O‘zbekistonda qariyb 1,5 yilda “tonirovka” uchun 302 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirilgan
IIV DYHXX organlari tomonidan avtotransport vositalaridan ularning oynasining tusini o‘zgartirib (qoraytirib) foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar soni va u orqali undirilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot berildi, deb xabar qiladi O‘zA.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 635-son qarori (yengil shaxsiy avtomobillarni orqa yon oynalarini tusini o‘zgartirish (qoraytirish) BHMning 10 baravaridan — 2,23 million so‘mdan BHMning 5 baravariga, ya’ni 1,115 million so‘mga o‘zgartirilgan) kuchga kirgan.
Shu sabab, fuqarolar tomonidan avtomobillarni orqa yon oynalarini qoraytirishga talab ortib ketgan, ya’ni ilgari bir kunda o‘rtacha 120 ta ruxsatnoma berilgan bo‘lsa, qaror kuchga kirgach, bir kunda o‘rtacha 320 ta ruxsatnoma berila boshlangan.
IIV DYHXX organlari tomonidan avtotransport vositalaridan ularning oynasini qoraytirish uchun:
Avvalroq O‘zbekistonda yuk mashinalari va avtobuslarning oynalarini “tonirovka” qilishga ruxsat berilgandi.