Tojikistonlik erkak bolalari ko‘z o‘ngida xotinining boshini kesib tashladi
Tojikistonning So‘g‘d viloyatida erkak ikki nafar voyaga yetmagan bolasi ko‘z o‘ngida o‘z rafiqasining boshini kesib tashlagani uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda “Asia-Plus”
Foto: Google Images
Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘g‘d sudi tomonidan Davashtich tumanida yashovchi 35 yoshli G‘ayrat Hidoyatovga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Sud uni Tojikiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “Shafqatsizlarcha qasddan odam o‘ldirish” bilan aybdor deb topib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2019-yil 19-mart kuni sodir bo‘lgan. Jinoyatchi o‘z uyida 35 yoshli xotini Manzura Ashurova bilan janjallashib qolgan va ko‘za bilan 3 marta boshiga urgan. Ayol hushini yo‘qotib yiqilganidan keyin ikki nafar voyaga yetmagan bolasi ko‘z o‘ngida uning boshini shafqatsizlarcha kesib tashlagan.