Hi, Guest!
Home
Login

Maqsad sari qilingan tinimsiz xarakat, albatta, o'z natijasini beradi (tasirli masallar)

Xayotda ibrat bo'luvchi voqealar juda ko'p sodir bo'ladi. Shu sababmi qadim qadimdan umr falsafasini sodda yo'l bilan tushuntirishda masallardan foydalanilgan. Ushbu kichik ijod maxsullarida keluvchi obrazlar va ularning hatti-xarakati misolida insonlarga ezgulik yo'lini ko'rsatishga etibor qilingan. Quyida xam ana shunday masallarni o'qib, muloxaza yuritish mumkin.

Baqaning xarakati

Bir baqa qiziqqonlik qilib, ko'l bo'yida unutib qoldirilgan ko'zaning ichidagi sutga tushib ketdi. Vaqqillab do'stlarini yordamga chaqirdi. Do'stlari kelib qarashsa, ko'zaning ichi chuqur, undan chiqishning sira iloji yo'q. Ular do'stining urinishlari foydasiz ekanligini aytib, uni noshudlikda ayblab, taqdiriga ko'nishdan boshqa chorasi yo'qligini aytishdi. Lekin baqa xarakat qilishdan to'htamadi. Natijada ko'zaning ichidagi sut qatiqqa aylanib, baqaning undan chiqishiga imkon tug'ildi. Baqa o'z xarakatlari bilan o'zini-o'zi ozod qildi.

Alqissa, maqsad sari qilingan tinimsiz xarakat, albatta, o'z natijasini beradi.

Terak

Tog' yon bag'ridagi soy yonida bir terak o'sardi. Yil o'tib yon atrofidagi barcha darahtdan baland bo'lib ketdi. Bo'yiga ishongan terak o'zini ko'z-ko'z qilib, endi tog'dan baland bo'lib ketmoqchi bo'ldi. Afsus, maqsadiga etolmadi. Terak qancha tez o'sgan bo'lsa, shuncha tez kesilib yog'och bo'ldi.

Alqissa, buyuklar bilan bellashish foyda bermaydi. Ulardan ibrat olish kerak.

Tovusning qilmishi…

Tovus dunyoda go'zallikda menga etadigan qush yo'q deb o'ylardi. Shuning uchun xar kuni patlarini yoyib, chiroyini ko'z-ko'z qilardi. Xamma parrandayu darrandalar uning xusniga xavas bilan boqardi. Bir kuni tovus bulbulni ovozini eshitdiyu, xasadi kelib ketdi. Chunki, barcha qushlar jimitdekkina bulbulni ovozini maroq bilan tinglardi. Tovus o'zicha o'yladi: chiroyimni barchaga ko'z-ko'z qilib kuylasam, bulbul mening oldimda ip esha olmaydi… Keng maydonga chiqib chiroyli patlarini yoyib, barchani o'z atrofiga yig'di va kuylashni boshladi. Tovusning bu ishini ko'rganlar kulgudan o'zini tiya olmadi. Siz xam bir eshitib ko'ring, tovus bulbuldek kuylay oladimi?

Qushlar demokratiyasi

Bir gala chug'urchuq daraht shohlariga qo'nib olib, bir-biriga gal bermay chug'urlashishardi. Biri osmon bizniki hoxlagan tomonga uchishimiz mumkin, g'arb tomonga uchamiz desa, biri yo'q quyosh chiqadigan tomonga uchamiz deb o'z fikrini maqullardi. To'satdan qirg'iy paydo bo'lib, qushlar orasidan bittasini changallab olib ketdi. Chug'urlashishayotgan qushlar sezishmadi. Birozdan so'ng, daraht kovagidan o'rmalab chiqqan ilon bir qushni o'z domiga tortib, kovakka kirib ketdi. Qushlar buni xam sezishmadi. Zum o'tmay, erda yurgan mushuk fursatdan foydalanib, darahtga chiqdida bir qushni bo'g'izlab pastga olib tushdi. Qushlar xamon chug'urlashishardi. Xar biri o'zicha xaq, bir-birini eshitishni hoxlamasdi. Ovchi o'qining ovozidan so'ng to'rt-beshtasi erga qulab, qushlar o'ziga keldi va xammasi xar yoqqa uchib ketdi.

Shodi Jaxon


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 03.10.2018 / 10:49
O'qilgan: 65
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Comments

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Home
0 / 16

WWW.ROL.UZ

Statok.netUzMasterS.RuUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов