Hi, Guest!
Home
Login

Harajatlarni nazorat qilishning eng oddiy va bezarar usuli

Byudjetni rejalashtirish — moliyaviy muvaffaqiyat garovi, biroq bu zerikarli va uzoq vaqt talab qiladigan ish, boz ustiga, bu bizga pullarimiz tugab borayotganini yodga solib turadi. Harajatlarni rejalashtirishning boshqa varianti xam bor. Forbes jurnali byudjetni rejalashtirish markazi Quad Cities idorasining katta moliyaviy rejalashtiruvchisi Endryu Sivercenning bu boradagi tavsiyalari bilan bo'lishdi.

Bazan xatto bir oylik byudjetni rejalashtirish — bu malum bir vaqt bizga zavq bag'ishlagan, biroq amalda daromadlarimizga to'g'ri kelmaydigan harajatlar uchun jazo. Biroq moliyaviy vositalarimizni nazorat qilishning nisbatan bezarar boshqa bir usuli mavjud. U moliyaviy maslaxatchi Marti Kyorc tomonidan ishlab chiqilgan. Kyorc odamlar pullarni odatda uch toifaga bo'lishini kuzatdi: eski majburiyatlar, kundalik harajatlar va kelgusidagi extiyojlar. Daromadlarni ushbu toifalar bo'yicha taqsimlashni o'rganib, xayotni biroz engillashtirish mumkin.

To'lovlarni amalga oshirishga sarflanuvchi va o'zingizga sarflashingiz mumkin bo'lgan pullarni ajrating. Bu "ko'rpaga qarab oyoq uzatish" imkonini beradi.

Qayd etilgan harajatlar

Dastavval bunday harajatlar sizning yillik daromadingizning yarmidan ko'pini tashkil qilishiga ishonch xosil qiling. Shu summadan kelib chiqib, qanday uy yoki mashina sotib olishni, qanday hizmatlar muximroq ekani borasida bir qarorga kelish mumkin. Qolgan ikki toifaga qancha pul qolishi shunga bog'liq.

Moslashuvchan harajatlar

Bu kundalik harajatlar: oziq-ovqat maxsulotlari, benzin, o'yin-kulgi, shahsiy buyumlar va x.k. Bu toifaga daromadlaringizning tahminan 30 foizi ajratilishi  kerak. Bir yilda qancha pul sarflashingizni xisoblab, uni 52 (bir yildagi xaftalar soni)ga bo'ling. Shunda bir xafta uchun zarur summa kelib chiqadi.

Kelgusidagi harajatlar

Mazkur toifa daromadlarning tahminan 20 foizini tashkil qilishi kerak. Unga pensiya jamg'armalari, sayoxatga ajratilgan pullar, tibbiy harajatlar yoki tamirlov. Bularning xar biriga muayyan xisob raqami ochish va yig'ilgan pullardan kelib chiqib, ularni nimaga sarflash borasida bir qaror chiqarasiz. Kelajak uchun shunday xisob raqamlariga ega bo'lsangiz, birovdan qarz olishga yoki kredit kartalardan foydalanishga to'g'ri kelmaydi.

Ananaviy oylik byudjetni tuzishdan farqli o'laroq, bu tizimni qayta ko'rib chiqishga deyarli xojat yo'q. Ish xaqingiz xajmi o'zgarganda yoki qandaydir katta haridni rejalashtirsangiz, unga tuzatish kiritish kerak, holos. Kundalik xayotda esa haridning qaysi toifaga mansubligini aniqlash va unga pul sarflash yo sarflamaslik borasida bir qarorga kelishgina qoladi.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 16.12.2017 / 22:50
O'qilgan: 261
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Comments

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Home
0 / 20

WWW.ROL.UZ

Statok.netUzMasterS.RuUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов