Denis Istomin jahonning 2-raketkasiga qarshi kortga chiqadi
Avstraliya ochiq chempionatining 2-davra uchrashuvida Istomin rossiyalik Dmitriy Tursunov bilan bahs olib bordi. Bu haqda Uzbekistan Today agentligi xabar berdi. Chorshanba kuni Denis Istomin musobaqaning 30-raqamli raketkasi bo‘lmish Tursunovni 4 set natijasiga ko‘ra taslim etdi va 3-davraga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Foto: foxsportsasia.com
G‘olibni aniqlash uchun tennischilarga 2 soat-u 43 daqiqa zarur bo‘ldi — 6:7 (3:7), 6:4, 1:6, 4:6. Istomin keyingi bahsda musobaqaning 2-raketkasi Novak Jokovich bilan to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin Avstraliya ochiq chempionatining 1-davra uchrashuvini g‘alaba bilan yakunlagan edi. Tennischimizning Jokovich bilan bo‘lgan avvalgi baxsida Istomin mag‘lubiyatga uchragan edi.