Xitoy ilk marta giperovozli raketalarni sinovdan o‘tkazdi
Xitoy harbiylari birinchi marta giperovozli raketalarni sinovdan o‘tkazdi, deb xabar berdi Washington Free Beacon nashri.
Foto: govtech.com
Gazetanining ta’kidlashicha, raketa sinovi 9-yanvarda o‘tkazilgan, ammo AQSh esa bu haqda bugun xabar topgan.
Ballistik raketadan giperovozli qismi 100 kmga yaqin balandlikda ajraladi va ovozdan 10 baravar yuqori tezlikda uchadi. Nashrning ta’kidlashicha, bu kabi raketa Amerikaning Raketaga qarshi mudofaa tizimini yorib o‘tishga qodir.