Hi, Guest!
Home
Login

Sutli shokolad tarihi xaqida eshitganmisiz?

Markaziy va Janubiy Amerika shokolad vatani xisoblanadi. Uzoq vaqt davomida evropaliklar bu ichimlikning mavjudligi xaqida bilishmagan. Xa-xa, ichimlikning: mayya xindulari kakao donlarini suv bilan aralashtirib, xosil bo'lgan kokteylni ichishgan. Bu ichimlik achchiq va sovuq bo'lib, zamonaviy suyuq, issiq shokoladga umuman o'hshamasdi.

Shokoladni tatib ko'rgan ilk evropalik Amerikaga 1519 yilda tashrif buyurgan Ernan Kortes bo'ldi. Natijada shokolad receptini Qadimiy dunyoga olib ketdi. O'zgacha tamdagi ichimlik to'g'risidagi gap-so'zlar butun qita bo'ylab tez tarqaldi. Biroq etkazishdagi qiyinchiliklar tufayli (tasavvur qiling, elkanli kemalarda Amerikadan Evropaga kakao donlarini olib borish qanday mexnatni talab qilgan) faqat yuqori qatlam vakillarigina uni istemol qilish imkoniyatiga ega edilar.

1687 yilda ingliz Gans Sloan Yamayka qirg'oqlariga bordi. Uning asosiy kasbi davolash edi, biroq bundan tashqari, yangi o'simlik, xayvon turlari va maxalliy axoli madaniyatini o'rganish bilan xam shug'ullanardi. Tabiiyki, orolda qaxva donlarini tatib ko'rdi va xindularning ananaviy ichimligi bilan tanishdi. Biroq ko'pchilik evropaliklarning fikriga qarshi o'laroq, Gans suyuq shokoladni bemaza va ko'ngil aynitadigan deb topdi. Tamni yahshilash uchun maydalangan kakao donlarini sut bilan aralashtirdi. Bundan tashqari, u istemol qilishdan avval ichimlikni isitardi, bu esa tam hususiyatlarini yahshilardi. Sutli shokolad, aniqrog'i shokoladli sut receptini Gans Sloan o'zi bilan Angliyaga olib keldi. U erda ichimlikni darxol yoqtirib qolishdi.

1872 yilda gollandiyalik Konrad vann Guten xozirgi kunga qadar sevib eyiladigan qattiq shokoladni tayyorlash usulini kashf qilguniga qadar sutli shokolad suyuq xolda istemol qilindi.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: MoRGaN
Qo'shilgan vaqt: 03.10.2018 / 10:49
O'qilgan: 60
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Comments

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Home
0 / 15

WWW.ROL.UZ

Statok.netUzMasterS.RuUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов