5 yilga futbolga oid faoliyatdan chetlatish, 90 mln so‘m jarima. O‘FA Superliganing 3 nafar hakamini jazoga tortdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi Superliga va Pro-Liga uchrashuvlarida korrupsion holatlarni aniqladi. Bu haqida tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
Jasur Muxtorov, FIFA hakami
Foto: PFL
Qayd etilishicha, bir qator futbol o‘yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgan bir qator futbol hakamlari aniqlangan.
O‘FA inspeksiyasi tomonidan mazkur holatga aloqadorlikda gumon qilingan 10 nafardan ortiq futbol hakamlari, professional futbol klublarining murabbiy va rasmiy shaxslari bo‘yicha ma’lumotlar, tegishli futbol uchrashuvlari qaydnomalari, inspektorlarning futbol uchrashuvlari bo‘yicha hisobotlari, hakamlarning futbol faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiyalari, tegishli futbol uchrashuvlaridagi shubhali epizodlar aks etilgan videomateriallar O‘FA Etika qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.
“Taqdim etilgan ma’lumotlar bo‘yicha 2020-yilning 17 va 25-noyabr kunlari O‘FA Etika qo‘mitasining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tgan va unda aybdorlarga nisbatan tegishli tartibda jazo choralari qo‘llanilgan.
Ularga ko‘ra:
Shu jumladan, qo‘mita qarorlari bilan mazkur holatlarga aloqador bir nechta yordamchi hakamlar, nazoratchilar, hamda futbol klublari mas’ullari tegishli jarimalarga tortildi.
Mazkur qaror O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi”, — deyiladi O‘FA bayonotida.
Avvalroq Superliganing 10 ga yaqin hakamlari korrupsiyada gumonlanib, tergov qilinayotgani haqida xabarlar yangragandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!