Hi, Guest!
Home
Login
Sport Natijalari (Live)
Telefoningiz Uchun Yuklamalar... Shaxzodbek Yoqubovdan Yangi 2019 Yil Tuxfasi “Telegram”da endilikda videomuloqot qilish imkoni bor yuklab olish » Android «

“Telegram”da endilikda videomuloqot qilish imkoni bor


Video chaqiruvlar va Telegramning etti yilligi

Bugun Telegram​ etti yilligini nishonlamoqda. 2013 yilda Telegram​ xavfsiz muloqotga diqqat qaratgan kichik ilova sifatida ish boshlagan edi va shundan buyon 400 milliondan ortiq foydalanuvchisiga ega platforma sifatida o'sdi. Telegram​ endi eng yaxshi 10 ta eng ko'p yuklab olingan ilovalardan biri, uning yordamida esa nafaqat do'stlar va hamkasblar bilan muloqot qilish mumkin, balki o'qish, yangiliklarni almashish, hamfikrlarni topish mumkin.

Video chaqiruvlar

2020 yil yuzma-yuz muloqot uchun talabni yuzaga chiqardi va “Telegram​”ning alьfa versiyadagi video chaqiruvlar funksiyasi endi Android (iOS uchun tez orada paydo bo'ladi) uchun ishlaydi. Video chaqiruvni kontaktingizning profilь sahifasidan boshlashingiz mumkin va video chaqiruvlar davomida istalgan vaqtda videoni yoqish yoki o'chirishingiz mumkin. “Telegram​”​dagi boshqa video kontentlar kabi video chaqiruvlar tasvir ustida tasvir rejimini qo'llab-quvvatlaydi. Bu sizga ko'z kontaktini saqlagan holda chatlar bo'ylab aylantirish va boshqa vazifalarni bajarish imkonini beradi.

Видеоплеер

Barcha video chaqiruvlar boshidan oxirigacha shifrlash bilan himoyalanadi. Ulanishingizni tasdiqlash uchun siz va chatdagi suhbatdoshingizga ko'rsatiladigan to'rtta emojini taqqoslang – agar ular mos kelsa, chaqiruvingiz “Telegram”ning maxfiy chatlari va ovozli chaqiruvlarida foydalaniladigan vaqt sinovidan o'tgan shifrlash tomonidan 100% himoyalanadi. Tafsilotlar bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.

“Telegram”ning Android va iOS uchun ilovasida qayta ishlab chiqish mumkin bo'lgan yig'malar mavjud, shunday ekan, har kim shifrlashni tasdiqlashi va Telegram har bir yangilanish bilan birga nashr qiladigan aniq bir xil ochiq manba kodidan foydalanishini tasdiqlashi mumkin.

Video chaqiruvlar kelgusida yanada ko'proq funksiya va yaxshilanishlarni oladi. Kelayotgan oylarda guruh video chaqiruvlarini ishga tushirish ustida ishlanmoqda.

Nega iOS uchun yo'q?

Telegram barcha iOS foydalanuvchilaridan ushbu funksiyani faqat Android uchun ishga tushirayotgani tufayli uzr so'raydi. Bu yangilanishni App Store'ga Google Play'gayuborishidan bir necha kun oldin yuborgan bo'lsa ham, Apple uni o'z vaqtida ko'rib chiqa olmadi.

Deb xabar bermoqda Telegram.org


Оставить комментарий
Email:
Код:
Home
0 / 40

WWW.ROL.UZ

Statok.netUptime по данным Ping-Admin.Ru - сервиса мониторинга доступности сайтов