Hi, Guest!
Home
Login

Investorlarni loyixalarga qanday jalb qilish mumkin?

Sizda misli ko'rilmagan daromad keltirishi mumkin bo'lgan g'oya paydo bo'ldi va siz shahsiy biznesingizni ochishga qaror qildingiz. Tez orada badavlat va muvaffaqiyatli bo'lishga umid qilyapsiz. Biroq g'oya qanday zo'r bo'lmasin, loyixaga pul tikilmasa, bari bekor. Shu o'rinda pullarni qaerdan olish mumkinligiga doir savol paydo bo'ladi. 

Albatta, bunday xolatlarda inson o'zining butun mol-mulkni sotishi, do'stlari yo qarindoshlaridan qarz olishi yohud kredit olish uchun murojaat qilishi mumkin. Shu bilan birga, biroz fikr yuritib, kamharj yo'lni tanlash imkoni xam bor, bu - investorlarni jalb qilish. Bugunga kelib muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalarning aksariyati aynan shunday yo'l tutgan. Takidlash joizki, investiciyalar nafaqat loyixani boshlab olishga, balki uni kelgusida rivojlantirish uchun xam kerak bo'ladi. Xar kuni dunyoda qandaydir yangi g'oyalar paydo bo'ladi va xech bir loyixa moliyaviy qo'llab-quvvatlashsiz bozorda uzoq qola olmaydi.

Kerakli kishilar bilan tanish bo'lsangiz, investorlarni topish qiyinchilik tug'dirmaydi. Biroq bunday tanishlaringiz bo'lmasa-chi? Investorlarni qaerdan topish va ularni qanday qilib aynan sizning loyixangizga pul kiritishi daromad keltirishiga ishontirish mumkin? Buning uchun, birinchidan, mamlakatda biznesga sarmoya kiritishga doir barcha imkoniyatlardan habardor bo'lish, ikkinchidan esa, xar bir qadamni yahshilab o'ylab rejalashtirish kerak.

Biznesga investiciyalarni qaerdan topish mumkin?

Biznes-loyixalarni moliyalashtirish manbalari etarlicha. Kerakli mablag'ni jalb qilishda muvaffaqiyatga erishish uchun barchasi xaqida bilish kerak.

Birinchidan, bu - investicion fondlar. Bu - daromad olish maqsadida malum bir loyixalarga pul kiritishga tayyor jismoniy yoki yuridik shahslar guruxi. Bunday fondlarning malum bir turlari biznesning aniq yo'nalishlari uchun javob beradi. Ular qiziq, daromad keltiruvchi loyixalarga faol pul kiritishadi, biroq bu loyixalar sinalgan soxalarga tegishli bo'lishi kerak. Ular innovacion g'oyalar, mutlaqo yangi va original loyixalarga xomiylik qilishmaydi. Biroq o'z g'oyangiz muvaffaqiyatiga ishonchingiz komil bo'lsa va u fondlar faoliyat soxalaridan biriga to'g'ri kelsa, dadil murojaat qilishingiz mumkin.

Ikkinchidan, venchur tashkilotlar - kapitali hususiy shahslar mablag'laridan iborat kompaniyalar bor. Bu tashkilotlar original, ilmiy loyixalarga ko'p pul kiritadi, biroq bu erda muayyan jixatlar mavjud. Bunday kompaniyaga pul kiritishni taklif qilib, siz aslida ularga o'z biznesingizning bir qismini sotasiz. Ulushni keyinchalik sotib olish mumkin, lekin u investor tasarrufida bo'lganida sarmoyachi ishlarni yuritishga aralashish xuquqiga ega bo'ladi.

Uchinchidan, qiziqarli loyixaga o'z mablag'larini kiritishga tayyor muvaffaqiyatli tajribali ishbilarmonni topish mumkin. Bunday ishbilarmonlarning o'ziga hosligi shundaki, ular odatda g'oya bosqichidagi biznes-loyixalarga pul tikishadi. Bunday biznes “farishtalari” sizning g'oyangiz daromad keltirishini oldindan sezishsa, tez orada boyib ketishingizga ishonavering.

Ikkita ohirgi uslub – davlat va banklar. U xolatda xam, bunisida xam pullarni qaytarishingizga to'g'ri keladi. Bu o'rinda bank sizdan foizlarni xam talab qiladi. Davlat tashkilotlari esa juda ko'plab qog'oz yig'ishga majbur qiladi. Imkon qadar bu yo'llarni tanlamagan maqul, lekin xar extimolga qarshi shunday uslublar xam borligini yodda tutgan yahshi.

Investorlarni jalb qilish – bosqichma-bosqich xarakatlar rejasi

Biznesga investiciya topishga qaror qilgan bo'lsangiz, biror bir sarmoyachi shunchaki g'oya unga yoqqani uchun pul bermasligini yodda tuting. Moliyaviy mablag' kiritish bilan shug'ullanuvchilarni birinchi navbatda o'z daromadi qiziqtiradi. Shu bois mablag' jalb qilishda eng asosiysi – investorni kiritilgan pul vositalari unga daromad keltirishiga ishontira olish.

Ko'pchilik agar g'oya juda original bo'lsa, 100 foizlik muvaffaqiyatni kafolatlaydi deb o'ylaydi. Bu yanglish fikr. Aslida kompaniya, fond va hususiy tadbirkorlarning aksariyati bunday loyixalarga shubxa bilan qaraydi. Ularga sizning g'oyangiz emas, barqaror daromad kerak. Barqarorlikni esa odatda sinalgan, odatiy soxalar taminlaydi.

Sizning biznes g'oyangiz qanchalik kattaligi muxim emas. Uni qanday taqdim etishingiz, sarmoyachilarni loyixaning daromad keltirishiga ishontira olishingiz muxim.

1-qadam. Bu erda asosiy gap biznes-rejada. Investorlar birinchi navbatda shunga etibor qaratishadi. U xar tomonlama o'ylab tuzilgan bo'lishi, imkon qadar ko'proq malumotni o'zida jamlashi kerak. Bular:

Bundan tashqari, mayda detallarga xam katta etibor berish kerak. Bu erda xamma narsa axamiyatli, xatto rejaning qanday sifatdagi qog'ozga tushirilgani xam.

2-qadam. Investorga maqul keluvchi xamkorlik shaklini to'g'ri tanlash juda muxim. Bu shakl biznes-rejada ko'rsatilgan bo'lishi kerak.

Investor kiritilgan mablag'dan qanday qilib daromad olishiga doir jami uch asosiy usul mavjud:

  1. Kiritilgan summadan foizlarni chiqarish;
  2. Kompaniya daromadi foizi;
  3. Biznesdagi ulush.

Siz uchun ikkinchi variant qulayroq. Biroq investorlar bunga xar doim xam ko'naverishmaydi. Bu masala odatda loyixa namoyish qilinganidan keyin muxokama qilinadi. Taklif etilgan xamkorlik usuli investorga maqul kelmasa va u boshqa usulda qatiy tursa, uning shartlariga ko'ngan yahshi. Biznesda qatiylikni namoyish qilish kerak, biroq bu masalada emas.

3-qadam. Muzokaralar. Ularning muvaffaqiyatiga ko'p narsa bog'liq. Ularga yahshi tayyorgarlik ko'rish juda muxim. O'z g'oyangizning sifatli taqdimotini tayyorlang. Investorlarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan barcha extimoliy savollarga tayyor turing. Loyixaning xatto eng mayda detali xam shubxa tug'dirmasin.

Agar siz professionalga biznes-reja buyurtma qilgan bo'lsangiz, muzokaralarga uni maslaxatchi sifatida olgan yahshi. U sizga eng nozik savollarga xam javob topishga yordam beradi va bo'lg'usi biznesning barcha jixatlarini izoxlay oladi.

Shuningdek, o'zingizni qanday tutishingiz xam juda muxim, albatta. Bunda so'zlayotgan oxangingiz, nutqingiz tezligi va tashqi ko'rinishingiz xam rol o'ynaydi. Mayda detallar xaqida xech qachon unutmang, investiciyalarni jalb qilishda ular juda muxim.

Agar muzokaralar muvaffaqiyatli tugallansa, sizga shartnomani imzolash taklif etiladi. Tabiiyki, uni diqqat bilan o'qish kerak. Unda kiritilayotgan mablag' summasi, xamkorlik muddati, tomonlar xuquq va majburiyatlari yozilganini yahshilab tekshiring.

Yosh ishbilarmonlarning odatiy hatolari

Tajribasiz, endigina ish boshlayotgan ishbilarmonlar odatda juda ko'p hatoga yo'l qo'yishadi. Ularning barchasiga to'htalib o'tirmaymiz. Eng keng tarqalgan to'rt hatoni keltiramiz:

  1. Aniq daromad miqdorini bilmaslik – muvaffaqiyatsizlik garovi.
  2. Loyixaga zarur mablag' summasini bilmaslik. Biznes-reja tuzib, uni amalga oshirishga qancha pul talab etilishini aniq bilish kerak.
  3. Xaddan tashqari original g'oyalar. Agar sizga xali xech kimning hayoliga kelmagan g'oya kelgan bo'lsa, bu qanchalik foyda keltirishi mumkinligi xaqida o'ylab ko'ring. Extimol, bu g'oya daromad keltira olmasligi sabab xech kimning hayoliga kelmagandir.
  4. Raqiblar oldida ustuvor jixatlarga ega bo'lmaslik. Raqobatbardosh ustuvor jixatlarsiz mablag' jalb qilib bo'lmaydi. U muzokaralarga ketayotganda yo'lda o'ylab topilgan bo'lishi kerak emas, xaqiqiy bo'lishi kerak.

Hulosa qilib aytganda, investorlarning mablag'larini jalb qilish – amalga oshirish mumkin bo'lgan vazifa. Shunchaki bunga yahshi tayyorgarlik ko'rish kerak.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 03.10.2018 / 10:49
O'qilgan: 59
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Comments

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Home
0 / 15

WWW.ROL.UZ

Statok.netUzMasterS.RuUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов