zlar, xazillar va ajoyib stikerlar vaziyatni to'g'irlaydi. Eng yahshisi - yaqinlaringizga qo'ng'iroq qilib, ular bilan uchrashish. Yoqimli ijtimoiy munosabatlar bizga yanada zavq bag'ishlaydi.

 

4. Kulish uchun sabab

Do'stlaringiz tezkor amaliy yordam ko'rsata olishmasa, kulgi istab Telegram'ga murojaat qiling. Butun internet memlari kanali - LaQeque'ni varaqlang, «Poglad kota» kanalida xayotiy qiyin vaziyatda qolgan mushuklarga qarang yohud turli latifa kanallariga azo bo'ling.

5. Oddiy maqsadlar

Yomon kayfiyat va apatiya kuch-quvvat va ishdagi samaradorlikdan maxrum qiladi. O'zingizdan jaxlingiz chiqmasin: agar kuningiz oddiy o'tsa, o'nta murakkab ish o'rniga uch oddiy ishni rejalashtiring. Kichik bo'lsa-da, maqsadga erishish o'zingizdan qoniqish xosil qilish xissini qaytaradi.

 

6. Yahshi film

Katta ekranda yangi filmlarni ko'rishga shoshiling yoki uyda maroqli kino kechasini o'tkazing: romantik komediyalar insoniyat va  ezgulikka bo'lgan ishonchni qaytaradi.

 

7. Kichik istaklar

Istaklarning amalga oshishi doim zavq bag'ishlaydi. Xozir orziqib kutilgan sayoxatga bora olmasangiz, biroz kichikroq ko'lamdagi, lekin yoqimli ishga qo'l urishingiz mumkin bo'lsa kerak. O'ylab ko'ring, bu nima bo'lishi mumkin. Mazali taom, yoqimli xordiq, kutilmagan haridlar - bunday mayda "tashvish"lar xam albatta natija beradi.

8. Real xayotga qaytish

Meditaciya stress darajasini pasaytiradi va xissiyotlarni boshqaradi. Kun yorishgunga qadar lotos pozasida o'tirish shart emas, og'ir o'y-hayollar va xis-tuyg'ulardan chalg'ishga yordam beruvchi oddiy mashqlarning o'zi etarli.

 

Masalan, derazadan tashqariga qarab, nimalarni ko'rayotganingizni tasvirlang. Baxolovchi izoxlarsiz, faqat dalillar. Nechta mashina, odamlar va uylar? Ularning rangi, o'lchamlari va shakli qanday? Qizil obektlar qancha-yu sarig'i qancha?

 

9. Dam olish vaqti

Yomon kayfiyat ko'pincha stress va charchoq natijasidir. Agar bu sizning xolatingiz bo'lsa, o'zingizga dam olishga imkon bering. Telefon va ishlarni bir chetga suring-da, jurnal varaqlang, sayr qiling yoki shunchaki mizg'ib oling. Qisqa taym-aut bilan osmon uzilib, erga tushmaydi, lekin kuch-quvvatni qayta tiklash va kayfiyatni ko'tarish uchun ayni muddao.

10. O'zimga raxmat

Xozir noyabr bo'lgani uchun xech bir ishga qo'l bormayotgan bo'lsa-da, barchasi siz o'ylagandek yomon emasligini eslatib turuvchi oddiy mashq. O'zingizga o'zingiz raxmat aytishingiz mumkin bo'lgan 10 satrdan iborat ro'yhat tuzing. Mazali va to'yimli nonushta qildingizmi? Juda yahshi! Foydali maqola o'qidingizmi? Ajoyib! Shu tariqa o'n sabab topishingiz kerak.

Yodingizda bo'lsin, uzoq davom etuvchi yomon kayfiyat depressiya belgisi bo'lishi mumkin. Agar o'zingizni boshqarishni uddasidan chiqa olmayotgan bo'lsangiz, bu psiholog yoki psihoterapevtga murojaat qilish uchun sababdir.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 16.12.2017 / 22:50
O'qilgan: 125
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Bosh sahifaga
0 / 13

Rol.uz Universal Portal

Statok.net UzMasterS.Ru