Hi, Guest!
Home
Login
Sport Natijalari (Live)
Site News

Author: (07.12.2015 / 16:31)

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriyada IShIDga qarshi kurash kampaniyasida ishtirok etayotgan Rossiya samolyotini urib tushirishga shaxsan buyruq bergan. Bu haqda WikiLeaks anonim manbaga tayanib Twitter’da e’lon qilgan axborotda ma’lum qilingan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: Reuters

WikiLeaks ta’kidlashicha, Erdo‘g‘on Su-24 urib tushirilishidan olti hafta avval shunday ko‘rsatma bergan. Manbaga ko‘ra, Turkiya rahbari hukumatni birlashtirish va qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lish uchun “mamlakatni Rossiya bilan urush yoqasiga keltirish”ga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya prezidenti urib tushirigan samolyot Rossiyaga tegishli ekanligini bu haqda Rossiya hukumati e’lon qilgandan keyingina bilganligini ma’lum qilgandi.

Author: (07.12.2015 / 16:19)

Noyabr oyida Toshkent ikkilamchi uy bozoridagi o‘rtacha taklif narxi kvadrat metr uchun 686 shartli birlikni tashkil etib, oktabr oyi bilan taqqoslaganda (708) uch foizga pasaydi. Bu haqda Credo Max Estimation baholash tashkilotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar beradi.

Foto: “Gazeta.uz”

Panel uylardagi kvartiralar o‘rtacha narxi 672 shartli birlikdan 650 shartli birlikkacha, g‘isht uylardagi o‘rtacha narx esa — 759 shartli birlikdan 736 shartli birlikkacha pasaydi.

Uch foizga pasayish ko‘p xonali uylardan (2 foiz) tashqari barcha uylarda: 1 xonali uylarda – 716 dan 693 sh.b., 2 xonali uylarda – 692 dan 668 sh.b., 3 xonali uylarda – 712 dan 689 sh.b., 4 xonali uylarda 740 dan 715 sh.b., ko‘p xonali uylarda 720 dan 709 shartli birlikkacha pasayganligi qayd etildi.

Author: (07.12.2015 / 14:54)

Toshkent shahrida 7-dekabr, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 12:52 da yerosti silkinishlari sezildi. O‘zbekiston raqamli seysmik tarmog‘i ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda Rixter shkalasi bo‘yicha 3 balli zilzila kuzatilgan.

Foto: EMSC

Yevropa-O’rta Yer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Tojikiston hududida bo‘lgan. Xabar berishlaricha, epitsentrda zilzila magnitudasi 7,2 ga teng bo‘lgan (bu so‘nggi bir yilda davomida jahon bo‘yicha kuzatilgan eng kuchli zilzilalardan biridir), o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Tojikiston hududida ro‘y bergan kuchli O‘zbekistonning boshqa shaharlarida, xususan, Farg‘ona vodiysi shaharlarida, Samarqandda ham sezilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar qoldirilgan.

Самарқандда 2 балл гдето

— ШШ (@Shuhratoka) December 7, 2015

ер қимирлади яна #earthquake #uzbekistan #andizhan

— Андижанец (@temuriy1) December 7, 2015

Andijonda ham yaxshigina yer qimirladi

— Iskandar Ikromov (@Iskandar_7733) December 7, 2015

Qatiq qimirladi. Quqondayam. Sentiri qatdekan

— Numonxon mufc (@Numonxon_mufc) December 7, 2015

Ер қимирлади.

— Фарходжон Узоков (@Farhod_JON) December 7, 2015

Zilzila oqibatida jabrlanganlar va ehtimoliy vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Bungacha o‘tgan bir oy davomida Qirg‘iziston va Afg‘oniston hududida yuz bergan zilzilalarning aksariyati O‘zbekiston hududida ham sezilgan edi. Jumladan, Toshkentda 17-noyabr kuni 22:29 da 2,5—3 balli, 20-noyabr kuni 9:46 da esa 2 balli, 21-noyabr kuni 5:16 da 2 balli, 22-noyabr kuni soat 23:16 da 1—2 balli, 25-noyabr kuni soat 21:45 da Andijonda 2 balli, 1-dekabr kuni soat 11:14 da 2,5 balli zilzilalar sezildi.

Avvalroq O‘zbekiston Seysmologiya instituti Toshkent shahrida 10 balli yer silkinishi sodir bo‘lishi haqidagi mish-mishlarni rad etib chiqqandi. Bundan tashqari, 2015-yil oxirigacha O‘zbekistonda zilzilalar haqida tezkorlik bilan ma’lumot beruvchi seysmostansiyalar tarmog‘i tashkil etilishi ma’lum qilingan.

Zilzila nima va uni oldindan bilish mumkinmi?

Author: (07.12.2015 / 14:45)

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Anqaradan Iroq hududidagi o‘z qo‘shinlarini 48 soat ichida olib chiqib ketishini talab qilib, aks holda, jiddiy choralar ko‘rilishini, shu jumladan, BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilinishini ma’lum qilib ogohlantirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Middle East Monitor

Xabar qilinishicha, Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li iroqlik hamkasbiga maktub yo‘llab, ular ko‘rsatayotgan serzardalik sababli Iroq hududiga harbiy kuchlarni yubormaslikka va’da berdi.

Turkiya harbiy bo‘linmasining Mosul shahriga kiritilishini Iroq o‘z hududiga qilingan harbiy tajovuz deb baholadi.

Turkiya rasmiylari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, bitta batalyonga yaqin Turkiya qo‘shinlari zirhli tank texnikasi ko‘magida IShIDga qarshi kurashayotgan iroqlik kurd jangchilarini tayyorlash maqsadida Iroqqa kirib kelgan.

Author: (07.12.2015 / 14:31)

Yaponiya politsiyasi okinavalik 56 yoshli Katsuro Xiraokani “Futemma” harbiy bazasidagi Amerika aviatsiyasiga lazer nurlari yordamida qasddan zarar yetkazishga urinishda gumon qilib, qo‘lga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.

Foto: “RIA Novosti”

“Kiodo” agentligining ma’lum qilishicha, Katsuro joriy yilning 1-iyul kuni o‘n daqiqa davomida bortida to‘rt nafar dengiz piyoda askari bo‘lgan vertolyotga yashil lazer nurini yo‘naltirgan. Bu bilan u o‘quv parvozining yakuniga yetmasdan to‘xtatilishiga sababchi bo‘lgan.

Amerika harbiylarining ma’lumotiga qaraganda, lazer nurlari yordamidagi bu kabi harakatlar joriy yilning iyul oyidan noyabr oyiga qadar besh marta amalga oshirilgan bo‘lib, havo texnikasining jiddiy halokatlariga sabab bo‘lishi mumkin edi.

Author: (07.12.2015 / 14:16)

Shifokorlar AQShning sobiq prezidenti, 91 yoshli Jimmi Karter miya saratonidan to‘liq xalos bo‘lganini ta’kidlamoqda. Buni Karterning o‘zi ham Jorjiya shtatidagi chiqishi chog‘ida tasdiqlagan. Bu haqda NBC telekompaniyasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “Mail.ru”

“O‘tgan hafta magnit-rezonans tomografiyasidan o‘tdim. Shifokorlar miyamda saraton o‘simtalari qolmaganini aytdi”, — deya ma’lum qilgan sobiq prezident.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Karterning jigari operatsiya qilingan, shundan so‘ng u jigar saratoniga chalinganini e’lon qilgandi. Keyinchalik shifokorlar uning miyasida ham to‘rtta o‘simtani aniqlagan. Karter nur terapiyasi oldi, eng zamonaviy dori-darmonlarni qabul qildi. Sobiq prezident Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi Emori universiteti kasalxonalaridan birida davolandi.

Author: (07.12.2015 / 14:04)

Frankfurtdan Belgradga parvoz qilayotgan Lufthansa bortidagi yo‘lovchi 6-dekabr, yakshanba kuni samolyot eshigini ochishga uringanligi uchun qo‘lga olindi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.

Foto: EPA

Yo‘lovchi o‘zining muvaffaqiyatsiz urinishlaridan so‘ng, uchuvchilar kabinasi eshigini buza boshlagan. Biroq u boshqa yo‘lovchilar, jumladan, gandbol bo‘yicha Serbiya terma jamoasi o‘yinchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Lufthansa matbuot kotibi Andreas Bartelsning ma’lum qilishicha, samolyot Belgradda muvaffaqiyatli qo‘ngan, to‘polonchi esa mahalliy hukumatga topshirilgan.

Blic gazetasining xabar qilishicha, qoidabuzar Amerika pasportiga ega iordaniyalik bo‘lgan. Serbiya prokurori jamoat xavfsizligiga tahdid qilish moddasi bo‘yicha aybdorni 48 soat davomida ushlab turish haqida farmoyish berdi.

Author: (07.12.2015 / 13:55)

AQSh Prezidenti Barak Obama xalqiga qilgan murojaatida mamlakatni IShID terrorchilik guruhiga qarshi harbiya operatsiyada ishtirok etish ehtimolini rad etdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Foto: USA Today

“Biz uzoq davom etadigan va qimmatga tushadigan yana bir harbiy operatsiyaga aralashib qolmasligimiz kerak”, ― deya ta’kidladi Obama.

Kaliforniya shtatining San-Bernardino shahrida sodir bo‘lgan fojiadan oldin CNN tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, AQShning piyoda qo‘shinlarini Suriya va Iroqqa yuborishni 53% amerikalik qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligi aniqlangan edi. Shu bilan bir vaqtda so‘roqda ishtirok etganlarning 68 foizi AQShning IShIDga qarshi kurashish uchun qabul qilgan choralari yetarli darajada qat’iy emasligini ta’kidlagan.

AQSh IShIDning Iroqdagi obyektlarini 2014-yil 8-avgustdan, Suriyadagi obyektlarini esa 23-sentabrdan boshlab bombardimon qila boshlagan. Iroqda AQSh harbiy-havo kuchlarini Avstraliya, Britaniya, Iordaniya, Niderlandiya va Fransiya, Suriyada esa Avstraliya, Bahrayn, Iordaniya, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Fransiya qo‘llab-quvvatlamoqda.

Author: (07.12.2015 / 13:44)

Armanistonda konstitutsiyaviy islohot yuzasidan ovoz berish bo‘lib o‘tgan saylov uchastkalari yopildi. Mamlakat markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, referendumda saylovchilarning salkam 40 foizi qatnashgan, deya xabar beradi Meduza.

Foto: “NTV”

Armanistonda prezidentlik boshqaruvidan parlament boshqaruvi shakliga o‘tish masalasi kun tartibiga qo‘yilgan referendumning dastlabki natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar hozircha berilmagan.

Konstitutsiyaviy islohot loyihasiga ko‘ra, agar fuqarolar uni qo‘llab-quvvatlasa, Armanistonda prezident vakolatlari keskin qisqartiriladi. Shuningdek, prezidentni parlamentda saylash, uning vakolatlari muddatini besh yildan yetti yilgacha uzaytirish va lavozimni egallashini bir muddat bilan cheklash ham taklif etilmoqda.

Author: (07.12.2015 / 13:38)

Amerikaning Kaliforniya shtati janubida Chexiyaning L-39 Albatros o‘quv-mashg‘ulot samolyotining halokatga uchrashi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar beradi.

Foto: “Nyus Onlayn”

Aviahalokat 6-dekabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 14:00 da Eppl Velli aeroporti yaqinidagi San-Bernardino okrugida yuz berdi.

AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasining ma’lum qilishicha, samolyot Vellidan uchgan zahotiyoq qulab tushgan va to‘liq yonib ketgan. Har ikkala uchuvchi halok bo‘lgan.

Hodisa natijasida yerda hech kim jabrlanmadi. Aviahalokat sabablari aniqlashtirilmoqda.

Author: (07.12.2015 / 13:32)

Buyuk Britaniyada toshqin tufayli mingdan ziyod kishi evakuatsiya qilindi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi”.

Foto: “Mail.ru”

Angliya shimoli va Shotlandiya janubida 200 dan ortiq uy suv ostida qolgan. Bunga shiddatli yomg‘irlar va Atlantikadan kelgan dovul sabab bo‘ldi.

Ayrim aholi punktlarida suv sathi odam beligacha ko‘tarilgan. Toshqindan eng ko‘p Karlayl shahri jabr ko‘rgan, u yerda evakuatsiyada harbiylar ishtirok etmoqda.

Author: (07.12.2015 / 13:27)

AQSh prezidenti Barak Obama kongressni IShID guruhiga qarshi kuch ishlatish uchun ovoz berishga chaqirdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

Foto: AP Photo

“Agar kongress ham men kabi IShIDga qarshi urushda ishtirok etayapmiz deb hisoblasa, ushbu terrorchilarga qarshi harbiy harakatlarning davom ettirilishiga ruxsat etish uchun ovoz berishi lozim”, — dedi Obama amerikaliklarga telemurojaatida.

Avval Suriya va Iroqdagi terrorchilarga qarshi aviahujumlar prezident qarori bilan amalga oshirilar edi.

U, shuningdek, kongressni ekstremizmda gumonlanuvchilar ro‘yxatiga kiruvchi kishilarga qurol sotib olishni taqiqlovchi qonun qabul qilishga chaqirdi. AQSh prezidenti o‘qotar qurollar sotuvini cheklashga ham chaqirdi. “Bu milliy xavfsizlik masalasidir”, — dedi Obama.

Author: (30.11.1999 / 00:00)

Author: (30.11.1999 / 00:00)

Author: (30.11.1999 / 00:00)

This page does not exist.

Please try one of the following:

Hit the "back" button on your browser.
Head on over to the front page.
Try searching using the form in the sidebar.
Click on a link in the sidebar.
Use the navigation menu at the top of the page.

Izlash

Daryo

Kun tarixi

14-aprel, 1912-yil
“Titanik” kemasi aysberg bilan to‘qnashib halokatga uchradi
Bilasizmi?

Bill Geyts har soniyada 250 AQSh dollari ishlab topadi
Yana
Iqtiboslar

Omadsizlik — bu yanayam donoroq bo‘lib barchasini boshqatan boshlashga yana bir imkoniyat— Genri Ford
Yana

“Daryo” tabriklari
Afisha
Biz bilan bog‘laning
Biz haqimizda
Foydalanish shartlari
Ishga marhamat!
Mobil muxbir
Reklama

© Simple Networking Solutions

Author: (30.11.1999 / 00:00)

Author: (30.11.1999 / 00:00)

This page does not exist.

Please try one of the following:

Hit the "back" button on your browser.
Head on over to the front page.
Try searching using the form in the sidebar.
Click on a link in the sidebar.
Use the navigation menu at the top of the page.

Izlash

Daryo

Kun tarixi

26-aprel, 1963-yil
Jet Li tavallud topdi
Bilasizmi?

Timsoh tilini tashqariga chiqara olmaydi
Yana
Iqtiboslar

Yuraging bir bo‘lak go‘shtga aylanib qolmasin— Paolo Koelo
Yana

“Daryo” tabriklari
Afisha
Biz bilan bog‘laning
Biz haqimizda
Foydalanish shartlari
Ishga marhamat!
Mobil muxbir
Reklama

© Simple Networking Solutions

Author: (30.11.1999 / 00:00)

This page does not exist.

Please try one of the following:

Hit the "back" button on your browser.
Head on over to the front page.
Try searching using the form in the sidebar.
Click on a link in the sidebar.
Use the navigation menu at the top of the page.

Izlash

Daryo

Bilasizmi?

Gitlerning onasi xomilador paytida bolasini olib tashlashga qat’iy qaror qilgan, lekin vrach uni bu yo‘ldan qaytargan
Yana
Iqtiboslar

Inson, albatta, yerning hukmdori, ammo, shuningdek u o‘z oshqozonining quli hamdir— Ivan Goncharov
Yana

“Daryo” tabriklari
Afisha
Biz bilan bog‘laning
Biz haqimizda
Foydalanish shartlari
Ishga marhamat!
Mobil muxbir
Reklama

© Simple Networking Solutions

Author: (30.11.1999 / 00:00)
Database Error

Error establishing a database connection

Author: (30.11.1999 / 00:00)

This page does not exist.

Please try one of the following:

Hit the "back" button on your browser.
Head on over to the front page.
Try searching using the form in the sidebar.
Click on a link in the sidebar.
Use the navigation menu at the top of the page.

Izlash

Daryo

Bilasizmi?

O‘rtacha futbol o‘yinchisi bir o‘yinda 11 km yuguradi
Yana
Iqtiboslar

Hayotdan o‘rganganlarimning barchasini uchta so‘zga jamlashim mumkin — u davom etadi— Robert Frost
Yana

“Daryo” tabriklari
Afisha
Biz bilan bog‘laning
Biz haqimizda
Euro 2016
Foydalanish shartlari
Ishga marhamat!
Mobil muxbir
Reklama

© Simple Networking Solutions

Total: 36669
<< 1 ... 1828 1829 1830 1831 1832 ... 1834 >>

Home
0 / 36

WWW.ROL.UZ

Statok.netUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов