Inom Majidov O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri etib tayinlandi
O‘zbekiston Prezidentining 20-iyundagi farmoni bilan Inom Majidov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri etib tasdiqlandi. Bu haqda Hukumat portali xabar bermoqda.
Inomjon Majidov.
Foto: Xalqaro press-klub
Inom Majidov bungacha oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Vazirlikning avvalgi rahbari Rustam Qosimov O‘zbekiston Prezidentining 20-iyundagi boshqa farmoni bilan Prezident davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari — Tashkiliy-kadr xizmati rahbari — Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori etib tayinlangan edi.