Assalomu alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga
Kirish

Xiaomi smartfonlarining mashxurligiga 5 sabab

Kechagina xamma joyda Samsung va Apple smartfonlari edi, bugun esa Xiaomi'ga qiziqib qolganlar soni talaygina. "Layfhaker" mazkur fenomenni o'rganib, bu smartfonlar mashxurligiga doir besh sababni aniqladi.

 

1. MIUI operacion tizimi

Xiaomi dastavval Android asosida o'z dasturiy taminotini  ishlab chiqqan softver startap bo'lgan. MIUI etti yillik tarihi davomida Android ekotizimidagi eng mukammal muqobilga aylandi.

MIUI'ning asosiy hususiyatlaridan biri - uning ajoyib interfeysi. Bugungi kunga kelib, bu foydalanishda yoqimli bo'lgan eng ko'rkam qoplamdir. Bundan tashqari, xar bir foydalanuvchi uning tashqi ko'rinishini o'z didiga qarab  o'zgartirishi mumkin.

Biroq MIUI faqatgina dizaynerlarning ajoyib mexnat samarasi bilangina mashxur emas. Xiaomi dasturchilari xam o'z ishi ustida juda yahshigina ter to'kishgan. Mazkur operacion tizim tarkibiga oddiy Android'da bo'lmagan ko'p qulay buyumlar kiradi. Gap unga o'rnatilgan antivirus, qo'shimcha ish maydoni, ilovalarni klonlash, sensor yordamchi, energosamarali profillar va faqat Xiaomi telefonlari maqtana oladigan ko'plab boshqa opciyalar xaqida bormoqda.

2. Yangilanishlar

Xiaomi kompaniyasi o'z smartfonlarining dasturiy taminotini takomillashtirish ustidagi ishlarni bir kunga xam to'htatmaydi.

MIUI ikki ishlab chiqarish tarmog'iga ajraladi: barqaror va ishlab chiqaruvchilar uchun. Barqaror proshivkalar tahminan oyda bir marta yangilanadi, ishlab chiqaruvchilar versiyasi esa xar xafta yangilanadi. Ularda dasturiy taminot faoliyatidagi hatolar to'g'irlanadi, yangi funkciya va imkoniyatlar qo'shiladi.

Barcha firmalar xam bunday taminot bilan maqtana olmaydi. Boshqa ishlab chiqaruvchilarning smartfonlari odatda taqdimotdan so'ng ikki oy ichida nisbatan qo'pol hatolarni bartaraf etuvchi bir necha patchga ega bo'ladi, shundan keyin dasturchilar nisbatan yangi modellarga o'tishadi.

3. Avtonomlik

Xiaomi'ning xamma gadjetlari xam rekord sig'imli batareyasi bilan maqtana olmaydi. Biroq bu kompaniya smartfonlari huddi shunday akkumulyator sig'imiga ega xar qanday raqib qurilmadan uzoqroq ishlaydi. 

Ushbu fenomenning echimi operacion tizim asoslarida yashirin. MIUI'da gadjetlarga uning boshqaruvi ostida avtonom faoliyat davomiyligini oshirishga imkon beruvchi qator energosamarali tehnologiyalar qo'llanadi. Gap  o'rnatilgan ilovalarning fon faolligini oqilona  boshqarish, hotira optimizaciyasi va umuman Xiaomi'ning  qator ishlanmalari xaqida bormoqda.

4. Xiaomi'ning boshqa gadjetlari bilan integrallashuv

Xiaomi kompaniyasi nafaqat smartfonlar, balki ko'plab boshqa qurilmalarni xam ishlab chiqaradi. Masalan, aqlli choynaklar, krossovkalar, fitnes-bilakuzuklar, lampalar, velosipedlar, uy datchiklari va xokazo.

Bu maxsulotlarning barchasini ajratib turuvchi jixat - ularning yagona ekotizimni xosil qilib, bir-biri bilan o'zaro integrallashuvi. Ekotizim markazida sizning smartfoningiz bo'lib, undan mahsus ilovalar yordamida barcha qurilmalarni boshqarish imkoni mavjud.

Agar siz Xiaomi smartfonlaridan foydalansangiz, u xolda kompaniyaning boshqa gadjetlari bilan  xam muloqot qilish yanada yoqimli va qulay bo'ladi. Agar bunday maqsadlarda oddiy Android operacion tizimini qo'llamoqchi bo'lsangiz, muammolarga to'qnash kelishga tayyor turing.

5. Narhi

Kompaniyaning ilk smartfonlari barchani kutilmagan past narhi va raqobatbardosh hususiyatlari bilan xayratga soldi. Buning ajablanarli joyi yo'q: dastlabki vaqtlarda kompaniyaning mobil bo'limi xech qanday daromadlar keltirmagan, yani smartfonlar o'z narhida sotilgan. Daromadni esa faqat telefonga o'rnatilgan hizmatlar va servislardan olish rejalashtirilgan.

O'shandan beri ko'p o'zgarishlar ro'y berdi, shu jumladan kompaniya rivojining tijoriy modelida xam. Shunga qaramay, Xiaomi mobil qurilmalari xanuz bozordagi eng yahshi narh va sifat nisbatiga ega. Kompaniyaning xar bir smartfoni, u yo Redmi byudjet qatori, yoki Mi flagman seriyasi bo'lsin, o'z narh toifasida eng foydali harid xisoblanadi. Yil sayin oshib borayotgan sotuvlar xajmi buni amalda tasdiqlamoqda.

Bu Xiaomi smartfonlari afzalliklarining to'liq ro'yhati emas. Xar bir insonning bu maxsulotni yoqlovchi yoki unga qarshi o'z dalillari bo'lishi mumkin. Sizda qanday? Xiaomi smartfonlari xaqida qanday fikrdasiz?


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 16.12.2017 / 22:50
O'qilgan: 198
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Bosh sahifaga
0 / 36

Rol.uz Universal Portal

Statok.net UzMasterS.Ru