Assalomu alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga
Kirish

Xayotingizda ko'p kerak bo'luvchi 16 ko'nikma

Xayotdagi eng yahshi narsalar bepul bo'lishi mumkin, biroq ularga erishish uchun ko'p vaqt, kuch-g'ayrat va qatiylik kerak bo'ladi. BusinessInsider shakllantirish biroz qiyin bo'lsa-da, zarur xisoblangan 16 ko'nikma bilan bo'lishdi.

 

1. Boshqalarga g'amho'rlik qiling

Empatiya — ko'pchilik yodidan chiqarib yuboradigan asosiy insoniy hususiyat. Bu boshqa odamning kechinmalarini xis eta bilishdir. Aynan empatiya odamlar bilan ishlovchi oddiy mutahassislarni birinchi toifali mutahassislarga aylantiradi, hodimlarni bir jamoa bo'lib ishlashga ilxomlantiradi, apatiyani engib o'tib, shunchaki maoshdan boshqa narsalarga xam intilishga yordam beradi.

 

2. To'yib uhlash

Kun tartibini ishlab chiqish juda muxim, bu uyqu sifatiga ijobiy tasir ko'rsatadi. Muayyan tartibga rioya qilib, uyquga ketishingiz va ertalab uyg'onishingiz osonlashadi va umuman yahshiroq uhlay boshlaysiz.

3. Vaqtni taqsimlash

Bugungi kunda vaqtni taqsimlash ayniqsa qadrli. Afsuski, taym-menejmentning bir universal usuli yo'q. Aynan siz uchun qo'l keluvchi rejimni topishga va unga rioya qilishga xarakat qiling.

4. Yordam so'rash

Sizga qachon yordam kerakligini anglab etish va yordam so'rab birovga murojaat qilish juda qiyin, zero xech kim zaif va qobiliyatsiz bo'lib ko'ringisi kelmaydi. Biroq, olimlarning malumotlariga ko'ra, bunday iltimos xamkasblarimizda bizga bo'lgan ishonchni yanada oshirar ekan.

Bir insondan maslaxat so'rar ekanmiz, biz uning bilimlari va tajribasini tan olayotgan bo'lamiz, u esa bizga yanada ko'proq ishona boshlaydi.

 

5. Ijobiy ichki muloqot olib borish

Boshqalarning siz xaqingizda nima deb o'ylashi muxim emas. O'zingiz nima deb o'ylashingiz muxim. Biroq atrofdagilar sizga ishonmayotgan bir paytda sizni qo'llab-quvvatlovchi ishonchning bunday darajasiga erishish uchun juda ko'p vaqt ketadi. Shu bois ijobiy ichki muloqot juda muxim. Biroq o'zingiz xaqingizda salbiy fikrlash, aksincha, sekin-asta o'zingizga bo'lgan ishonchdan maxrum qiladi.

6. Izchil xarakat qilish

Xar qanday ishda muvaffaqiyatga erishish uchun izchillik zarur. Nimaga intilmang, barchasida izchillikning axamiyati katta: sport bilan shug'ullanish, nimanidir o'rganish yoki muxim loyixani tugallash. Odamlar ko'pincha muayyan darajaga etgach, yanada yahshi ishlash o'rniga o'z  xarakatlarini susaytirishadi. Erishgan darajasini saqlab qolish uchun yanada qattiq ishlash va izchillikka rioya qilish kerak bo'ladi.

 

7. Birovlarning ishlariga aralashmaslik

Birovlarning ishiga aralashib, xech kimga yordam bera olmaysiz, shunchaki vaqt, kuch-g'ayrat va vositalaringizni zoe ketkazganingiz qoladi holos. Dunyodagi eng odil inson bo'lsangiz xam, boshqalarning ishiga aralashishga xuquqingiz yo'q. Buni yodda saqlab, unga rioya qilish uchun ko'p vaqt kerak bo'ladi.

 

8. Suxbatdoshni tinglash

Ishhonada qo'ng'iroqlar va habarlar doim bizni chalg'itadi, suxbatdoshga diqqatni qaratish oson bo'lmaydi. Muloqot vaqtida diqqatingizni jamlay olmasangiz, suxbatdoshingizning so'nggi gapini takrorlashga xarakat qiling. Shunda gap nima xaqidaligini eslab qolasiz.

9. Vaqtida tilni tiyish

Bazan o'z fikrlaringizni bildirishdan tiyilganingiz maqul. Nimadandir jaxlimiz chiqqanida, birovdan hafa bo'lganimizda yoki xayajonlanganimizda miyaga kelganini gapirib yuboramiz. Keyin esa afsuslanib yuramiz.

 

 

10. Yangi tillarni o'rganish

Bu ko'nikma faqat karerada va boshqa mamlakat fuqarolari bilan muloqot qilishda yordam berish bilangina cheklanib qolmaydi. Yangi til bilan birga yangicha dunyoqarash, yangi xissiyotlar va yangicha fikrlash usuli  shakllanadi.

 

11. O'y-fikrlarni boshqarish

O'zingiz istagan ish bilan shug'ullanish va maqsadga erishish uchun fikrlaringizni kerakli tomonga yo'naltirish zarur. Murakkablik shundaki, o'tgan yillar tajribasi bizga va fikrlarimizga katta tasir ko'rsatadi. Biroq o'tmishingiz kelajagingiz ustidan xukm chiqarishiga yo'l qo'ymang.

 

13. Fisqi-fasoddan yiroq bo'lish

Xar qanday munosabatlarning asosi — ishonch. Birovning ortidan gapirish ishonchni so'ndiradi. Shunga qaramay, boshqalarni muxokama qilishdan voz kechish qiyin. Muxim suxbatlarni qo'yib yuborishga, bazi odamlardan uzoqlashishga va doimo "Gapingizni bo'lganim uchun uzr, biroq to'g'risi, menga buning qizig'i yo'q", deyishga to'g'ri keladi. Shunday bo'lsa-da, maqsadlaringizdan voz kechmang, shunda katta mukofot - ishonchni qo'lga kiritasiz.

13. Ayni damda yashash

Biz kamdan-kam xolatlardagina aynan xozirgi damda bo'lamiz. Bazan nima qilayotganimizni xam sezmaymiz va boshqa o'y-hayollar girdobida yuramiz.

Biz kelajak xaqida qayg'uramiz yoki o'tmish hayollari bilan yuramiz va bu bizga ayni damdan baxra olishga imkon bermaydi.

 

14. Omma oldida gapirish

Juda ko'pchilik omma oldida chiqish qilishga qiynaladi. Xatto mashxur ishbilarmon Uorren Baffet xam omma oldidagi chiqishlardan shunchalik qo'rqqanki, nutq so'zlashi oldidan ko'ngli ayniy boshlagan. Bunday qo'rquvlarni engib o'tish uchun u imkon qadar ko'proq tajriba qilishni tavsiya qiladi.

 

15. Atrofdagilar bilan samimiy bo'lish

Bazan odamlar bilan mutlaqo samimiy bo'lish noqulaydek, lekin bu biror nima deyish kerakligi uchungina yoqimli hushomad qilishni bildirmaydi. Facebook COO Sheril Sendberg radikal ochiqlikka rioya qilishni tavsiya qiladi. Bu qayg'urishning shunday turiki, unda biz xaqiqatni aytib, insonning jaxlini chiqarishdan qo'rqmaymiz.

16. O'zingizni aldamaslik

Noxaq ekaningizni tan olish juda qiyin. Biroq xamma hato qiladi. Eng yomoni, ularni tan olmay, kerakli hulosa chiqarmaslik.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 16.12.2017 / 22:50
O'qilgan: 257
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Bosh sahifaga
0 / 14

Rol.uz Universal Portal

Statok.netUzMasterS.Ru