Hi, Guest!
Home
Login
Sport Natijalari (Live)
Site News

Author: (18.04.2017 / 16:54)

Rossiyalik sayyoh Vladimir Chernikov Xitoyda joylashgan Yevrosiyoning yetib bo‘lmas qutbini zabt etmoqchi. Bu haqda Rossiya geografiya jamiyatining Sibirdagi ekspeditsiya markazi saytida ma’lum qilindi.

Rossiyalik erkak Yevrosiyoning Qozog‘istondagi markazidan start olib, Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur cho‘ligacha yetib borishni rejalashtirmoqda. Urumchidan 320 kilometr uzoqlikda odam qadami yetmas qutb joylashgan.

Ushbu joy transport yo‘llaridan uzoqda bo‘lgani va Yevrosiyodagi yetib borilishi eng qiyin joy bo‘lgani uchun ham shunday ataladi. Bundan tashqari, qutb okeanlardan eng uzoqda – qirg‘oqdan 2645 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Taxminlarga ko‘ra, Chernikov yo‘lning katta qismini velosipedda bosib o‘tadi. Ekspeditsiya may oyida start olishi ko‘zda tutilgan.

Yetib bo‘lmas qutblar konsepsiyasi kanadalik tadqiqotchi Vilyalmur Stefansson tomonidan 1920-yili kiritilgan. Yevrosiyoda yetib bo‘lmas qutb xalqaro ekspertlar tomonidan 2007-yili aniqlangandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 16:47)

“Trastbank” boshqaruvi raisi sifatida 2010-yildan buyon ishlab kelayotgan Sherzod Hojizodayev Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: “Trastbank”

Sherzod Hojizodayev tarjimayi holi

1973-yilda tug‘ilgan. Millati: o‘zbek.

Ma’lumoti oliy, 1996-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2001-yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

1996—2006-yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida turli lavozimlar;

2006—2008-yillarda “Asaka” banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari;

2008—2010-yillarda O‘zbekiston Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i.

2010—2017-yillarda “Trastbank” boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 16:43)

Meksikaning Quyi Kaliforniya shtati sohillari kitlarni kuzatish mumkin bo‘lgan dunyodagi eng yaxshi joylardan biri. Yaqinda sayyohlar kitni nafaqat yaqindan ko‘rishga, balki uning bolasini silab ko‘rishga ham muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi National Geographic.

Foto: National Geographic

Qishda Quyi Kaliforniyaga kitlarning o‘nlab turlari, jumladan kulrang kitlar ham suzib keladi. Bu dengiz sutemizuvchilari yozda Chukotka va Bering dengizida yog‘ to‘playdi, oktabrda esa kuniga 120 kilomter suzib janubiy sohillar tomon yo‘l oladi. Kitlar dekabr oyi oxiri fevral oyining boshlarida Kaliforniya ko‘rfaziga suzib kelib ko‘paya boshlaydi. Ularning homiladorlik davri bir yilga yaqin davom etadi.

Urchitish mavsumining uch haftasidan so‘ng erkak kitlar yana ortga, shimolga qaytadi. Homilador yoki yangi tug‘ilgan bolasi bor urg‘ochi kitlari mart-aprel oyiga qadar xavfsiz joyda qoladi.

Quyi Kaliforniyaga qish hamda bahorda tashrif buyurgan sayyohlar kitlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ko‘plab kompaniyalar bu kabi turlarni tashkil qiladi. Yaqinda shulardan biri odamlar va kitlar uchrashuvi tasvirga tushirilgan videoni Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joyladi. Urg‘ochi kit odamlardan nafaqat qo‘rqmadi, xuddiki bolasini ularni oldiga tanishtirgani olib keldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 16:30)

Facebook ijtimoiy tarmog‘i Fransiyadagi prezidentlik saylovi oldidan yolg‘on yangiliklar tarqatgan 30 ming soxta akkauntni o‘chirib tashladi. Bu haqda Huffington Post nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Reuters

Ijtimoiy tarmoq soxta akkauntlarni avtomatlashtirilgan mexanizm yordamida ularning yuzlab soxta saytlarda qaytalanishi orqali aniqlaydi.

“Bu so‘nggi takomillashtirish orqali barcha soxta akkauntlarni o‘chirib bo‘lmasa-da, biz o‘z natijalarimizni doimiy yaxshilab borishga harakat qilmoqdamiz”, — deydi Facebook texnik menejeri Shabnem Shayk.

Kompaniya ishonchli bo‘lmagan saytlarni aniqlovchi reklama e’lonlari ustida ish olib bormoqda.

Avvalroq, xakerlar Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Facebook’dagi sahifasini buzishga muvaffaq bo‘lgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 16:21)

AQSh hamda Kanada olimlari 2016-yilda Shimoliy Amerikadagi daryolardan biri yo‘qolganini aniqladi, deb xabar berdi Nature Geoscience.

Foto: Flickr

Mutaxassislar 2016-yilda suvi shimol tomon oqib (Bering dengizi tomon) shu nomdagi dengizga borib quyuladigan, Yukon hududida joylashgan Slims daryosi deyarli yo‘q bo‘lib ketganini aniqladi.

Daryoning sayozlashib ketganiga Kanadadagi ulkan Kaskavulsh muzligining materik ichkarisi tomon chekinishi sabab bo‘lgan. Ushbu tabiat hodisasi so‘nggi bir necha ming yillar davomida o‘rnatilgan oqimlar tizimini o‘zgartirib yubordi, oqibatda muzliklar suvi Slims daryosi orqali shimol yo‘nalishida emas, balki janub tomonga, Kaskavulsh daryosi orqali Tinch okeaniga chiqib keta boshladi.

Foto: Flickr

Olimlar ushbu hodisaga global isishni sabab qilib ko‘rsatmoqda. Slims daryosi 2015-yilda ham mavjud edi. Mutaxassislar tomonidan daryoning yo‘q bo‘lib ketgani sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar va hududni uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida o‘rganish orqali aniqlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 16:09)

Qozoq tilining lotin grafikasiga o‘tishi respublikaning rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirishi maqsadida qo‘yilgan yana bir qadam. Bunday nuqtai nazar Ostonada joylashgan Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universitetining filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Sholpan Jarkinbekova tomonidan bildirildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: “Jenmin jibao”

Har bir suveren davlat o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab oladi, shu jumladan til sohasida ham. Rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirishni maqsad qilib qo‘ygan Qozog‘iston dunyodagi eng keng tarqalgan va dunyodagi ma’lumotlarning 90 foizi yaratiladigan va saqlanadigan ingliz tilining asosiy alifbosi hisoblanadigan lotin alifbosini tanladi.

Sholpan Jarkinbekov, filologiya fanlari doktori, professor

Olimning so‘zlariga ko‘ra lotin grafikasi amalda allaqachon Qozog‘istonda qo‘llanilmoqda, ayniqsa internet olamida.

O‘n minglab qozog‘istonliklar xorijda o‘qiydi va ishlaydi hamda yozishmalar uchun lotin yozuvidan foydalanadi. Men o‘z kasbiy faoliyatimda lotin yozuvidan foydalanishni o‘n yil avval AQSh, Yevropa, Turkiya va Xitoyda yashovchi turk tilida so‘zlashuvchi hamkasblarim bilan internet orqali yozishishdan boshlaganman.

Sholpan Jarkinbekov, filologiya fanlari doktori, professor

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 16:01)

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Ulug‘bek Nazarov o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda agentlik vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ulug‘bek Nazarov. Foto: “Gazeta.uz”

Uning o‘rniga hozircha hech kim tayinlanmagan. “Iste’fo haqida tez orada rasman axborot beriladi”, — deya ta’kidladi agentlik vakili “Daryo”ga.

Avvalroq Janubiy Koreyada ishlashni istovchilarni ro‘yxatga olish bo‘yicha agentlik mart oyi oxiri va aprel oyi boshida o‘tkazgan tadbir natijalari bekor qilingani haqida axborot berilgan edi.

Mavzuga doir: Migratsiya agentligi o‘tkazgan Janubiy Koreyada ishlash istagidagi fuqarolarni ro‘yxatga olish natijalari bekor qilindi

Ro‘yxatga olish natijalari Janubiy Koreyada ishlash istagidagi “talabgorlarning bilimini sinash jarayoni qatnashchilar orasida ko‘plab anglashilmovchiliklar va noroziliklarga sabab bo‘lgani” tufayli bekor qilingan.

Rasmiy axborotga ko‘ra, ro‘yxatga olish va anketa to‘ldirish jarayoni “yanada yuqori texnik imkoniyatlar va kiberhujumlardan muhofaza etilgan holda, yangicha mukammallashtirilgan tartibda qaytadan” o‘tkaziladi.

“Ro‘yxatga olish sanasi va tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi agentlik axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 15:51)

Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasini O‘zbekiston hududida ko‘rsatish huquqini qo‘lga kiritgan UzReport telekanali bugun — 18-aprel kuni Madridga yuzlanadi.

Foto: Google Images

Toshkent vaqti bilan 23:45 da telekanal chorak finalning javob o‘yinlari doirasida “Real Madrid” — “Bavariya” uchrashuvini jonli namoyish etadi.

19-aprel — chorshanba kuni soat 13:00 da mazkur o‘yinni takroran tomosha qilish mumkin. 16:00 da esa “Lester” — “Atletiko” o‘yini yozib olingan holda ko‘rsatiladi.

Avvalroq telekanal Joshua hamda Klichko o‘rtasidagi boks jangi translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritgani ma’lum qilingandi.

Author: (18.04.2017 / 15:43)

Argentina poytaxti sudi buyurtma olish uchun Uber yo‘lovchi tashish onlayn xizmatidan foydalangan haydovchini shartli ravishda ikki kunlik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Buenos-Ayres prokraturasining axborotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Qarorga ko‘ra, haydovchi “jamoat joyidan nomuvofiq foydalanish” va “noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanish”da aybdor deb topilgan. Shuningdek, sudya shartli ravishda haydovchiga ikki oy davomida avtomobil haydashni taqiqladi.

Prokuror Martin Lapaduning so‘zlariga ko‘ra, javobgarlikka tortilgan haydovchi ikki yil ichida yana Uber xizmatidan foydalansa yoki boshqa qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ysa, shartli jazo haqiqiyga aylanadi.

Uber 2016-yil aprel oyida Buenos-Ayresda buyurtmalar qabul qilishni boshlagan. Shu oyning o‘zida poytaxt sudi taksichilar kasaba uyushmalaridan ariza qabul qilgan va shahar rahbariyatini ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqqunga qadar xizmat faoliyatini to‘xtatishga majbur qilgan edi. Kompaniya qarorga bo‘ysunishdan bosh tortgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 15:29)

“O‘zekspomarkaz”da 21-aprel, juma kuni “MyJob.uz” tarmog‘i va “Karera+” gazetasi tomonidan tashkil etilgan JobFair 2017 10-maxsus yubiley vakansiyalar yarmarkasi o‘tkaziladi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi.

Foto: “MyJob.uz”

Jobfair 2017 sherik-qatnashchilari qatorida Ucell, Enter Engineering, HR Capital Consulting, Makro supermarketlar tarmog‘i, Artel, Hyatt Regency Tashkent, Hyundai Engineering va ITV qayd etilgan.

Yarmakada ishtirok etadigan kompaniyalar vakillari Raufxon Salaxo‘jayevning “Evolyutsion psixologiya. Menejment, muvaffaqiyat, omad” mavzusidagi trening-seminarida ishtirok etishi, boshqa qatnashchi-kompaniyalar bilan sheriklik aloqalari o‘rnatishi, o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilish, malakali xodimlarni tanlab olish, kadrlar zaxirasini shakllantirishi mumkin.

Ish izlovchilarga esa tadbirda mehnat bozoridagi mavjud holatni o‘rganib, vakansiyalar bilan tanishishi, o‘ziga ma’qul kelgan kompaniyada dastlabki intervyudan o‘tib, rezyume qoldirish imkoniyati yaratiladi.

24—28-aprel kunlari vakansiyalar yarmarkasi www.jobfair.uz saytida onlayn tartibiga o‘tadi va xodimlarni tanlab olish hamda ishga joylashish imkoniyati yanada kengayadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 15:18)

O‘rtayer dengizida 8,3 ming migrantlar qutqarib qolindi. Ularning barchasi bu kabi uzoq sayohatga mo‘ljallanmagan kontrabandachilar qayig‘ida suzgan. Bu haqda Al Jazeera telekanaliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Xabar berilishicha, qutqaruvchilar 14-aprel payshanba kunidan 16-aprel yakshanba kuniga qadar, uch kun davomida tinimsiz ishlagan.

Qutqaruv ishlarida xususiy gumanitar tashkilotlar ishtirok etgan, Italiya sohil xavfsizlik xizmati esa ularning harakatini yo‘naltirib turgan.

Italiya sohil xavfsizlik xizmati cho‘kib ketgan yetti nafar odamning jasadini topdi, ular ichida bir nafar yosh bola ham bor.

Avvalroq, Liviya qirg‘oqlari yaqinida Jugend Rettet nodavlat tashkilotiga tegishli nemis qutqaruv kemasi falokatga uchragani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 15:12)

Kundalik hayotimizda sog‘liq borasida ko‘plab qoidalarga amal qilamiz. Lekin biz bularning ko‘pchiligi uydirma ekanligiga hatto shubhalanmaymiz ham.

Foto: Flickr

Bir kunda 8 piyola suv ichish kerak

Odam suvning katta qismini ovqatlar bilan birga qabul qiladi. Agar siz suv ichishni xohlamasangiz o‘zingizni qiynab majburan ichish kerak emas.

Toksinlar ter bilan birga chiqib ketadi

Ter bezlari organizmdagi boshqa tizimlar bilan bog‘lanmagan, shuning uchun ular toksinlarni chiqara olmaydi. Ter ajralishi — bu organizmning sovitish usuli. Ter suv, tuz va elektrolitlardan iborat.

Shakar bolalarni haddan tashqari faollashtiradi

Tadqiqotlar bu fikrning yolg‘on ekanligini isbotladi. Bolalar har doim va shunday ham o‘ta faoldirlar. Shakar bu borada ularga zarar keltirmaydi.

Sochlar va tirnoqlar o‘lgandan keyin o‘sadi

Yaxshiyamki bularning hammasi bir uydirma. Buning sababi shundaki, o‘limdan so‘ng teri namligini yo‘qotadi va bizga sochlar, tirnoqlar o‘sishda davom etayotgandek ko‘rinadi.

Agar odam ovqatlangandan keyin 30 daqiqa davomida suvda suzsa, uning tomirlari tortisha boshlaydi

Tomir tortishish va yaqin-orada iste’mol qilingan ovqat orasida aloqa borligining ilmiy isboti mavjud emas.

Yutib yuborilgan saqich me’dada qolib ketadi va 7 yil davomida ham hazm bo‘lmaydi

Rezina saqich shirinliklar, hid beruvchilar, yumshatgichlar va hazm bo‘lmaydigan qismlardan tashkil topgan. Lekin bu saqich uzoq vaqt organizmdan chiqib ketmaydi degani emas. Organizm uni hazm qilolmaydi, xolos. Saqich qanday holda kirgan bo‘lsa, deyarli xuddi shu ko‘rinishda chiqib ketadi

Manba: “Lifehacker.ru”

Author: (18.04.2017 / 15:05)

Filippindan yo‘lovchi avtobusi jarga tushib ketishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy hokimiyatning ma’lum qilishicha, avtobusda 45 nafar inson bo‘lgan, deya xabar berdi “Korrespondent.net”.

Foto: AP

Bir nechta yo‘lovchi jabrlangan, ularning barchasi shifoxonaga yetkazildi. Avtofalokat 18-aprel, seshanba tongida Nueva-Esixa provinsiyasidagi mahalliy tog‘ hududida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, falokat avtobus tormoz tizimidagi nosozlik sabab kelib chiqqan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 14:55)

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va Belarus Respublikasi yuqori texnologiyalar parki o‘zaro anglashinuv memorandumini imzoladi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

Foto: UzDaily

Hujjat 17-aprelda Minskda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida imzolandi.

Tomonlar hamkorlik doirasida ikki tomon manfaatlarini hisobga olgan holda yangi va yuqori texnologiyalar sohasida biznes munosabatlarini kengaytirish, dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalarini ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro harakat qilishni maqsad qilib qo‘ygan.

Shuningdek, tomonlar IT-parklar faoliyatining huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlarini, soha mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish va malaka oshirish bo‘yicha tajriba almashadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 14:51)

Qozog‘iston Ostonada Suriya masalasini hal etish bo‘yicha muzokarada kuzatuvchilar doirasini kengaytirish taklifini bermoqda va kafil-mamlakatlar bilan muzokara olib boryapti. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: AP

“Biz uchun kuzatuvchilar doirasini kengaytirish masalasi juda muhim. Jangovar harakatlar to‘xtatilib, tuzumning yanada mustahkamlanishidan manfaatdor barcha mamlakatlar Ostonada kechayotgan jarayonni kuzatib borishlari uchun Qozog‘iston tomoni bu masalasi yuzasidan kafil-mamlakatlar bilan faol ish olib bormoqda”, — deydi Abdrahmonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nomzodlar sifatida arab mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi davlatlari ko‘rib chiqilmoqda.

“Kafil-mamlakatlar oldida, jumladan, Rossiya oldida biz Saudiya Arabistoni va Qatar kabi arab mamlakatlarining ishtirok etishi masalasini ko‘tardik. Boshqa tarafdan esa Yevropa Ittifoqi ham Ostona jarayonidan xabardor ekanligidan juda manfaatdormiz”, — deya qo‘shimcha qildi Tashqi ishlar vaziri.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 14:42)

Los-Anjeles sudi Lotin Amerikasining eng mashhur qo‘shiqchilaridan biri meksikalik Luis Migelni hibsga olishga order berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Misiones Online

Univision kanaliga ko‘ra, Migel shartnoma shartlarini buzgan va sobiq menejeriga bir million dollar to‘lamagan. Sud xonanda uch marotaba ko‘rsatma berish uchun kelmaganidan so‘ng uni qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi.

Migelning advokati ularga yana bir necha kun muhlat berishni so‘radi, biroq sudya shashtidan qaytmadi.

46 yoshli Luis Migel “Gremmi” mukofotining 9 karra sohibi hisoblanadi. Muxlislari unga “Meksika quyoshi” deya nom bergan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 14:27)

Toshkent shahrining Yunusobod tumaniga Baxtiyor Abdusamatov hokim etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmatiga tayanib, UZ24 ma’lum qildi.

Foto: Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Baxtiyor Abdusamatov 1976-yilda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2003- yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1997-yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida boshlagan.

2011-2013-yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Bundan oldin vazirlik tuzilmalarida turli vazifalarda mehnat qilgan.

Baxtiyor Abdusamatov 2013-yildan beri O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mira’zam Mirqosimov Yunusobod tumani hokimi lavozimidan ozod etilgani, uning birinchi o‘rinbosari Sardor Qosimov hokim vazifasini vaqtincha bajarib turgani bildirilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 14:21)

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Yig‘ilish 2017-yilning 20—21-aprel kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Vazirlar Ostona shahrida bo‘ladigan ShHT sammitiga va Qozog‘iston raisligi doirasidagi boshqa tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasining Ostona shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 14:19)

Uzmobile milliy aloqa operatori O‘zbekiston ta’lim tizimi bilan hamkorlikda Smart education loyihasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Loyiha ta’lim tizimi o‘quvchilari va talabalari uchun o‘quv materiallari, internet manbalari va to‘lov xizmatlaridan foydalanishga imkon beruvchi kartani amalga kiritishni maqsad qilib qo‘ygan. Bu haqda Uzmobile tomonidan 18-aprel, seshanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo”

Loyiha 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan. Unga asosan amalga kiritiladigan karta talaba va o‘quvchilarning talabalik va o‘quvchilik guvohnomasi vazifasini bajaradi. Bir vaqtning o‘zida karta egasi uning yordamida o‘quv manbalaridan foydalanish, belgilangan internet resurslariga kirish va naqdsiz pul to‘lovlarini amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi.

Foto: “Daryo”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Author: (18.04.2017 / 14:16)

Perulik sudya Mario Gerra Bonifasio mamlakat sobiq prezidenti Alexandro Toledo va uning turmush o‘rtog‘i Eliane Karpni hibsga olishga order berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.

Foto: NDTV

El Comercio nashriga ko‘ra, jinoiy ish mamlakat poytaxti Limada sobiq prezidentning qaynonasi Eva Fernebug nomiga oliy toifadagi ko‘chmas mulk xarid qilinishi bilan bog‘liq. Xarid Kosta-Rikada joylashgan Ecoteva kompaniyasi mablag‘i hisobiga amalga oshirilgan.

Tergov er-xotin Toledolar mazkur firma yordamida nopok yo‘llar bilan topgan pullarini qonuniylashtirishga uringanlikda gumon qilmoqda. Sudya ularning ikkisi uchun 18 oydan iborat dastlabki qamoq muddatini belgiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Perudagi boshqa sudya Alexandro Toledoni Braziliyadagi Odebrecht qurilish kompaniyasidan 20 million dollar pora olishda ayblab, hibsga olish uchun order bergandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Total: 36669
<< 1 ... 3 4 5 6 7 ... 1834 >>

Home
0 / 39

WWW.ROL.UZ

Statok.netUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов