Hi, Guest!
Home
Login

Raxbarlarga: Hodimlaringizni xurmat qilishni o'rganing

Campbell Soup kompaniyasining sobiq raxbari Duglas Konant va raxbarlikni o'rganish soxasida faoliyat yurituvchi 20 yillik professor Kristin Porat o'z umumiy tajriba va tadqiqotlariga asoslanib, hodimlarning ko'nglidan joy olish xamda kompaniya va uning sheriklari daromadini oshirishning eng yahshi yo'li — odamlarga xurmat bilan munosabatda bo'lish va raxbarlik qilish ekanini takidlashdi. Bu o'z hodimlarining hizmatlarini tan olish, diqqat bilan tinglashni bilish va boshqalarning vaqtini qadrlash xamda ularning kerakli hodim ekanliklarini xis qildirish demakdir. Harvard Business Review shu mavzudagi maqolasi bilan bo'lishdi.

Bazilar uchun "xurmat bilan boshqarish" nima ekani malum manoda ayon. Biroq buni amalda qo'llash qiyin. Biz ko'pincha tinimsiz vazifalar, loyixalar, muammolar, hatlar, matnlar, murakkab vaziyatlar oqimiga duch kelamiz va bu yo'lda bazi hodimlarimizni yo'qotamiz.

Bu achinarli, zero agar odamlarga bo'lgan xurmatni asosiy o'ringa qo'ysak, ko'p narsani yutish mumkin, ahir. Do'stona munosabat samaradorlik va ijodiy saloxiyatni oshiradi, hatolarni o'z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha choralar ko'rish imkonini beradi, bundan tashqari, xissiy yonishga qarshi kurashadi. Biroq eng asosiysi: hodimlar ularning qadriga etishayotganini xis qilishadi.

Kristin turli mamlakatlardagi 20 mingdan ziyod ishchi o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi. Malum bo'lishicha, hodimlar raxbariyat tomondan ko'rsatilgan xurmat tufayli o'zlarini jismoniy jixatdan yahshiroq xis qilishgan (56 foiz), o'z ishlaridan ko'proq qoniqish xosil qilishgan (89 foiz), diqqatni yahshiroq jamlab, ustuvor vazifalarni belgilab olishgan (92 foiz), o'z moxiyatlarini ko'proq anglab etishgan (26 foiz) va intensivroq mexnat qilishgan (55 foiz).

Xurmat bilan munosabatda bo'lish hodimlarga etakchilikning boshqa hususiyatlaridan ko'ra kuchliroq tasir qiladi: hizmatlarni tan olish va qadrlashni bilish, ilxom bahsh etish va o'z orqasidan ergashtirish va x.k. U xatto tajriba orttirish, kareradagi o'sish va rivojlanish imkoniyatlaridan-da muximdir.

Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, hodimlar o'z raxbarlarining ularga nisbatan xurmatini xis qilishlari juda muxim. So'rovnomada ishtirok etayotganlarning aksariyati xar doim xam bunday emasligini qayd etgan.

Kompaniya etakchisi sifatida qanday o'ringa ega bo'lsangiz xam, odatiy vazifalarni bajarishda chuqur xurmatni namoyon etib, bu kamchiliklarni to'ldirishingiz mumkin. Masalan, o'z hodimlaringiz vaqtini qadrlashingizni namoyon etib, yig'ilishlarni kamaytirishingiz mumkin yoki yahshi bajarilgan ish uchun qisqa matnli minnatdorchilik hati yo'llang. Biroq maksimal foyda olish uchun doimiy ravishda muvofiqlashtirilgan say-xarakatlarni qo'llash zarur. Xurmat nafaqat vaqti-vaqti bilan, balki qilayotgan barcha ishlaringizda namoyon bo'lishi kerak.

Foto: Fotolia

Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 16.12.2017 / 22:50
O'qilgan: 234
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Comments

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Home
0 / 16

WWW.ROL.UZ

Statok.netUzMasterS.RuUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов