Hi, Guest!
Home
Login

Insoniyat tarihidagi eng yahshi romanlar

Insoniyat tarihidagi eng yahshi romanlar reytingi tuzildi. The Daily Telegraph nashrida taqdim etilgan ro'yhatga ko'ra, yuzlab eng yahshi adabiy asarlar ro'yhati tanqidchilar fikri asosida saralangan. 

Reytingning birinchi o'rniga angliyalik yozuvchi Jorj Eliot (1819-1891, asl ismi Meri Enn Evans)ning "Middlmarch" romani munosib ko'rildi. Ikkinchi o'rin amerikalik German Melvill (1819-1891)ning "Mobi Dik" romaniga nasib etdi. Uchinchi o'rinda esa rus yozuvchisi Lev Tolstoy (1828-1910) ning "Anna Karenina" romani qayd etildi.

To'rtinchi va beshinchi satrlarda Genri Jeyms (1843-1916) ning "Ayol portreti" va Jozef Konrad (1857-1924)ning "Zulmat qalbi" romanlari egalladi. 

Eng yahshi romanlar o'nligidan shuningdek Marsel Prustning "Yo'qotilgan vaqtni izlab", Sharlotta Brontening "Jeyn Eyr", Jon Maksvell Kutzening "Yuzsizlik", Virjiniya Vulfning "Missis Dellouey" va Migel de Servantesning "Don Kihot" asarlari o'rin olgan. 


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 28.06.2018 / 19:01
O'qilgan: 121
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Comments

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Home
0 / 19

WWW.ROL.UZ

Statok.netUzMasterS.RuUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов