Hi, Guest!
Home
Login

232 million so‘mlik «Tropikamid» va «REGAPEN» dori vositalarining noqonuniy aylanmasi to‘xtatib qolindi

Kecha, 6 oktabr kuni Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan «Chinor» yo‘l patrul postida «Tropikamid» va «REGAPEN» nomli dori vositalarini noqonuniy olib o‘tishga urinish bilan bog‘liq holat fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, yo‘l patrul xizmati maskaniga kirib kelgan, fuqaro M.A. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtotransporti to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Natijada avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan qiymati 112,2 million so‘mlik 6600 dona «Tropikamid 10 mg» va 120 million so‘mlik 8400 dona «REGAPEN 300 mg» nomli dori vositalari borligi ma'lum bo‘ldi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Olingan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati 232,2 million so‘mni tashkil qildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Home
0 / 13

WWW.ROL.UZ

Statok.netUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов