Hi, Guest!
Home
Login
Site News

Author: (18.04.2017 / 22:32)

Qirg‘izistonda 28 yoshli Akram Azimov — Peterburg metrosidagi terakt tashkilotchisi gumoni ostida Rossiyada hibsga olingan Abror Azimovning tug‘ishgan akasi qo‘lga olindi. Meduza’ning yozishicha, bu haqda aka-ukalarning otasi Ahrol Azimov ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Akram Azimov Moskvaga yuborilgan.

Peterburg terakti tashkilotchisi deb gumon qilinayotgan Abror Azimov.
Foto: “Gazeta.ru”

Moskvada istiqomat qiluvchi katta Azimov Abrorning hibsga olingani haqida televideniye orqali bilgan. U Qirg‘izistonga, sobiq ayoliga qo‘ng‘iroq qilganida, u ikkinchi o‘g‘il ham qamoqqa olinganini bildirgan.

Qo‘lga olingan shaxslarning otasi uning farzandlari Peterburgdagi teraktga aloqador bo‘lishi mumkinligini rad etmoqda. “Akram va Abror hatto chumoliga ham ozor bermagan. Men tarbiya bermaganimga qaramay, ular ajoyib yigit bo‘lib voyaga yetgan”, — dedi Ahrol Azimov.

Abror va Akram Azimov Moskva viloyatining Odinsovo tumanida ishlagan. Otasining so‘zlariga ko‘ra, mart oyi oxirida Akram ishdan bo‘shab, Qirg‘izistonga qaytib ketgan, Abror ham qaytish taraddudida bo‘lgan.

“Abror ertalabdan kechgacha ishda bo‘ladigan og‘ir va bosiq bola. U hech qachon hech qanday masjidlarga bormagan”, — dedi Abror Azimovning otasi.

Peterburg terakti tashkilotchisi deb gumon qilinayotgan Abror Azimov 17-aprel kuni Moskva viloyatida qo‘lga olindi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchi-xudkush Akbarjon Jalilovni aynan u teraktga tayyorlagan.

18-aprel kuni sud Azimovni hibsga olish haqida qaror chiqardi. Advokatining so‘zlariga ko‘ra, Azimov o‘zini aybdor deb hisoblamoqda. Biroq gumonlanuvchining o‘zi sud zalida: “Portlashga aloqadorligim haqida — men bunday demaganman. Bunda mening ishtirokim bor, biroq bevosita emas”, — dedi.

Peterburg metrosidagi portlash 3-aprel kuni yuz bergan edi. Hodisa oqibatida, terrorchi-xudkushni hisobga olmasa, 14 kishi halok bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 22:20)

Yamanda Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlarining Sikorsky UH-60 Black Hawk vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: ABNA
Hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, ular orasida Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazining boshqa mamlakatlari fuqarolari bor.

Rasmiy Ar-Riyodning ma’lum qilishicha, aviahalokat BAAga tegishli raketaga qarshi tizimning xatolik sabab ishlab ketishi oqibatida yuz bergan.

Yaman sobiq prezidenti Ali Abdulla Solih tarafdori hisoblangan Saudiya Arabistoni boshliq koalitsiyaga qarshi kurash oli borayotgan kuchlar vertolyot halokati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Avvalroq Turkiyaning Tunjeli viloyatida Sikorsky vertolyotining halokati oqibatida 12 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 22:16)

Turkiya parlamenti mamlakatdagi favqulodda holat tartibini yana uch oyga uzaytirish haqidagi qaror qabul qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Avvalroq Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘mon Kurtulmush hukumat mamlakatdagi favqulodda holat tartibini yana uch oyga uzaytirish haqida parlamentga so‘rov yuborganini ma’lum qilgan edi.

Turkiyada favqulodda holat tartibi 2016-yil iyulida yuz bergan muvaffaqiyatsiz harbiy to‘ntarishdan so‘ng joriy etilgan edi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on harbiy to‘ntarishda qatnashganlarga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida favqulodda holat tartibi joriy etilishini e’lon qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 22:10)

Toshkent chorrahalarida videokuzatuv kameralari ishga tushganidan beri shahar jamoat transporti avtobuslari tomonidan sodir etilgan 190 ta qoidabuzarlik qayd etildi.

Foto: “Novosti Uzbekistana”

Bu haqda, Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga asoslanib, “Novosti Uzbekistana” nashri xabar bermoqda.

Avtobuslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan va kameralar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarlikning bari “qizil chiroq”da harakatlanish yoki “stop-chiziq”ni bosish bilan bog‘liq.

Avvalroq Toshkentning Yunusobod tumanida bir-biri poyga o‘ynab, bahslashgan ikki Mercedes avtobuslari o‘zaro to‘qnashib ketgani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 22:02)

Turkiya sharqidagi Tunjeli viloyatida Sikorsky rusumidagi politsiya vertolyotining qulashi oqibatida uning bortida bo‘lgan barcha 12 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Foto: Twitter

Qurbonlar orasida yetti nafar politsiyachi, bir sudya, bir harbiy va ekipajning uch nafar a’zosi bor. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 13:40 da havoga ko‘tarilgan vertolyot oradan 10 daqiqa o‘tib qulagan.

Aviahalokatning aniq sabablari hozircha noma’lum, biroq vertolyot noqulay ob-havo sharoiti tufayli qulagan bo‘lishi ehtimoli bor. Vertolyot yetib borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududga qulagani sabab, qutqaruvchilar hodisadan olti soat o‘tib fojia joyiga yetib kela olgan.

Qutqaruv operatsiyasida uch samolyot, ikki vertolyot, 43 qutqaruvchi va 7 alpinist qatnashgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 21:55)

18-aprel kuni O‘zbekiston hukumatining 2017-yil birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Kadr: YouTube

Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish davomida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Rustam Azimovning, moliya vaziri Botir Xo‘jayevning, iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning, Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayevning, shuningdek, Qashqadaryo va Namangan viloyatlari hokimlari Zafar Ro‘ziyev va Xayrullo Bozorovning hisobotlari eshitildi.

“Ular oldiga hududiy, moliya-byudjet va soliq rejalashtirilishini takomillashtirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini oshirish amaliy chora-tadbirlarini bajarish, tumanlar va shaharlarning subvensiya darajasini pasaytirish va ularni subvensiyadan chiqarish, naqd pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish hisobiga makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlashni ta’minlaydigan kechiktirib bo‘lmaydigan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar qo‘yildi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Ushbu vazifalarni amalga oshirishda viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlarining shaxsiy mas’uliyati alohida qayd etib o‘tildi. Ularning ishlari samaradorligi aniq mezonlari bo‘yicha baholanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 21:48)

Moskvaning Basmanniy tumani sudi sudyasi Artur Karpov Sankt-Peterburg metrosidagi terakt tashkilotchisi deb gumon qilinayotgan Abror Azimovni 3-iyunga qadar hibsga olish haqida qaror chiqardi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “Interfaks”

Sudda Azimov o‘zining hibsga olinishiga qarshi emasligini ma’lum qildi, biroq teraktga aloqadorligi haqidagi gumonlarni rad etdi. Gumonlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, unga “buyruq berishgan”, biroq u terakt rejalashtirilganidan bexabar bo‘lgan. Azimovning advokati esa, aksincha, gumonlanuvchi o‘ziga qo‘yilgan aybni to‘la tan olganini aytdi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Azimov qo‘lga olingani haqida 17-aprel oqshomida axborot bergan edi. “Kommersant” ma’lumotiga ko‘ra, uning terakt ijrochisi Akbarjon Jalilov bilan aloqasi telefon qo‘ng‘iroqlari yordamida aniqlangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Azimov teraktdan so‘ng telefon raqamini o‘zgartirib, yashirinib yurgan.

Peterburgdagi terakt ishi bo‘yicha Azimovdan tashqari yana sakkiz kishi qo‘lga olingan bo‘lib, tintuv qilish davomida ular istiqomat qilgan joydan portlovchi uskuna va qurol topildi. Ularning bari hibsga olingan.

Peterburg metrosidagi portlash 3-aprel kuni yuz bergan edi. Hodisa oqibatida 15 kishi, xususan, terrorchi deb gumon qilinayotgan shaxs ham halok bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 21:41)

Buyuk Britaniya parlamenti 3-mayga o‘tar kechasi — muddatidan avvalgi parlament saylovlari arafasida tarqatib yuboriladi.

Foto: PA

“Gazeta.ru”ning The Guardian’ga asoslanib xabar berishicha, bu haqda jamoa palatasi yetakchisi Devid Lidington ma’lum qilgan.

Qayd etishlaricha, parlament a’zolari yaqin vaqt ichida muddatidan avvalgi parlament saylovlarini o‘tkazish masalasini ovozga qo‘yadi.

Avvalroq Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit masalasida Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar olib borish vaqtida muxolifat partiyalar kuchlari tomonidan uning vakolatlari qisqartirilishi xavfi borligi sabab tashkil etilishini ma’lum qilgan edi.

Author: (18.04.2017 / 21:23)

G‘arbiy Mosuldagi operatsiya vaqtida Iroq harbiylari tomonidan Rossiya fuqarosi deb taxmin qilinayotgan IShID dala qo‘mondonlaridan biri o‘ldirildi. Bu haqda Mosul kampaniyasiga jalb etilgan federal politsiyaga rahbarlik qiluvchi general Raid Shokir Javdat ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, IShID qo‘mondonligining Abu Hajr ar-Rusiy taxallusli a’zosi G‘arbiy Mosulning As-Saura tumanida radikallar marralariga berilgan zarbalar natijasida halok bo‘lgan.

Hujumlar doirasida harbiylar IShIDning Mosuldagi “sog‘liqni saqlash departamenti” ustidan ham nazoratni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 21:22)

18-aprel kuni O‘zbekiston hukumatining 2017-yil birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Majlisda Davarxitektqurilish qo‘mitasi raisi Botir Zokirovga shaharsozlikdagi eskirgan normativlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishni va kapital qurilishdagi nomutanosibliklarni bartaraf etishni nazarda tutgan holda qo‘mitaning butun tizimini tubdan qayta tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar turkumi paketini ishlab chiqishni tugallashni tezlashtirish va tasdiqlash uchun kiritish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

“O‘zbekiston Prezidentining 12-aprelda Chilonzor tumaniga tashrifi davomida aniqlangan me’moriy qiyofani, yo‘l-transport tizimini va uy-joy-kommunal infratuzilmani yaxshilash, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari ishi samaradorligini oshirish bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Mavzuga doir: O‘zbekiston hukumatining 2017-yil birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 21:14)

Suriyaning Xoms viloyati shimolidagi El-Vaer shaharchasida qurollangan tuzilmalar chiqib ketishining beshinchi bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Hududni 2010 kishi, jumladan, 510 jangari tark etgan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Xabar qilinishicha, jangarilar va ularning oilalari chiqqan 55 ta avtobus Turkiya chegarasi yaqinidagi Jarablus shahriga yo‘l olgan

Avvalgi bosqichda El-Vaerdan “Jibhat an-Nusra” va boshqa ekstremistik guruhlar tarafdori bo‘lgan 2,5 ming jangari chiqarilgan edi.

Ular hukumat kuchlariga taslim bo‘lishni xohlamagan va Jarablus, shuningdek, Idlibga joylashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 21:10)

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Obama dam olish kunini milliarder Devid Geffenning yaxtasida Fransuz Polineziyasida o‘tkazdi. Bu haqda, The Daily Mail nashriga tayanib, Forbes xabar berdi.

Foto: Forbes

Barak va Mishel Obama 14-aprelda tezyurar katerda Geffenning yaxtasiga yetib kelgan.

Yaxtada ularga teleboshlovchi Opra Uinfri, musiqachi Bryus Springstin va aktyor Tom Henks hamrohlik qilgani aytilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 21:08)

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari Sankt-Peterburg metropolitenida teraktni uyushtirgan odamning shaxsiga aniqlik kiritish masalasida Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayimkan Qulukeyeva ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: “achtungpartisanen.ru”

“Hamkorlikka zarurat tug‘ilsa, Qirg‘iziston hamda Rossiya maxsus xizmatlari orqali aloqa amalga oshiriladi”, — dedi Qulukeyeva. Uning so‘zlariga ko‘ra, 3-aprel kuni Sankt-Peterburgda amalga oshirilga teraktni tashkillashtirishda gumonlanayotgan Abror Azimov “Rossiya fuqarosi hisoblanadi”.

Avvalroq, rus hamda qirg‘iz OAV Azimovni Qirg‘iziston fuqarosi deya xabar tarqatgan edi.

6-aprel kuni Rossiya tergov qo‘mitasi teraktni amalga oshirganlikda gumon qilib sakkiz kishini: Sayfulla Hakimov, Ibrohimjon Ermatov, Dilmurod Mo‘ydinov, Bahrom Ergashev, A’zamjon Mahmudov, Mahamadyusuf Mirzaalimov, Shohista Karimova va Sodiq Ortiqovlarni qo‘lga olgan edi.

17-aprel kuni gumonlanuvchilarning to‘qqizinchisi — Abror Azimov Moskva viloyatida qo‘lgan olingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 21:03)

Tojikistonda bolalarga qo‘yish mumkin bo‘lgan “Milliy ismlar ro‘yxati” to‘plami nashr qilindi. Bu haqda Tojikiston Madaniyat vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: “Yediniy Tajikistan”

“To‘plamda 3000 dan ortiq tojik milliy ismlari mavjud. Shuningdek, unda ismlarning rus va ingliz tilida qanday yozilishi ham ko‘rsatilgan. Tojik milliy ismlar ro‘yxati madaniy va tarixiy qadriyatlarni qayta tiklash maqsadida nashr qilindi”, — deya ta’kidladi vazirlik vakili.

Ism, familiya, otasining ismini yozishni tartibga soluvchi qonunga o‘zgartishlar 2016-yilning mart oyida kiritilgan edi.

O‘zgartishlarga ko‘ra, tojik milliy familiyasini qo‘yishda bolaning otasi yoki uning boshqa ajdodlari ismiga –i, -zod, -zoda, -on, -yon, -yen, -yor, -niyo, -far kabi qo‘shimlar qo‘shiladi.

“Bolaga tojik milliy madaniyatiga begona bo‘lgan ismlarni, mahsulot, buyumlar, hayvon va qushlar, shuningdek, so‘z birikmasi, odamning g‘urur va sharafini kamsituvchi, odamlarni tabaqalarga ajratuvchi ismlar qo‘yish taqiqlanadi. Ismlarga ‘mullo’, ‘xalifa’, ‘to‘ra’, ‘xo‘ja’, ‘shayx’, ‘vali’, ‘oxun’, ‘amir’, ‘so‘fi’ kabi taxalluslarni qo‘shish ham mumkin emas”, — deyiladi qonunda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 20:59)

Turkiya muxolifati mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum natijalarini bekor qilish haqida Oliy saylov komissiyasiga so‘rov jo‘natdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Ta’kidlanishicha, norozilikka ovozlarni sanash vaqtida tegishli muhr qo‘yilmagan byulletenlarning ham hisobga olingani sabab bo‘lgan.

Avvalroq YXHT missiyasi Turkiyadagi referendumni tanqid ostiga olgani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 20:49)

18-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi sobiq rahbari Ulug‘bek Nazarov.
Foto: “Gazeta.uz”

1. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Ulug‘bek Nazarov ishdan bo‘shatildi. Migratsiya agentligi o‘tkazgan Janubiy Koreyada ishlash istagidagi fuqarolarni ro‘yxatga olish natijalari bekor qilindi.

2. O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi boshqa nom va vazifalar bilan qayta tashkil etildi. Yangi qo‘mitaning to‘liq nomi — O‘zbekiston Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

3. Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Tuman hokimi mart oyi oxirida lavozimidan ozod etilgan edi.

4. Raqobat qo‘mitasi raisi Davron Hidoyatov Chilonzor tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi O‘zbekiston Prezidentining 12-apreldagi tashrifidan so‘ng ishdan ketgan.

5. Yunusobodda “poyga o‘ynagan” Mercedes avtobuslari bir-biri bilan to‘qnashdi. To‘qnashuv 60- va 72-yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslar o‘rtasida yuz bergani aytilmoqda.

Bonusiga — Intizomsiz rahbarlarga yangicha jazo (yoki ishonchni oqlash uchun yana bir imkoniyat)

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 20:36)

Mavzuga doir:Referendumda g‘alaba qozongan Erdo‘g‘on birinchi galda Turkiyada o‘lim jazosini tiklashni muhokama qilishini bildirdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 20:35)

Yaponiyada ayollarning tank, razvedka va piyoda bo‘linmalariga olinishiga cheklov bekor qilindi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Tomomi Inada ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Tomomi Inada.
Foto: Trend

“Biz bugungi kun talabiga javob beradigan jozibador mudofaa kuchlarini shakllantirishga harakat qilmoqdamiz. Deyarli barcha cheklovlarni bekor qilamiz va ayollar harbiy xizmatga jalb etilishiga ko‘maklashamiz”, — deya ta’kidladi Tomomi Inada.

Oldinroq Yaponiyada ayollarni harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlariga ayollarni qabul qilishga ruxsat berilgan edi. Ular rahbarlik lavozimlari, jumladan, jangovar kemalar kapitanligiga tayinlanishga ulgurdi.

Hozirda mamlakat qurolli kuchlarida ayollarning radioaktiv materiallarga aloqador maxsus qo‘shinlar, shuningdek, suv osti kemalarida xizmat qilishiga qo‘yilgan cheklovlar qolmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 20:29)

18-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh elchisi Pamela Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston—AQSh munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

“Muloqot chog‘ida 2017-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan turli darajalardagi ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi”, — deyiladi TIV axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 20:26)

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga mazkur mamlakatning bir qator hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va bedarak yo‘qolgani munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi.

“Davlatimiz rahbari Eron Prezidenti va xalqiga, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik tuyg‘ularini izhor etdi”, — deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Total: 36669
<< 1 2 3 4 5 ... 1834 >>

Home
0 / 19

WWW.ROL.UZ

Statok.netUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов