Hi, Guest!
Home
Login

Alisher Usmonovning biznes qoidalari

Asli kelib chiqishi o'zbekistonlik bo'lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov «Megafon» va Mail.ru kompaniyalari egalaridan biri sanaladi. Forbes nashri 12,5 mlrd dollarga ega bo'lgan Usmonovning o'z millati, hayriya faoliyati, yahshi odamlar yomonlardan ko'proq ekanligi xaqidagi va boshqa mavzulardagi eng yorqin fikrlarini keltirdi. 

Biznes — bu baribir g'arazli ish, unda sening g'arazing daromad olishdan iborat bo'ladi.

Men uchun pullar — bu funkciya. U nimagadir erishish imkonini yaratib, sening yutuqlaring o'lchovi bo'lishi mumkin yoki, aksincha, ular bo'yicha muvaffaqiyatsizliklar xaqida xam fikr yuritish mumkin.

Metallurgiya — bu birinchi muxabbat emas. Metallurgiya korhonalari akciyalari — shu mening birinchi muxabbatim. 

Biznesdagi asosiy qoidam — xech qachon siyosiy o'yinlar bilan shug'ullanmaslik, biroq biz shu biznesni qilayotgan davlat xukumati va raxbariyati xamda davlat apparatini tushunmasdan xamda qo'llab-quvvatlamasdan xech narsa qilmaslik.

Mening fikrimcha, menejmentni xurmat qilish kerak. Oleg Deripaska kabi akciyadorlar bor, ular katta ulushga ega bo'lgan kompaniyalar menejeri sanaladi. Menda bunday extiyoj yo'q.

Internet asoschilar va menejerlar roliga juda sezgir, men bunga aralashmaganman xamda aralashmayman.

Bir paytlar, tahminan 93-yilda insonlar salomatligi uchun havfli bo'lgan narsalar bilan savdo qila olmasligimni tushunganman. Musulmon sifatida xam men zaxar sotishim kerak emas. O'shandan beri men uchun tamaki biznesi yo'q.

Hayriyadan maqsadni xam o'zim uchun, xam jamiyat uchun faqat bitta narsada ko'raman — odamlar yaqinlarini huddi o'zini kabi yahshi ko'rishi kerak. Agarda sen nimanidir qila olsang, unda bu bilan biznesdagi muvaffaqiyating darajasida shug'ullanish shart. Bu muvaffaqiyat senga qanday ko'lamdagi yordamni taqdim etish borasida tanlash imkonini beradi.

Rossiyadagi eng qo'rqinchlisi — odamlar bir biri bilan bo'lishishni hoxlamasligi.

Kimgadir yordam berayotganing xaqida maqtanish — odamning past darajadagi madaniyati ko'rsatkichi.

Turg'unlik — u faqat xaykaltaroshlikda yahshidir. Biznesda esa dinamizm — daromadingiz kafolati.

Toza vijdon va o'z qalbim bilan butunlay uyg'unlikda yashayman.

Mening tasir ko'rsatishim vijdonimga mos tushishi kerak. Agar xammasini vijdonan qilsang, unda ertami yoki kech sening odamlar orasidagi tasiring faqat xurmat va tan olishdan iborat bo'ladi. Bu, mening fikrimcha, xayotdagi asosiy narsa.

Men o'zbek ekanligimdan fahrlanishim xaqida ko'p marta aytganman. Bu mening ona yurtim ekanligidan fahrlanaman. O'zbekiston uchun, O'zbekiston raxbariyati uchun qanday foydam tegishi mumkin bo'lsa, barchasini qilishga tayyorman. Xar doim va istalgan daqiqada.

Men ishonch yoki boshqa tuyg'ular ostida xamma narsamni berib yuboradigan odam emasman, men barcha kompaniyalarni yahshilab o'rganib chiqaman.

Men boshqa umuman deyarli xech narsa sotib olmoqchi emasman. Faqat hayriyaga qaratilgan dasturlarimiz faoliyatini taminlaydigan narsalar bundan mustasno.

Bizning, mening shahsiy hayriya faoliyatim soliq to'lovlarimdan bir necha barobar ko'pdir. Shuning uchun bu jixatdan men hotirjamman. Vijdonim toza. 

Yahshi odamlar doim yomonlardan ko'proq, aks xolda, qiyomat qoyim etib kelgan bo'lardi.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 28.06.2018 / 19:01
O'qilgan: 117
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Comments

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Home
1 / 19

WWW.ROL.UZ

Statok.netUzMasterS.RuUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов