Hi, Guest!
Home
Login

Moskvada metro oldida chaqalog‘ini tashlab ketgan o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi 

Bu haqda “Izvestiye” nashri xabar berdi. 

Hibsga olingan 29 yoshli Maftunaxon Karimovaning aytishicha, u chaqaloqni bir o‘zi boqa olmasligi sababli tashlab ketishga qaror qilgan. Ayolning aytishicha, u Moskvaga ishlagani kelgan hamda ko‘p o‘tmay bir yigitni sevib qolib, undan homilador bo‘lgan.

Karimovaning ta'kidlashicha, unda o‘g‘il farzandini boqish uchun sut va mablag‘ bo‘lmagan. Shu sababli u tilanchilik qilgan va hattoki ikki kun fohishalik bilan shug‘ullangan. Ayolning aytishicha, u farzandini bolalar uyiga yoki tug‘ruqxonaga topshirmoqchi bo‘lgan, biroq u yerda bolani qabul qilishmagan. Natijada u farzandini kimdir payqab, olib ketishi maqsadida metro oldida tashlab ketgan.

Ko‘rinishidan 2-3 oylik bo‘lgan chaqaloq 12 fevralda metro xodimlari tomonidan topilgan. Karimovaning bolani tashlab ketayotgani videokuzatuv kameralari tomonidan qayd qilingan. Shundan keyin ayolni qidirish boshlangan.

Tergovchilar Karimovaga nisbatan “Xavfda qoldirish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishgan.

Home
0 / 17

WWW.ROL.UZ

Statok.netUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов