Hi, Guest!
Home
Login

Xayot ayrimlar o'tirgan shohni sindiradi va shundagina ular ucha olishlarini tushunishadi (xayotiy masallar)

Bulochka

Er-hotin birgalikda o'ttiz yil yashashdi. Turmush qurganliklarining 30 yilligi kuni hotin odatdagidek bulochka pishirdi – u xar kuni ertalab bulochka pishirar, bu ananaga aylanib qolgandi. Nonushta payti u bulochkani o'rtasidan bo'lar, xar ikki tomoniga moy surtar va eriga yumshoqqina deb tepa qismini berardi. Ammo bu safar unday qilmadi...

«Bugun bulochkaning tepa qismini o'zim emoqchiman: buni 30 yildan beri orzu qilaman. Shuncha yil unga vafodor hotin bo'ldim, o'g'illar tug'ib katta qildim, uyni supurib-sidirdim, oilamiz uchun kuchim va sog'ligimni ayamadim», o'yladi u.

U shu qarorga kelib eriga bulochkaning pastki qattiq qismini uzatdi, qo'li esa xayajondan qaltirardi – 30 yillik anana buzilayotgandi! Er esa ayoli uzatgan bulochkani olarkan, dedi:

— Bugun menga ajoyib sovg'a berding, azizam! O'ttiz yildan beri men bulochkaning o'zim yoqtirgan pastki qismini eyishni orzu qilardim, ammo sen pastki qismini eyishni yoqtirganing uchun so'ray olmasdim.

Lochin

Bir kuni qirolga lochin bolasini sovg'a qilishdi. Qirolning qushboqari uni katta qildi, ammo xech uchishga o'rgatolmadi. Lochin polaponligida o'tirgan daraht shohini tark etishni aslo hoxlamasdi.

Qushboqar qirolga lochin ustidan arz qilib, uni aslo uchishga o'rgatolmayotganini, xattoki emishni xam qush o'tirgan shohga qo'yishga majbur bo'layotganini aytdi.

Qirol jarchi orqali lochinni uchishga majbur qiladigan odam topishni elon qildi va ertalab qush bog' ustida parvoz qilib yurganini ko'rdi.

– Bu mo'jizaning muallifini oldimga keltiringlar! – dedi qirol.

Uning oldiga oddiy dexqonni olib kelishdi.

– Uni uchishga qanday majbur qilding? Sexrgarmisan?– so'radi qirol.

Dexqon qirolni hursand qila olganidan shod edi:

– Bu qiyin bo'lmadi, zoti oliylari. Men shunchaki lochin o'tirgan shohni arralab tashladim va u qanotlari borligini tushunib ucha boshladi.

Hulosa: ayrim odamlar xam ana shu lochinga o'hshaydi. Ular qanotlari borligini anglab etmay daraht shohida o'tiraverishadi. Xayot ayrimlar o'tirgan shohni sindiradi va shundagina ular ucha olishlarini tushunishadi. Ayrimlarning xamma narsasi borligi uchun o'tirgan joylarini yo'qotishdan qo'rqib uchishni istashmaydi. Balki xayotimizda xech bo'lmasa bir bor parvoz qilishimiz uchun kimdir biz o'tirgan shohni arralashi kerakdir? Bazan boshida yomondek tuyulgan voqea xam parvoz qilishimiz uchun imkoniyat taqdim etishi mumkin.

Foto: Pixabay

Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 03.10.2018 / 10:49
O'qilgan: 68
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Comments

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Home
0 / 21

WWW.ROL.UZ

Statok.netUzMasterS.RuUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов