Hi, Guest!
Home
Login
Site News

Author: (18.04.2017 / 20:23)

18-aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning birinchi choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

“Xususiy mulkni ishonchli himoya qilishni yanada ta’minlash va davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi tadbirkorlik faoliyati faollashishining sezilarli darajada o‘sishiga va joriy yilning birinchi choragida kichik biznesning 13,6 mingdan ortiq yoki 2016 yilning xuddi shu davridagiga qaraganda 64 foiz ko‘p yangi sub’ektlari tashkil etilishiga ko‘maklashdi. Kichik biznes sub’ektlariga 4,6 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratildi, bu 2016 yilning birinchi choragidagiga qaraganda 1,3 baravar ko‘pdir”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Faol investitsiya siyosati amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyotiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 9,7 foizga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 10,5 foizga o‘sdi.

Yil boshidan buyon 9 ta yirik korxona, shuningdek, 4 mingdan ortiq ishlab chiqarish ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Yangidan tashkil etilgan “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Tarmoqlar va mintaqalarning eksport salohiyatini safarbar etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar eksportga mahsulot yetkazib berishning o‘sishini va tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosini ta’minladi. Yil boshidan buyon ilgari o‘z mahsulotini eksport qilmagan 258 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, tovarlarning 117 ta yangi turini eksport qilish, shuningdek, 28 ta yangi tashqi sotish bozori o‘zlashtirildi.

Majlisda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosarlari A.Ramatov, G‘.Ibrohimov, R.Azimov, U.Ro‘ziqulov, T.Norboyevaning, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va viloyatlar hokimlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 14 yanvarda Vazirlar Mahkamasi majlisida hamda joriy yilning yanvar-aprelida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlariga tashriflari davomida berilgan topshiriqlarni amalga oshirish bo‘yicha hisobotlari eshitildi.

O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatovning, Davarxitektqurilish qo‘mitasi raisi B.Zokirovning, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati raisi F.I.Salomovning, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati raisi B.K.Zaripovning, Toshkent viloyati hokimi Sh.X.Boboyevning e’tibori hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tasdiqlangan o‘rtacha muddatli dasturlarini, shu jumladan, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani, qishloq joylarda va shaharlarda arzon uylar qurishni jadallashtirishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishning zarurligiga qaratildi.

Eng avvalo, xorijiy investitsiyalar jalb etilgan investitsiya loyihalarining loyiha hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqishni ta’minlash, shuningdek, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida yirik strategik investitsiya loyihalari bo‘yicha ishlab chiqarish ob’ektlarini belgilangan muddatlarda so‘zsiz ishga tushirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.Ibrohimovning, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi raisi A.S.Sultanovning, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E.R.Shoismatovning va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati raisi A.A.Abdullayevning hisobotlari eshitildi. Muhokamalar davomida mamlakat Prezidentining Turkmaniston, Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasiga yaqindagi davlat tashriflari davomida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha imzolangan bitimlar va kontraktlarni o‘z vaqtida bajarishni ta’minlashga doir qo‘shimcha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.K.Sharapovning e’tibori turizm sohasini rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini izchil amalga oshirish, turizm industriyasi sub’ektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, turizmni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan barcha to‘siqlar va g‘ovlarni olib tashlash, turizm xizmatlari bozorida raqobatni tashkil etishga yo‘naltirilgan dasturiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni tezlashtirish zarurligiga qaratildi.

Majlisda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini yanada kengaytirish va safarbar qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalda ro‘yobga chiqarishni ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.Ro‘ziqulovning, tashqi savdo vaziri E.M.G‘aniyevning, Jizzax va Buxoro viloyatlari hokimlari U.Y.Uzoqov va O‘.I.Barnoyevning, shuningdek, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ishi natijadorligi batafsil tahlil qilindi.

Mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirishni ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi raisi O.B.Rustamovga, “O‘zagrotexsanoatxolding” kompaniyasi raisi N.S.Otajonovga, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Oltinko‘l (Karimov), Buloqboshi (Maxsudov), Qo‘rg‘ontepa (Ergashev), Xo‘jaobod (Ismailov), Buxoro (Esonov), Vobkent (Javodov), Baxmal (Safarov), Sariosiyo (Jo‘rayev), Sirdaryo (Nazarov) va Quva (Rahmonov) tumanlari hokimlariga shaxsiy baho berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.Ro‘ziqulovga, tashqi savdo vaziri E.M.G‘aniyevga, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi raisi O.B.Rustamovga, “O‘zagroeksport” kompaniyasi raisi J.A.Xolmuxamedovga, barcha darajalardagi hokimliklarga logistikaning zamonaviy tizimini rivojlantirishni jadallashtirish, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini, shu jumladan, Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi o‘tkazilishi davomida tuzilgan shartnomalar doirasida eksportga yetkazib berishning kafolatlangan hajmlarini ta’minlash yuzasidan tizimli chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva, “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi Sh.S.Javlonov hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oldiga oilalarda, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida ularni har xil halokatli tahdidlardan, yot diniy va ekstremistik ta’sirlardan himoya qilish, shuningdek, xotin-qizlarning, shu jumladan, tadbirkorlik sohasida oqilona mashg‘ul bo‘lishini ta’minlash maqsadida ma’naviy-axloqiy va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar qo‘yildi.

Majlisda 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini hamda tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning tasdiqlangan maqsadli parametrlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha mamlakat Prezidentining joriy yil 11 apreldagi qarori talablari amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Respublika Hukumatining majlisiga kiritilgan masalalarni muhokama qilish yakunlari bo‘yicha 2017 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan mavjud zaxiralarni safarbar etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan tegishli qarorlar qabul qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 20:23)

“Terabayt.uz” Toshkentning “Malika” savdo markazida sotilayotgan Xiaomi Redmi smartfonlari narxlari bilan tanishtirdi. Narxlar 2017-yil 17-aprel holatiga ko‘ra keltirilgan.

Foto: “Terabayt.uz”

Redmi:

Redmi 4 (16 Gb) — 1 270 000 so‘m
Redmi 4X (16 Gb) — 1 270 000 so‘m
Redmi 4A (16 Gb) — 1 080 000 so‘m
Redmi 4 (32 Gb) — 1 580 000 so‘m
Redmi Pro (64 Gb) — 1 890 000 so‘m

Redmi Note:

Redmi Note 4 (16 Gb) — 1 425 000 so‘m
Redmi Note 4 (32 Gb) — 1 580 000 so‘m
Redmi Note 4 (64 Gb) — 1 810 000 so‘m
Redmi Note 4X (32 Gb) — 1 655 000 so‘m

Ro‘yxatda keltirilgan qurilmalarni ko‘rsatilgan narxlarda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 20:09)

O‘zbekiston Prezidentining 18-apreldagi farmoni bilan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Farmon “xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini sifat jihatdan o‘zgartirishni ta’minlash, tadbirkorlik subyektlarini xususiylashtirilgandan keyin amaliy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida” qabul qilingan.

Xususiylashtirilgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash va samaradorligini oshirishni har tomonlama keng qo‘llab-quvvatlash, shu asosda aholi daromadlarining barqaror o‘sishini ta’minlaydigan yangi ish o‘rinlarini yaratish, ushbu maqsadlarda vakolatli davlat organlari, moliya hamda boshqa bozor tuzilmalarining Savdo-sanoat palatasi hamda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan mustahkam xamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish qayta tashkil etilgan davlat qo‘mitasining “g‘oyat muhim vazifasi” deb belgilangan.

Farmonga muvofiq, 2018-yilning 1-yanvariga qadar muttasil yangilanib turuvchi:

soliq, statistika va kadastr organlarining ma’lumotlar bazasi bilan o‘zaro elektron aloqani ta’minlaydigan tarmoqlar, hududlar va turli xususiylashtirish shakllari kesimida davlat mulkining xususiylashtirilgan obyektlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini;
bo‘sh yotgan va samarasiz foydalanilayotgan xususiylashtirilgan obyektlar, ishlab chiqarish maydonlari va qurilishi tugallanmagan obyektlardan xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun foydalanish maqsadida ularning hududiy reyestrlarini;
xususiy biznesni tashkil etish uchun tadbirkorlarga taklif etilayotgan bo‘sh yotgan davlat mulki obyektlarining hududiy reyestrlarini yaratishi lozim.

1-iyundan boshlab har bir tumanda xususiylashtirilgan obyektlar negizida loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun kasb-hunar kollejlarining binolarida o‘quv mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtda o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Yangi ish boshlayotgan tadbirkorlarga biznes-rejalar tayyorlashda, zarur axborotni olishda va tadbirkorlik faoliyatini yuritish bilan bog‘liq amaliy masalalarni hal etishda ularga ekspert, huquqiy va maslahat yordami ko‘rsatish uchun biznes-inkubatorlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Davlat qo‘mitasi ikki hafta muddatda 2017—2018-yillarda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish chora-tadbirlari dasturini tayyorlashi lozim.

Qo‘mita huzuridagi Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar jamg‘armasi negizida Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 19:57)

AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis mamlakat yadro salohiyatini bugungi tahdidlarga muvofiqligini baholash jarayonini boshlashga ko‘rsatma berdi. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Dana Uayt ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Jeyms Mettis.
Foto: AP

“Vazir Mettis hujjatni tayyorlashga kirishishni buyurdi. Bu bilan vazirning birinchi o‘rinbosari Robert Uork va shtab boshliqlari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Pol Selva shug‘ullanadi”, — deya ta’kidladi Dana Uayt.

Mudofaa vazirligi vakiliga ko‘ra, hisobotni tayyorlashda mamlakatning idoralararo tizimlari ham ishtirok etadi. Yakuniy hujjat yil oxirida prezident Donald Trampga taqdim etiladi.

Oxirgi bor bunday hisobot 2010-yilda Barak Obama uchun tayyorlangan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 19:42)

Ko‘pchilik oziq-ovqatlar issiqlik yordamida ishlov berilganlariga qaraganda xomligida foydali hisoblanadi. Qizdirish va qaynatish jarayonida mahsulotlarning ozuqaviy qiymati kamayadi, tarkibidagi vitaminlar va qator mikroelementlar yo‘qoladi. Quyidagi oziq-ovqatlarni yaxshisi xom holida iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Foto: Depositphotos

Asal

Asal tarkibida aminokislotalar, temir, kalsiy, magniy, rux, B1, B2, B6 vitaminlari, foli kislotalari mavjud. Ishlov berilmagan xom asal immun tizimini mustahkamlaydi va hazm qilishni yaxshilaydi.

Bug‘doy o‘simliklari

Bu noyob tozalovchi va yoshartiruvchi vositaning tarkibi aminokislotalar, vitaminlar, minerallar, enzimlar va antioksidantlardan tashkil topgan. Bundan tashqari bu o‘simlik tarkibida saratonga qarshi kurashish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar mavjud.

Zaytun va zaytun yog‘i

Bu mahsulotlar inson organizmi uchun foydali bo‘lgan to‘yinmagan yog‘lardan, shuningdek organizm to‘liq hazm qila oladigan vitamin va minerallar manbai hisoblanadi. Ularni xom holda iste’mol qilish orqali siz qon bosimini normallashtirishingiz, immunitetni mustahkamlashingiz va hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilashingiz mumkin.

Tabiiy pishloqlar

Yangi sutdan tayyorlangan pishloqlar tabiiy yog‘lar, oqsillar va mikroelementlarga juda boy. Ularni muntazam ravishda iste’mol qilish organizmni har xil kasalliklar paydo bo‘lishidan himoya qiladi.

Rezavor mevalar

Yangi yoki muzlatilgan rezavor mevalar antioksidantlarga juda boy, bundan tashqari ular tarkibida oson hazm bo‘ladigan ko‘plab foydali moddalar mavjud.

Baliq

Baliq birinchi navbatda, yog‘ erituvchi vitaminlar manbai sifatida qadrlanadi. Lekin issiqlik yordamida ishlov berilganda ozuqaviy qiymati ancha kamayadi. Mahsulotdagi foydali xususiyatlarni xom holda iste’mol qilish orqali saqlab qolish mumkin.

Manba: “Gastronom.ru”

Author: (18.04.2017 / 19:35)

O‘zbekiston hukumatining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Foto: UzReport

Mazkur hujjat bilan:

“Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalariga kiruvchi hududlar;
Erkin iqtisodiy zonalar haqidagi nizom;
Erkin iqtisodiy zonalar hududlarida soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Erkin iqtisodiy zonalar hududlarida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish va qatnashchilarni ro‘yxatga olish tartibi haqidagi nizom;
“Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari direksiyalarining nizomlari

tasdiqlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 19:28)

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etiladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi qarorni 18-aprel kuni imzoladi.

Foto: “Gazeta.uz”

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Hamid Olimjon haykali, G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘rnatilgan G‘afur G‘ulom haykali va O‘zbekiston davlat san’at muzeyi yonidagi xiyobonda o‘rnatilgan Zulfiya haykali Adiblar xiyoboniga ko‘chiriladi.

Bundan tashqari, atoqli olim va jamoat arbobi Ozod Sharafiddinov, O‘zbekiston xalq shoirlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmualarini barpo etish bo‘yicha ijodiy tanlov e’lon qilinadi.

1991-yili Milliy bog‘ hududida shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning haykali barpo etilgan. Ushbu hududda O‘zbekiston xalq yozuvchilari Abdulla Qahhor (2007-yilda), Oybek (2010), Said Ahmad va shoira Saida Zunnunova (2013) xotiralariga bag‘ishlab yodgorlik majmualari o‘rnatilgan.

Bog‘da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi uchun zamonaviy yangi bino quriladi. Shu hududda joylashgan O‘zbekiston madaniyati va san’ati ko‘rgazmasi binosi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tasarrufiga o‘tkaziladi va bu yerda doimiy ravishda kitoblar ko‘rgazmalari va taqdimotlari, turli adabiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Qaror Milliy bog‘ni “xalqimiz, avvalambor, yoshlarimizning madaniy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladigan go‘zal va betakror maskanga aylantirish”ga yo‘naltirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 19:16)

Yunusobod tumanida, MegaPlanet savdo majmuasi yaqinida bir-biri bilan “poyga o‘ynab, bahslashgan” avtobuslar oxir-oqibat yo‘l-transport hodisasini sodir etdi.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilarining ma’lum qilishicha, hodisa 18-aprel, seshanba kuni ertalab yuz bergan. Guruhda to‘qnashuv oqibatlari aks etgan suratlar e’lon qilingan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Xabarga ilova qilingan suratlarda avtobuslarning oynalari sinib ketgan va oyna siniqlari yo‘lovchilarning o‘rindiqlari ustiga tushganini ko‘rish mumkin. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Qayd etishlaricha, to‘qnashuv 60- va 72-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan avtobuslar ishtirokida yuz bergan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 19:08)

Maqomi vazirlik bilan teng ikki davlat qo‘mitasining raislari Toshkent shahridagi tumanlarga hokim etib tayinlandi. Qayd etishlaricha, ularning har ikkisi 11-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda qattiq tanqid qilingan va shundan so‘ng qo‘mitalar rahbarligidan bo‘shatilgan. Hokimlik lavozimiga tayinlanuvni “ishonchni oqlash uchun berilgan yana bir imkoniyat” sifatida baholash mumkin.

Mavzuga doir

— Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi

— Raqobat qo‘mitasi raisi Davron Hidoyatov Chilonzor tumaniga hokim etib tayinlandi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 18:55)

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati, Baliqchi shahridagi 3-maktabda 10 kishi noma’lum gazdan zaharlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

“Hodisa joyiga militsiya, shiforkorlar va qutqaruvchilar yetib keldi. 5 nafar o‘quvchi shahar kasalxonasining reanimatsiya bo‘limi, yana 5 kishi travmatologiya bo‘limiga yotqizildi. Yana bir necha o‘quvchi va o‘qituvchiga joyida birinchi yordam ko‘rsatildi”, — deyiladi Qirg‘iziston FVV xabarida.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zaharlanishga “noma’lum gaz” sabab bo‘lgan. Aynan qaysi gaz va u o‘quv yurtida qanday paydo bo‘lib qolganiga aniqlik kiritilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 18:44)

Joriy yilning mart oyida Farg‘ona viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro Asqarovning xonadonida umumiy og‘irligi 8200 kilogramm bo‘lgan jami 320 ta qopga joylangan paxta chigiti urug‘ligi noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIV axborot xizmati xabar berdi.

Surishtiruv davomida mazkur shaxsning xonadonidagi paxta chigiti tanishiga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan qo‘shimcha surishtiruvlar davomida fuqaroning xonadonidan paxta chigitini qayta ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qo‘lbola o‘simlik yog‘i va chorva ozuqasi tayyorlovchi uskunalar, yuk varaqasi blanki, 200 va 20 litr sig‘imdagi idishlar borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olindi.

Holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 18:34)

Turkiyaning Turjeli viloyatida bortida 12 kishi bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilarning ikki nafari sudya, qolganlari politsiya xodimlari bo‘lgan. Shuningdek, bortda uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan

Vertolyot bilan aloqa mahalliy vaqt bilan 13:30 da yo‘qolgan. Hodisa tafsilotlari aniqlashtirilmoqda, halok bo‘lganlar haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Haberturk telekanalining xabar berishicha, vertolyot bortida 12 kishi bo‘lgan. NTV telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli vertolyotda 11 kishi bo‘lgan, ularning orasida yetti nafar politsiyachi va ikki nafar sudya bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 18:14)

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 8-iyun kuni muddatidan avvalgi parlament saylovi bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Bosh vazir buni “Mamlakatga Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun barqaror parlament hamda kuchli hukumat kerak”, — deya izohladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Hukumatning ushbu qarorini Tereza Mey fuqarolarga Londondagi Dauning-strit qarorgohi yaqinidagi tezkor murojaat vaqtida e’lon qildi.

Bosh vazirning ma’lum qilishicha, 19-aprel kuni parlamentga muddatidan avvalgi saylov o‘tkazish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etiladi, ushbu loyiha qabul qilinishi uchun ovozlarning uchdan ikki qismi kerak bo‘ladi.

Bundan avvalgi parlament saylovi 2015-yilda bo‘lib o‘tgan, navbatdagisi 2020-yilga mo‘ljallangan edi, deb yozadi Reuters.

Mey saylov o‘tkazish zaruratini mamlakat parlamentida Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi masalasi bo‘yicha birlik yo‘qligi bilan izohladi.

Ittifoqdan chiqish masalasida o‘tkazilgan 2016-yilgi referendum vaqtida mamlakat fuqarolari Brexit uchun ovoz bergan edi.

“Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etadi, boshqa yo‘l yo‘q… Biz o‘z valyutamiz, qonunlarimiz, chegaralarimiz nazoratini qaytaramiz va eski do‘st va hamkorlarimiz bilan erkin ravishda bitimlar tuzamiz”, — dedi bosh vazir.

Meyning so‘zlariga ko‘ra, muxolifatning Leyboristik partiyasi Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqishidagi yakuniy kelishuvlarni to‘sib qo‘yishni va’da bergan. Liberal-demokratlar partiyasi quyi palataning ishini falajlamoqda, Shotlandiya milliy partiyasi esa hukumat qilayotgan ishga butunlay qarshilik ko‘rsatmoqda.

Hozirda parlamentdagi 650 o‘rindan 330 tasi Konservativ partiyasiga tegishli. Leyboristlarda 232 ta o‘rin, Shotlandiya parlamentida esa 54 o‘rin, liberal-demokratlarda to‘qqiz o‘rin bor.

Liberal-demokratik partiya yetakchisi Tim Farron o‘zining partiyasi muddatdan avvalgi saylov o‘tkazish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 18:03)

Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Ichki ishlar bo‘limi hamda boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida Buvayda tumani Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro Nizomov maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan (xususiy tartibda) saboq berib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Surishtiruv davomida mazkur shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda tashkil etilgan “hujra”da Toshkent shahri, Toshkent, Jizzax, Andijon viloyatlarida hamda Farg‘ona viloyatining Oltiariq, Bog‘dod, Buvayda, Uchko‘prik va Furqat tumanlarida yashovchi, turli yoshdagi jami 21 nafar o‘smir va voyaga yetmaganlar diniy ta’lim olayotganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxs xonadonidan topilgan 50 dona turli arab yozuvidagi diniy kitob, 14 dona daftar, 11 dona radiopriyomnik, 6 dona lavh, 4 dona sim-kartalar, 2 dona disk, 1 dona xotira qurilmasi (fleshka), 1 dona chip kelgusida tadqiqot o‘tkazish uchun daliliy ashyo tariqasida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari davom etmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 17:50)

2017-yil 8-aprel kuni Amerikaning Ogayo shtati Kolumbus shahrida yashovchi Jeyk Bauers xotini hamda ikki nafar farzandi bilan bog‘ tomon yo‘l oldi, biroq yo‘l chetida g‘alati sumkaga ko‘zi tushdi. WBNS-TV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, u topilmada noutbuk bor deya taxmin qilgan va xotinidan to‘xtashini so‘ragan. Ammo sumka yuz dollarlik banknotalar bilan to‘la bo‘lgan, deb xabar qildi TJournal.

Foto: TJournal

Bauersning so‘zlariga ko‘ra, u bir nechta dastadan iborat 14 ming dollar hamda hujjatlar bor hamyonni topib olgan. Jeyk topilma — bu “bolalarga yaxshi namuna bo‘lishning ajoyib imkoniyati” deya hisoblagan, shuning uchun sumkani ko‘tarib darhol politsiya idorasiga yo‘l olgan.

Ushbu pullar bizga mashina uchun olgan kreditimizni yopishda yoki dam olgani biror joyga borishimizda foydasi tegishi mumkin edi, ammo bu pullar kimgadir oziq-ovqat uchun yoki birinchi darajali ehtiyojini qondirish uchun kerak bo‘lishi mumkin.

Jeyk Bauers

Politsiya sumkadagi hujjatlar orqali sumkaning qonuniy egasini topishga muvaffaq bo‘ldi. U o‘sha kuni avtomobil xarid qilgani yo‘l olgan, biroq hech nima sotib olmagan. O‘zining politsiyaga tushuntirishicha, pullarni mashina tomida qoldirib ketgan va yo‘lda sumka tushib qolgan bo‘lishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 17:40)

Gruziya bosh vazirining Rossiya bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha maxsus vakili Zurab Abashidze Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Suxumiga tashrifini “Gruziya suverenitetini buzish” deb atadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

O‘z navbatida Gruziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari David Jalaganiya ham Lavrovning tashrifini xalqaro prinsiplar va qonunlarni tan olmaslik, deb atadi.

“Bu Gruziya suverenitetiga tahdid qilishga navbatdagi urinish”, — dedi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.

Ma’lumot uchun, Suxumi shahri qisman tan olingan Abxaziya Respublikasi poytaxti hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 17:36)

Kecha, 17-aprel kuni “Chelsi” jamoasining uzoq yillik sardori Jon Terri joriy mavsum yakunida London klubini tark etishini ma’lum qildi.

Foto: Getty

36 yoshli futbolchi “Chelsi”ga kelganida atigi 14 yoshda edi. Uzoq yillar davomida Angliya termasini ham baravar himoya qilib kelgan Terri 22 yil o‘tib “Chelsi”dan ketishga qaror qildi, deb yozadi BBC Sport.

1998-yili “Chelsi” klubidagi debyutini o‘tkazgan tajribali himoyachi “ko‘klar” libosida jami 713 o‘yinda maydonga tushdi. Shulardan 578 tasida u maydonga sardorlik bog‘ichini taqib tushgan.

“Chelsi”da hamon o‘z kuchimni ko‘rsatishga tayyorman, ammo imkoniyatlar chegaralanganini his qilyapman. Men umrbod “ko‘k” (klubning ramziy rangi – “Daryo” izohi) bo‘lib qolaman va joriy mavsumni chempion sifatida yakunlashni istayman.

Jon Terri, futbolchi

Jon Terri “Chelsi” bilan to‘rt karra Angliya chempioni (2004/05, 2005/06, 2009/10, 2014/15), besh karra Angliya Kubogi (1999/2000, 2006/07, 2008/09, 2009/10, 2011/12), uch karra Angliya Liga Kubogi (2004/05, 2006/07, 2014/15), ikki karra Angliya Superkubogi (2005, 2009), bir martadan YChL (2011/12) va Yevropa Ligasi (2012/13) sohibi bo‘lgan.

“Championat.asia” nashri Jon Terrining klubdan ketishi munosabati bilan uning “Chelsi”dagi faoliyatiga nazar tashladi.

1998-yil. 17 yoshli Jon “Chelsi” o‘rinbosarlari safida.

Foto: “Championat.asia”

2000-yilda esa asosiy tarkibdan o‘rin egallay boshlaydi.

Foto: “Championat.asia”

2004-yilda esa “Chelsi”ga Mourinyo keladi va Terrini jamoa sardori etib tayinlaydi.

Foto: “Championat.asia”

2005-yil. Terri faoliyatidagi ilk chempionlikni nishonlamoqda.

Foto: “Championat.asia”

2005-yil. Mana shu suratdagi shovvozlarning uchalasi ham Angliyaning yil o‘yinchisi bo‘lish uchun nomzod bo‘ladilar. Yakunda esa Terri yutib chiqadi.

Foto: “Championat.asia”

2006-yil. Chexning boshidan olgan og‘ir jarohatidan so‘ng maydonga Karlo Kudichini tushiriladi. Keyin esa Kudichini ham jarohat sabab maydondan chiqib ketadi. Shunda darvozani Jon Terri qo‘riqlaydi.

Foto: “Championat.asia”

2008-yil. Moskvadagi Yevropa Chempionlar Ligasi. “MYu”ga qarshi final o‘yini, penaltilar seriyasi va Terrining xatosi…

Foto: “Championat.asia”

2010-yil. Terri “Chelsi” safidagi uchinchi chempionlikni nishonlamoqda. Bu Anchelotti qo‘l ostidagi g‘alaba edi.

Foto: “Championat.asia”

2011-yil. Anton Ferdinandni irqiy kamsitgan Terri o‘zining Angliyadagi obro‘sini tushirib yuboradi.

Foto: “Championat.asia”

2012-yil. Terri Chempionlar Ligasi finalida o‘ynamadi. Biroq, ushbu g‘alabadan hammadan ham aynan bizning qahramonimiz ko‘proq quvondi.

Foto: “Championat.asia”

2013-yil. “Chelsi”ga Rafael Benites keldi va Terri zaxira o‘rindig‘ida qolib keta boshladi.

Foto: “Championat.asia”

2015-yilda jamoaga yana Joze Mourinyo qaytadi. Terri esa Angliya chempioni bo‘lish bilan birgalikda, eng yaxshi himoyachi unvonini ham qo‘lga kiritadi.

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

O‘tgan mavsum Terri ko‘p vaqtini zaxirada o‘tkazdi…

Foto: “Championat.asia”

Bu mavsumda Antonio Konte tajribali Jon Terriga deyarli ishonmadi, natijada sardor jamoadan ketishga qaror qildi.

Foto: Getty / “Championat.asia”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 17:27)

Agar siz hali ham oshxonadagi eng zararli narsa mayonez deb o‘ylasangiz, xato qilasiz.

Foto: Shutterstock

Antibakterial yuvish vositasi

Qo‘llarni va idishlarni yuvish uchun antibakterial vosita sotib olish eng oqilona qarorga o‘xshaydi. Lekin olimlar buni ma’qullamaydilar. Ularning fikricha, agar inson organizmiga bunga o‘xshash vositalar tarkibining asosini tashkil qiluvchi triklozan antibiotigining juda kam miqdorda bo‘lsa ham tushishi homiladorlik asoratlari va endokrin tizimi muammolariga olib keladi, shuningdek u immun qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yog‘och taxtalar

Arizona Universiteti mikrobiologlari ishlov beruvchi yog‘och taxtalar ko‘plab mikroorganizmlarning manbai degan xulosaga kelishdi. Ularning aytishicha, mikroblar to‘dasi ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqarmasa ham toshmalar, vazn yig‘ilishi va allergik reaksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin ekan.

Yorilgan va singan idishlar

Yorilgan yoki singan idishlarda ovqat yeyish xavfli hisoblanadi. Agar sirlangan qozon yoki chinni idishning yuqori qavati zararlangan bo‘lsa, bu idish tayyorlangan material oziq-ovqat mahsulotlari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi mumkin.

Suvenirlar

Sovutgich ustidagi magnitlar, har xil o‘yinchoq haykalchalar va chet eldan keltirilgan mayda-chuydalar oshxonaga shinamlik bag‘ishlaydi albatta, lekin xona muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘zlarida chang, yog‘, mayda narsalarni to‘playdi va mikroorganizmlar makoniga aylanadi.

Plastik idishlar

Har bir plastik idishning xavfsizligini kafolatlovchi qat’iy belgilangan xizmat qilish muddati bo‘ladi. Bu oziq-ovqatlar uchun ishlatiladigan plastiklar uchun, idishni qat’iy yo‘riqnoma asosida foydalanish sharti bilan 1-2 yil qilib belgilangan.

Manba: “WHRussia.com”

Author: (18.04.2017 / 17:18)

“Terabayt.uz” Toshkentning “Malika” savdo markazida sotilayotgan Xiaomi Mi smartfonlari narxlari bilan tanishtirdi. Narxlar 2017-yil 17-aprel holatiga ko‘ra keltirilgan.

Foto: “Terabayt.uz”

Xiaomi Mi:

Mi 3s (16 Gb) — 1 195 000 so‘m

Mi 3s (32 Gb) — 1 390 000 so‘m

Mi 5 (32 Gb, gold) — 2 195 000 so‘m

Mi 5 (64 Gb) — 2 275 000 so‘m

Mi 5s (32 Gb) — 2 465 000 so‘m

Mi 5s (64 Gb, gold) — 2 620 000 so‘m

Mi 5s (64 Gb, grey) — 2 850 000 so‘m

Mi 5s +(64 Gb, grey) — 3 120 000 so‘m

Mi 5s+ (128 Gb, grey) — 3 580 000 so‘m

Mi Max (32 Gb) — 1 810 000 so‘m

Mi Mix (256 Gb) — 5 775 000 so‘m

Ro‘yxatda keltirilgan qurilmalarni ko‘rsatilgan narxlarda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

Author: (18.04.2017 / 17:06)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi ochildi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.

Bu yerga jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan muhim masalalar, muammolar bo‘yicha murojaat qilmoqda.

Mazkur qabulxonaga E.Saburov rahbar etib tayinlandi.

Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Beruniy tumanidagi Xalq qabulxonasiga tashrif buyurishi va 524-10-00, 524-10-56 telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Total: 36669
<< 1 2 3 4 5 6 ... 1834 >>

Home
0 / 24

WWW.ROL.UZ

Statok.netUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов