Hi, Guest!
Home
Login

Qushlar yo'l shovqinidan tezroq qarishi aniqlandi

Mashinalarning shovqini sababli qushlar tezroq qariydi. Buni Maks Plank nomidagi Ornitologiya instituti nemis mutahassislari amerikalik xamkasblari bilan birgalikda aniqlashdi. Tadqiqot Frontiers in Zoology jurnalida elon qilindi.

Tadqiqot obektiga zerba amadinlari aylandi - tekisliklarda yashaydigan kichik qushlar. Yovvoyi tabiatda ularning o'rtacha umr ko'rish muddati 5-10 yilni tashkil qiladi. Tadqiqotchilar 21 va 120 kunlik 263ta qushga turli sharoitlarda shovqinning tasirini baxolashdi - bazi birlarining ota-onasi shovqinga duch kelgan, bir qismi - uchramagan, qushlarning bazi qismi o'zi shovqinga uchragan, qolganlari esa nazorat guruxiga aylangan. Effektni o'rganish uchun shaxardagi yo'llar shovqini yozuvi ishlatilgan.

Qarish indikatoriga telomer, hromosomalarning so'nggi qismi, organizm keksaygani sari qisqarib boruvchi qism aylandi. Malum bo'lishicha, ota-onasi yo'l shovqini tasiriga uchragan qush bolalarining bunday hromosomalari tug'ilish paytida qisqaroq bo'lgan. O'zlari shovqin tasiriga duch kelganlarda esa u jimjitlikda bo'lganlaridan tezroq qisqarib borgan.

«Bizning tadqiqot shuni ko'rsatadiki, shaxar shovqini nur yoki kimyoviy ifloslanish kabi boshqa jixatlardan qati nazar, qushlarning qarishiga tasir o'tkazadi. Bu shaxarda xamda qishloq joylarda yashovchi qushlar orasida xayot davomiyligidagi farqlarni tushuntirishi mumkin bo'lgan bog'liqliklarni aniqlash yo'lidagi birinchi qadamdir». 


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 03.10.2018 / 10:49
O'qilgan: 64
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Comments

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Home
0 / 16

WWW.ROL.UZ

Statok.netUzMasterS.RuUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов